Oddiy reaksiya
–bu avvaldan ma’lum ta’sirga avvaldan ma’lum bo’lgan javob belgi
(ko’rish, ovoz, taktil) bo’lib, ikki tashkil etuvchidan iborat:
62
a) reaksiyaning xususiy latent(kechikuvchining) vaqti. Oddiy katta odamning bunday
raksiya (kam shug’ullantiriladi) vaqti–0,15-0,3 soniyani tashkil etadi , sport mahorati bilan
bog’liqemas va odam tezkorlik tavsifi sifatida qabul etilmaydi.
b) reaksiyaning motorik(xarakatlanish) vaqti.
Oddiy reaksiyaning tezligi 60-88% irsiyat bilan aniqlanadi.Agar birinchi tashkil
etuvchini(irsiy) mashg’ulotlarda shug’ullantirib bo’lmasa, u holda motorik tashkil etuvchini
takomillashtirish evaziga , ma’lum darajada, xarakatlanish reaksiya jarayonini tezlatish
mumkin.Sport o’yinlari va yakkakurashlarda quyidagi holat yuz beradi, sportchi volan, to’p va x.k
larning uchishiga, boks va qilichbozlikda zabaga reaksiya bildirishga ulgurmaydi ,chunki xarakat
vaqt bo’yicha asab tizimi signallaridan(eshitish, ko’rish, his etish va x.k) tezroq, yani oddiy
reaksiyaning latent vaqti g’ashlanish ta’siri vaqtidan ko’proq.Masalan, volan 200km/soat tezlik
bilan chganda ( ayol sport ustasi va erkak sport ustaligiga nomzodlarning smesh bajargandagi
volan uchish tezligi) 13,4 metr uzunlikdagi badminton maydonchasini 0,24 soniya vaqt ichida uchib
o’tadi. Agar volan tezligi 300km/soat bo’lsa, maydonchani – 0,16 soniya (yetakchi sport ustalar
ko’rsatkichi) , yanada tezroq 400km/soat bo’lsa(jahonning kuchli badmintonchilari uddalay
olishadi) vaqt– 0,12 soniyani tashkil etadi.Bunday tezlikdagi volanni, agar volan tushish joyiga
avvalroq chiqmasa, badminton bo’yicha sport ustasi ham qabul qila olmaydi. Bunday holatlarda
tajribali sportchilar maxsus reaksiya turi antipasiya reaksiyasi deb, nomlangan reaksiyani(oldindan
ko’ra olish , his etish)“ishga solishadi”, sportchi g’ashlantiruvchining (masalan, volanning
uchishi)paydo bo’lishiga ulgurmasa, signalni fazoda va vaqt bo’yicha paydo bo’lishini , o’z
xarakatlari uchun odindan bilishga xarakat qiladi.
Xususan, reaksiyalar va antipatik reaksiyalar ham oddiy va murakkab , bo’lishi mumkin.O’z
navbatida , murakkab reaksiyalar quyidagi turlarga bo’linishadi:
–diz’yunktiv (o’zaro bartaraf etish bilan tanlash, masalan, badmintonda –hujumkor yoki
himoya stilida o’ynash, futbolda esa –to’pni darvozaga yo’llash yoki partnyorga uzatish);
–differensiyallovchi(dastlab o’ylangan usulni boshqasiga bajarish jarayonida almashtirish,
masalan, badmintonda –baland sakrash va zarba oldi xarakatini smeshga, biroq , raqib pozisiyasini
bir lahzalik baholashdan keyin –qisqa zarbaga olmashtirish).
Har ikkala reaksiya ham katta zo’riqishli e’tiborni, yuqori darajadagi tayyorgarlikni talab
etadi, sportchining malakasi qanchalik baland bo’lsa, murakkab reaksiya vaqti shuncha qisqa
bo’ladi.Sportdagi ko’plab murakkab xarakatlanish reaksiyalari –bular “tanlash “ reaksiyalari va
xarakatlanuvchi obyektga reaksiya(XOR)(bir nechta mumkin bo’lgan xarakatlardan , zarur
bo’lganda juda qisqa vaqt ichida , ayni vaziyatga mosini tanlay olish). Xarakatlanuvchi obyektga
murakkab reaksiyalar , badmintonda asosan, raqibning zarbalari va xarakatlanishiga
identifikasiyalanadi. Reaksiya vaqti 0,25 dan 1,0 soniyagacha bo’lishi mumkin.Sensor fazasiga
taxminan 0,05 soniya vaqt ketadi. Raqib xarakatiga reaksiya bildirish tezligi uchun katta tezlikda
kelayotgan volanni ko’rish qobiliyati asosiy ahamiyatga ega.Mashg’ulot ana shunga yo’naltirilishi
kerak.Ushbu holatda, mashg’ulotlardagi talablar sekin–asta quyidagi yo’llar bilan
murakkablashtirila boradi:
1)xarakatlanish tezligini oshirish;
2) obyektni kutilmaganda paydo bo’lishi;
3) reaksiya bildirish masofasini qisqartirish.
Xarkatlanuvchi obyektga reaksiya bildirish aniqligi, uning tezligi rivojlanishi bilan parallel
tarzda takomillashib boradi. Reaksiya vaqti ko’p taraflama, ichidan biri tanlab olinishi kerak,
mumkin bo’lgan reaksiya avriantlariga bog’liq.Ushbuni hisobga olib ,reaksiya tezligini
tarbiyalashda , avvalo , shug’ullanuvchilarni raqibining amalga oshirishi mumkin bo’lgan
xarakatlari xaqidagi “yashirin intuisiya “laridan samarali foydalanishni o’rgatishga, intilish kerak.
Bunday ma’lumotlarga raqibning turish xolatini ,tayyorgarligini , mimikasini va umumiy xaddi–
xarakatlarini kuzatib , ega bo’lish mumkin. Mustaqil ishlashda buning uchun volan , kichik to’p
bilan xarakatchan o’yinlardan va maxsus mashqlardan foydalanish mumkin.Tanlash reaksiyasini
takomillashtirish uchun maxsus maxsus tayyorlgarlik mashqlarini qo’llash bilan ,ketma –ket
63
tanlash vaziyatini murakkablashtiradilar(alternativlar soni), buning uchun asta–sekin ma’lum
tartibda , nafaqat partnyorga ruxsat etilgan volanga zarbalar variantlar sonini , shu bilan birga javob
xarakatlar sonini oshiradilar. Qator faktorlar yosh, malaka, shug’ullanuvchining holati, signal tipi,
javob xarakatning (maydonchada xarakatlanish va volanga zarba berish texnikasi) murakkabligi va
o’zlashtirilganligi reaksiya vaqtiga ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |