166
Bugungi kunda har qanday davlatning moliya-kredit tizimida eng asosiy va
muhim o‘rinni rasmiy pul-kredit siyosatini yurgizuvchi - Markaziy bank egallaydi.
O‘znavbatida pul-kredit siyosati budjet siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni butun
mamlakat miqyosida tartibga solishning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Banklar paydo bo‘lishining boshlangich davrlarida ular markaziy emissiya
yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya’ni ular o‘rtasida hozirgidek
bo‘linish bo‘lmagan.
Bank ishi ivojlanishining birinchi bosqichlarida rivojlantan mamlakatlarda
ijorat banklari kapitallarni yig‘ish maqsadida muomalaga banknotalar chiqarganlar.
Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni
muomalaga chiqarish yirik tijorat banklar qo‘liga o‘ta borgan va keyinchalik biror
yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank keyinchalik
Markaziy bank deb atalgan.
Markaziy bank ya’ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar
faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit instituta sifatida namoyon bo‘ladi.
Jahon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo‘li
mavjud
.
Birinchi yo‘l - bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi
natijasida, ularni milliylashtirish yo‘li
bilan Markaziy banklarning tahlil qilinishi.
Bunga misol qilib Angliya bankini 1844 yil, Fransiya bankini 1848 yil, Ispaniya
banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki - 1875 yil, Italiyada 1893 yilda, Ispaniyada
1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko‘rsatishga
moslashganligini keltirish mumkin.
Ikkinchi yo‘l - tashkil qilingandayoq Markaziy bank - emission markaz
sifatida qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AQShning Federal banklari,
1913 yillarda ko‘pgina Lotin Amerika mamlakatlarda tashkil qilingan banklar,
Avstriya banki va boshqalarni misol keltirish mumkin.
AQShda Markaziy bank funksiyasini 12 federal zahira bankdan iborat
Federal Zahira tizimi bajaradi. Federal zahira banklar aksioner banklar bo‘lib, bu
banklarning aksionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko‘rsatadi. Tijorat
banklar aksioner sifatida dividend olishadi. Dividend miqdori 6% dan oshmasligi
kerak
Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta’sirisiz, o‘z faoliyatini olib borishlari
kerak
Jahonda o‘z faoliyatini olib borishda eng mustaqil bo‘lgan banklardan biri
bu Nemis Federal banki - Bundes bank hisoblanadi. Ba’zi bir davlatlarda Markaziy
bank parlamentga hisobot beradi.
Ko‘pgina hollarda Markaziy banklar o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lsada, shu
bilan birga davlat banki hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: