Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

oddiy foizlar
(simple interest) deb ataladi 
Endi, yana 10 dollar hajmidagi foizlar mavjud, ular ikkinchi yili olingan 
bo‘lib, birinchi yil uchun foizlar sifatida olingan 100 dollarlik summaga 
hisoblangan. To‘langan foizlarga hisoblangan foizlar 
murakkab foizlar
(compound interest) deb ataladi. Foizlarning umumiy hisoblangan summasi (210 
dollar) oddiy foizlar (200 dollar) va murakkab foizlar (10 dollar)dan iborat. 
FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1² = 1210 dollar. 
Uch yildan so‘ng ushbu summa 
FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1³ = 1331 dollar. 
 
11.2 Ssuda kapitallari va pul bozorida kreditlar bahosining 
shakllanishi 
Kredit resursovlari bozori 
bu – turli to‘lov vositalariga talab va taklif 
mavjud bo‘lgan bozorlarning umumiy belgilanishidir. Kredit bitimlari qoidaga 
ko‘ra, pul qarz oladigan va qarz beradigan kredit institutlari (banklar va b.) yoki 
qimmatli qog‘ozlar bozorida sotiladigan va sotib olinadigan turli qarz 
majburiyatlari harakati vositasida ifodalanadi. 


132 
Demak, kredit resurslari bozori korxonalar tasarrufiga investitsiyalar uchun 
mablag‘lar taqdim etadi va aynan shu yerda iqtisodiyotning pul mablag‘lari 
ortiqcha bo‘lgan sektorlaridan ularning yetishmovchiligi his etilayotgan sektorlarga 
pul mablag‘lari ko‘chib o‘tishi ro‘y beradi. Kredit bozorida korxonalar o‘z 
investitsiyalarini moliyalashtirish uchun pul qarz oladi; ba’zida korxonalar pulni 
qarz beradi, lekin qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarish sektori berishdan ko‘ra ko‘proq 
oladi. 
Shu sababli aytish mumkinki, kredit resurslari bozorining asosiy 
vazifalaridan biri – aholining jamg‘armalari va bo‘sh mablag‘larini vositachi 
shaxslarga investitsiyaga yo‘naltirish hisoblanadi. 
Kredit bozorining rivojlanish qonuniyatlari, foydalanish xarakteri va 
mazmuni ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan belgilanadi. 
O‘z navbatida, ushbu bozorning mohiyati u davlat-monopolistik kapitalizmi 
zamonaviy mexanizmida bajaradigan muayyan rolni belgilab beradi. 
Kredit bozori ishlab chiqarish va tovar aylanmasining o‘sishiga, mamlakat 
ichkarisida kapital harakatiga, pul jamg‘armalarining kapital qo‘yilmalarga 
aylanishiga, ilmiy-texnika inqilobini amalga oshirishga, asosiy kapitalni 
yangilashga xizmat qiladi. Bu ma’noda bozor turli ishlab chiqarish bosqichlarini 
bilvosita ifodalaydi, u yerdan qo‘shimcha pul resurslarini oladigan moddiy ishlab 
chiqarish sohasining o‘ziga xos tayanchini bilvosita ifodalaydi. 
Pul kapitali jamg‘arilishi va harakatini aks ettirar ekan, kredit bozori uning 
pul shaklidagi qiymati harakati, kredit resurslari va qimmatli qog‘ozlar 
ko‘rinishida turli pul fondlari hosil bo‘lishi va foydalanilishi bilan uyg‘unlikda 
bog‘langan bo‘ladi.
Bozor vositasida kapitalistik ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga, 
uning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’siriga sarflanadigan pul fondlari 
harakati, hajmi va yo‘nalishini aniqlash va o‘lchash mumkin. 
Kimoshdi savdolari turli usullar bilan: amerikacha va gollandcha tizim, 
shuningdek, qat’iy belgilangan foiz stavkasi bilan o‘tkazilishi mumkin.
Kimoshdi savdosi o‘tkazishning amerikacha usulida talabnoma banklar 
tomonidan taklif etiladigan foiz stavkalari bo‘yicha qondiriladi. Ayrim davlatlarda 
bank talabnomalarida taklif etilayotgan foiz stavkasi Markaziy bank tomonidan 
taklif etilgan minimal stavkadan past bo‘lishi mumkin emas. Bunda foiz stavkasi 
minimal stavkaga teng bo‘lgan talabnoma sotilmagan kreditlar qoldig‘iga 
proporsional ravishda qondiriladi.
Gollandcha usulda barcha talabnomalar qondirilgan talabnomalar ro‘yxatiga 
kiritiladigan oxirgi foiz stavkasi bo‘yicha qondiriladi. Qat’iy belgilangan foiz 
stavkali kimoshdi savdosida barcha talabnomalar qondiriladi. Biroq, bunday 
stavkada talabnomalar umumiy miqdori kimoshdi savdosiga taklif etilgan kredit 
hajmidan oshib ketganida talabnomalar qisman qondiriladi. Qondirilgan 
talabnomalar darajasi kimoshdi savdosi krediti umumiy hajmining talabnomalar 
miqdoriga nisbatiga mos keladi. 
Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim 
vosita bo‘lib turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qo‘yilgan mablag‘larga 
daromad olish mijozlarning qo‘yilma qo‘yishga undovchi muhim omil hisoblanadi.


133 
Depozit foiz stavkalari darajasini har bir tijorat banki O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkasi, pul bozori holati va o‘zining depozit 
siyosatidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilaydi.
Depozit hisob varaqlarining alohida ko‘rinishlari bo‘yicha daromad hajmi 
qo‘yilma muddati, summasi, hisobvarag‘ini amal qilish xususiyati, xizmatlar hajmi 
va xarakteri va, nihoyat, mijozning qo‘yilma shartnomasi shartlariga amal qilishiga 
bog‘liq. 
Talab qilingungacha bo‘lgan depozitlar bo‘yicha hisobvaraqalari egalari 
tomonidan joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi va ular 
qoldiqning nomuntazamligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bunday hisob 
varaqlar guruhi daromadlik darajasi bilan ajralib turadi. Yuridik shaxslarga 
ochilgan talab qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablag‘lar qoldig‘i bo‘yicha foizlar 
umuman to‘lanmasligi mumkin.
Bunday foyda, odatda, mijozlarni hisob kassa xizmatlari uchun to‘lov 
mablag‘larini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablag‘larni minimallashtirish 
va ortiqcha summalarni qo‘yilmalarning daromadliroq shakllariga joylashtirishga 
undaydi. 
Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar bo‘yicha 
foizlar deyarli majburiy tartibda o‘rnatiladi, ammo u bo‘yicha daromad hamisha 
muddatli qo‘yilmalarga qaraganda pastroq bo‘ladi. Muddatli qo‘yilmalar bo‘yicha 
foiz stavkasi hajmini o‘rnatishdagi muhim omil bo‘lib, mablag‘lar joylashtirilgan 
muddat hisoblanadi. 
Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul 
aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai nazaridan tijorat banklarining 
ular tomonidan jalb qilingan mablag‘lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy 
ravishda tartibga solib turadi. 
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning 
rivojalanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni (dastlabki yoki real 
depozitlar Markaziy bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida 
shakllanganlikni taqozo qiladi) cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka 
o‘tkazish, shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni 
cheksiz oshirish imkoniyati mavjud.
Xorijiy 
nazariyada 
bu 
jarayon 
depozit 
multiplikatsiyasi 
(ya’ni 
mablag‘larning bir bankdan boshqasiga zanjirsimon shaklda o‘tkazilishi) va kredit 
ekspansiyasi deb nom olgan. 
Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zahira talablari bank 
tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi bo‘lib xizmat 
qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 1996 yil 
20 apreldagi 41-sonli Kredit resurslari kimoshdi savdosini o‘tkazish Tartibiga 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida (O‘zRVB) moliyaviy 
vositalarni so‘mda va xorijiy valyutada joylashtirish bo‘yicha kimoshdi savdolari 
o‘tkazish tartibi belgilangan. 
Kimoshdi savdolarida quyidagi turda operatsiyalar amalga oshiriladi: 


134 
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan keyin - Markaziy 
bank) kreditlarini kimoshdi savdosida joylashtirish; 
- depozit omonatlarini kimoshdi savdosida joylashtirish; 
- banklararo kreditlarni kimoshdi savdosida joylashtirish. 
Kredit resurslari kimoshdi savdosini amalga oshirishdan asosiy maqsad ichki 
moliya bozorini sog‘lomlashtirish va mustahkamlash hisoblanadi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish