Bank ishi va investitsiyalar


Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari. 
Inflyatsiya yuzaga chiqish shakllari 
Mahsulotlar va 
xizmatlarga narxni 
o‘sishi natijasida 
pulning qadrsizlanishi 
Milliy pul birligining 
xorijiy valyutaga 
nisbatan kursini 
tushishi 
Oltin va xorijiy 
valyutaning milliy 
valyutadagi narxini 
ko‘tarilishi 
Milliy pul 
birligining harid 
qilish qobiliyatini 
pasayishi 
Aholi va xo‘jalik 
sub’ektlarida xorijiy 
valyutaning 
jamg‘arilishi 
Mamlakat aholisida 
oltinning to‘planishi 
(tezavratsiya) 
Ushbu chizma tahlilidan ko‘rinib turibdiki, inflyatsiya asosan uch 
yo‘nalishda yuzaga chiqadi. Birinchi yo‘nalishda maxsulotlar, ishlar va 
ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narxlarni asossiz ravishda o‘sib ketishi tufayli 
pul qadrsizlana boshlaydi. Buning natijasida milliy valyutaning harid qilish 
qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo‘nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy 
valyutanign kursi pasayib ketadi. Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, yevro, 
shvetsariya franki va boshqalarni) jamg‘ara boshlaydi. Uchinchi yo‘nalishda 
oltinga bo‘lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko‘tarilib ketadi. Buning 
natijasida mamlakat aholisi o‘rtasida oltinning to‘planib qolishi, ya’ni tezavratsiya 
amalga oshadi. 
 
8.2. Inflyatsiyaning shakllari va turlari 
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o‘sishi, ya’ni pullarning 
miqdori o‘sishi jihatidan asosan uch shaklini ajratiladi: 
1.
Sokin (ползучая, умeрeнная) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan 
ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolar yiliga o‘rtacha 3% dan 
10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib 
turadi va milliy pul birligining harid qilish qobiliyati saqlanib turadi. 


95 
2.
Shiddatli inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan 
mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va 
ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolar yiliga o‘rtacha 10% dan 100% 
gacha ba’zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida 
muomaladagi pul massasi ko‘payadi va milliy pul birliginng harid qilish qobiliyati 
tushadi. Mamlakat aholisi o‘rtasida pulning moddiylashtirish, ya’ni milliy pul 
birligini jamg‘arishi emas, balki oltin, ko‘chmas mulk holatida jamg‘arishi jarayoni 
kuchayadi. 
3.
Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida 
mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-
navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu 
holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab 
chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko‘rsataditi, narx-navo va ish haqi 
o‘rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo‘lidagi qog‘oz pullarga tovarlar sotib 
oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan 
ta’minlanmagn ortiqcha qog‘oz pullarni to‘lib-toshishiga olib keladi. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir 
emas, balki bir nechta bo‘lib o‘zaro mahkam bog‘langan bo‘ladi va narx-navoning 
ko‘tarilib borishi bilangina namoyon bo‘lib qolmaydi, balki narx-navoni 
boshqarilishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ushbu jihatdan quyidagi inflyatsiya shakllari 
ajratiladi: 
1. Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik 
doimiy ravishda narx-navoning ko‘tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo‘lsa, 
bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor 
mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba’zi bozorlarda ko‘tarilishi bilan bir vaqtda 
boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan 
iboratki, bozor mexanizmlari o‘z ta’sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga 
baholar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkora yetkazib turadi, investitsiyalarni ilgari 
surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag‘batlantirib boradi. 
2. Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko‘rinishda 
bo‘ladiki, bunday holatda ba’zi bir iste’mol mahsulotlariga narx-navo ma’muriy 
tarzda davlat tomonidan o‘rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy 
maqsad, davlat tomonidan ba’zi mahsulotlarga narx-navoni “ijtimoiy past” 
darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin o‘sishi 
kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar 
aholi pul mablag‘lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo‘lmasligi holatlari 
paydo bo‘ladi. 
Iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narx-
navosi hamda aholini daromadlarini o‘sishi vaqtincha to‘xtatiladi. Yashirin 
inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan 
ma’muriy 
nazorat 
o‘rnatishdir. 
Buning 
natijasida 
bozor 
mexanizmi 
deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va o‘zgarganligi darajasi va davomiyligi 
davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shakliga 
bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, 
inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi. 


96 
Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy 
iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga 
chiqishining quyidagi to‘rtta omillari mavjud: 
- qog‘oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq 
monopoliyasi; 
- hozirgi zamon davlat funksiyalarini bajarish uchun davlat harajatlarini 
ortishi; 
- kasaba uyushmalari tomonidan budjet muassasalari ishchi-xodimlarining ish 
haqlarini oshirish bo‘yicha faoliyati; 
- iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar 
ko‘rsatish sohasida ayrim xo‘jalik sub’ektlarining monopoliya (oligopoliya) 
holatining mavjudligi. 
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan omillar nafaqat o‘zaro bog‘liq, balki ular talab 
va takliflarning o‘sishi yoki pasayishiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. 
Xorijiy amaliyotda inflyatsiyaning yuzaga chiqishini usullariga asosan 
quyidagi turlarga ajiraladi: taklif inflyatsiyasi, talab inflyatsiyasi, harajatlar 
inflyatsiyasi, kredit inflyatsiyasi, import bilan bog‘liq inflyatsiyasi, kutilayotgan 
inflyatsiyasi. 
Taklif inflyatsiyasida ishlab chiqarish harajatlarini oshishi natijasida 
mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-
navoning o‘sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflyatsiya turida monopol holatdagi 
korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish 
bilan bir vaqtda ulardan to‘liq foydalanmaslik natijasida harajatlar ortadi. Buning 
natijasida barcha ishlab chiqarish harajatlari nisbatan kam chiqarilgan 
maxsulotlarning narx-navosini o‘sishi amalga oshiriladi. 
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi mamlakat aholisi va xo‘jalik 
sub’ektlarning daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan 
ishlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez o‘sadi. Odatda, talab 
inflyatsiya aholining to‘liq ish bilan ta’minlangan holatda yuzaga chiqadi. 
Aholining daromadlarinig tez sur’atda o‘sishi natijasida mahsulotlarga, bajarilgan 
ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlari bo‘lgan narx-navo oshadi. Bunday holatda 
talabnig har qanday o‘sishi narx-navoning o‘sishiga olib keladi. 
Xarajatlar inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning ushbu turi xom-ashyo va energetik 
resurslarga bo‘lgan harajatlarning o‘sishi tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotlar 
va bajariladigan ishlarning narx-navosini o‘sishi natijasida yuzaga chiqadi. Xom-
ashyo va energetik resurslarga bo‘lgan dunyo narxlarini ko‘tarilishi hamda xorijiy 
valyutaga nisbatan milliy valyuta kursini pasayishi harajatlar inflyatsiyasining 
yuzaga chiqishini asosiy sabablari hisoblanadi. Harajatlar inflyatsiyasida ma’lum 
bir mahsulotning narx-navosini o‘sishi avtomat ravishda boshqa mahsulotlar narx-
navoni o‘sishiga olib keladi. Masalan, neft mahsulotlariga bo‘lgan dunyo bahosinig 
o‘sishi natijasida unga bevosita bog‘liq mahsulotlar, bajariladigan ishlar va 
ko‘rsatiladigan xizmatlar narx-navosi o‘sib ketadi. Xarajatlar inflyatsiyasi taklif 
inflyatsiyasiga o‘xshash, lekin bu inflyatsiyada ba’zi harajatlarning o‘sishi aniq 
olingan mamlakat iqtisodiyotiga bevosita bog‘liq bo‘lmagan holatlarda yuzaga 
chiqishi mumkin. 


97 
Kredit inflyatsiyasi. Ushbu inflyatsiya turi mamakat markaziy, ba’zi 
mamlakatlarda milliy banklari tomonidan olib boriladigan kredit ekspansiyasi 
natijasida yuzaga chiqadi. Markaziy bank tijorat binklari uchun. Yuqori darajadagi 
qayta moliyalashtirish stavkasining o‘rnatilishi natijasida xo‘jalik sub’ektlariga 
beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo‘jalik sub’ektlari olingan kredit va u bo‘yicha 
foizlarni o‘zlari ishlab chiqaradigan mahsulot tannarxiga kiritadi hamda ushbu 
holat mahsulotlar narx-navosini ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. 
Import bilan bog‘liq inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi aniq olingan 
mamlakatga tashqi omillar asosida yuzaga chiqadi. Ushbu holatda import 
qilinadigan mahsulotlarga bo‘lgan narx-navoning ko‘tarilishi natijasida ba’zi 
mahsulotlarga bo‘lgan narx-navolar zanjir tarzida ko‘tarilishi mumkin. 
Kutilayotgan inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan olib 
borilayotgan pul-kredit va budjet siyosati natijasida joriy yil uchun inflyatsiyaning 
tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish