Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
va boshqalar. 
 
14.3. Markaziy bankning “banklarning banki” funksiyasi. 
Markaziy bankning “banklarning banki” sifatidagi funksiyasi, bizning 
fikrimizcha, asosan, quyidagi to‘rt yo‘nalishda namoyon bo‘ladi:
1. Barcha tijorat banklari o‘z mablag‘larining ma’lum qismini Markaziy 
bankdagi foizsiz hisob-raqamlarida minimal zahiralar sifatida saqlashga 
majburdirlar. 
Xususan, Germaniya Federativ Respublikasida 1984 yildan boshlab, asosan, 
barcha tijorat banklari bilan bir qatorda uzoq muddatli qo‘yilmalar bilan 
shug‘ullanuvchi kredit institutlari va qurilish jamg‘arma kassalari ham minimal 
zahiralarini Markaziy bankda saqlashga majbur bo‘ldilar.
211 
Bank mijozlari o‘z jamg‘armalarining yoki kreditlarining ma’lum qismini 
Markaziy bank biletlarida, ya’ni naqd pullarda oladilar. Mijozlarning bu talabini 
tijorat banklari Markaziy bankdagi muddatsiz jamg‘armalarining istalgan paytda 
naqd pulga almashtiriladigan qismi hisobidan qondiradilar. Markaziy bank ana 
shunday yo‘l bilan butun bank tizimining to‘lovga qobilligiga ta’sir qiladi.
Ammo, bundan har bir tijorat banki o‘zining naqd pullarga bo‘lgan talabini 
faqatgina ikki muhim vazifani hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.
Birinchidan, minimal emission bank mablag‘lari hisobidangina qondira 
oladi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Ayrim banklarda banknotalarning ortiqcha 
21
Нeмeцкий Фeдeральный банк. Спeциалъное издания Нeмeцкого Фeдeрального банка, №7, 1993 г. , стр. 64. 


169 
zahirasi mavjud bo‘ladi va ular boshqa banklarga bu pullarni kreditga berishi 
mumkin. Pul bozori rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon texnik jihatdan juda 
silliq ko‘chadi. Shunisi xarakterliki, tijorat banklaridagi ortiqcha naqd pullar 
miqdori emission bank yaratgan pullar miqdoriga tengdir. Demak, tijorat 
banklarining banknotalarni kreditga berish imkoniyati cheklangan. Bu esa, 
ularning banknota emissiyasi sohasida Markaziy bankka bog‘liqligini saqlab 
qoladi. 
Shunday qilib, Markaziy bank zahiralar tizimi orqali bank tizimining 
to‘lovga qobilligini ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, pul bozoridagi naqd 
pullarga bo‘lgan talabni boshqarish orqali tijorat banklarining pul va kredit 
ekspansiyasini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘layapti. 
2. Markaziy bank barcha tijorat banklari va boshqa kredit institutlari uchun 
“so‘nggi kreditor”dir. 
Tijorat banklari vaqtinchalik likvidli kredit oladilar. Bu kreditlar, albatta, 
tijorat veksellari bilan, davlatning qimmatli qog‘ozlari bilan yoki bankning boshqa 
qarz majburiyatlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 
Markaziy bankning tijorat banklarini qayta moliyalashtirish bo‘yicha amalga 
oshiradigan doimiy operatsiyalari tufayli pul bozorining mo‘tadil faoliyati 
ta’minlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, tijorat banklariga mijozlarga qulay bo‘lgan 
foiz stavkalarida kreditlar berish imkoniyatini yuzaga keltiradi. 
Ayni vaqtda, Markaziy bank, tijorat banklariga bergan kreditlari uchun 
belgilaydigan foiz stavkalarini qisartirish yo‘li bilan kredit resurslariga bo‘lgan 
talabni tartibga solish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
3. Markaziy bankning ushbu funksiyasi doirasidagi uchinchi yo‘nalish, 
asosan, ikki holatda namoyon bo‘ladi. Markaziy bank mamlakat hududida amalga 
oshiriladigan hisob-kitoblar shakllarini, ularni qo‘llash tartibi va muddatini 
belgilab beradi. Xususan, Nemis Federal banki to‘g‘risidagi qonunda 
Bundesbankning “hisob-kitoblar tizimining banklar tomonidan mamlakatda va 
xorij bilan bo‘lgan aloqalarda ijro etilishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi” belgilab 
qo‘yilgan.
Haddan ziyod katta miqdordagi zahiralarni tijorat banklari tomonidan saqlab 
turilishi xazina va tijorat veksellari kabi pul bozori vositalariga bo‘lgan talabni 
qisqarishiga olib keladi. Shu bilan birga, to‘lovning kechikishi yuqori inflyatsiya 
sharoitida kelib tushadigan pul mablag‘lari real qiymatining pasayishiga, davlat va 
korxonalar tomonidan kreditga bo‘lgan talabning kuchayishiga olib keladi.
Bunday sharoitda restriksiyaviy pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi, 
shubhasiz, mablag‘lar yetishmovchiligi natijasida ijro etilmagan to‘lov 
topshiriqnomalarining to‘planib qolishiga va korxonalarning o‘zaro qarzdorlik 
summalarining sezilarli darajada o‘sishiga olib keladi. 
4. Mamlakat bank tizimining mo‘tadil faoliyat ko‘rsatishida Markaziy 
bankning qanday usullar yordamida va qay darajada tijorat banklari faoliyatini 
nazorat qilishi muhim ahamiyatga ega. 
Hozirgi kunga kelib banklar faoliyatini nazorat qilish rivojlangan xorijiy 
davlatlarda markaziy banklarning muhim faoliyatiga aylandi. Faqat Buyuk 


170 
Britaniya Markaziy bankigina nisbatan kech, ya’ni 1979 yilda rasman, qonuniy 
asosda banklar faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldi. 
Bundes bankning bu sohadagi o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u 
bevosita banklar faoliyatini nazorat qilish bilan shug‘ullanmaydi. Balki nazoratni 
Federal nazorat mahkamasi amalga oshiradi. Ammo Bundesbank nazorat 
mahkamasiga yaqindan ko‘maklashadi. Xususan, ushbu mahkamaning joylarda 
bo‘linmalari mavjud emas va u to‘liq Federal bankning joylardagi muassasalaridan 
foydalanadi.
Bundan tashqari, qarorlar qabul qilishda nazorat mahkamasi bir qator 
masalalar bo‘yicha Markaziy bankning roziligini olishi kerak. Masalan, 
banklarning o‘z kapitali va to‘lovga layoqatliligi xususida qaror qabul qilinishi 
uchun albatta, Bundes bankning roziligi bo‘lishi shart. 
Markaziy bankning banklar faoliyatini nazorat qilishining eng asosiy sababi 
mamlakatda bank tizimiga bo‘lgan yuksak ishonchni ta’minlash. Bu ishonch tijorat 
banklarining o‘z mijozlari - huquqiy va jismoniy shaxslar oldidagi majburiyatlarini 
to‘liq va o‘z vaqtida bajara olishi orqali ta’minlanadi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish