turiga kiritilsa, telefon, radio, televideniye, xat, gazeta orqali muloqot
kabilar bilvosita masofoviy muloqot turiga mansub. S.Mo‘minov har
ikkala turning o‘ziga xos qulay va noqulay
jihatlarga ega ekanligi
xususida to‘xtalib, og‘zaki va yozma vaziyat (holat) bilan bog‘liq holda
har birining muloqot ishtirokchilariga har xil ta ’sir etishini uqtiradi.
Tasniflash haqida bahs borganda, hamisha yuqorida ta ’kidlab
o'tilgan metodologik tamoyilni - istalgan turdagi tadqiq manbai
serqiira hodisa ekanligini, uni har tomondan tasnif etish mumkinligini,
tadqiqotchilar manbaning turlicha tasnif va bo‘linishlarini berishar
ekan, uning turli qirralariga tayanib ish ko‘rishlarini ta’kidlash va
bunday tasnif va guruhlashlar,
bir-birini inkor etgan holda, biri
ikkinchismi to'ldirib kelishini unutmaslik kerak. U yoki bu tadqiqotchi
tasnif asosi sifatida tanlagan tomonlar tasnif etilayotgan manbaning
tabiatini qanchalik aniq va nisbatan to‘liq aks ettira oladi, degan
muamrao - tamoman boshqa masala. Lekin dialektik yondashishda
narsa zotida mujassamlangan istalgan belgi-xususiyat faqat m a’lum bir
munosabatdagina voqelanishi
va ahamiyat kasb etishi, boshqa vaziyat
va sharoitda mutlaqo ahamiyatsiz bo‘la olishini hisobga olsak, manbada
bor belgi-xususiyat mutlaqo ahamiyatsiz bo‘la olmasligi, o'rni bilan
istalgan tomon ma’lum bir vaziyat uchun eng ahamiyatli bo‘la olishini
tan dishga majburmiz. M a’lumki, og'zaki (fonatsion, tovush) va
yozma nutq imkoniyatlari, bevosita kontakt va bilvosita distant muloqot
vosita va xususiyatlari bir-biridan ancha farq qiladi. Masalan, bevosita
kontakt muloqotda behad katta ahamiyatga ega bo‘lgan ovoz tembri va
yuz holati bilvosita kontakt
muloqotda mutlaqo ahamiyatsiz; distant
vositali muloqotda esa har ikkilasi ham ahamiyat kasb etmaydi.
Shuning uchun muloqotni turli tomondan tasnif etgan mazkur
olimlaming fikrlariga qo‘shilgan holda shuni ta’kidlash bilan
kifoyalanamizki, muayyan vaziyatda bu tomondan har biri o‘ziga xos
mavqe va ahamiyatga ega boiadi. Mana shu dialektik omilga tayangan
holda muloqotni tahlil qilishga harakat qilamiz.
Hayotda har qadamda va muttasil ado etib turilishi zarur bo‘lgan
axloq, odob, xulq-atvor, burch, yurish-turishimizga xos mayda-chuyda,
eng oddiy qoidalarga kishi birdaniga,
osongina, darsliklami o ‘qish
bilangina emas, balki turmushning turli vaziyatlarida sodir bo‘lib
turadigan ju z ’iy me’yor yoki prinsiplami bajarish orqali erisha boradi.
Masalan, darvozadan ko‘chaga chiqish bilan boshqacha vaziyat sodir
bo‘ladi, odamlar davrasiga kirib boramiz, ular bilan turli munosabatda
i i 6
boiam iz. Kim bo‘lishimizdan qat’i nazar, har xil vaziyatda
xususiyatimizni shunga muvofiq o‘zgartirib turamiz. Aytaylik, piyoda
yoki transportda yuradigan bo‘lsak - yo‘lovchi, do‘konga kirsak -
xaridor, oshxonada - xo‘randa, kinoteatrda -
tomoshabin, ishga borsak
- ishchi/xizmatchi/o‘qituvchi/ijrochi bo‘lib qolamiz. Shuni hisobga
olish kerakki, ulardan har birining muloqoti o‘ziga xos qonun-
qoidalarga - me’yorlarga ega va bir holatdan ikkinchi holatga o'tar
ekanmiz, onglimi-ongsizmi, shu holat uchun me’yor bo‘lgan muloqot
normalariga bo‘ysunamiz, har safer yangi bo‘lgan holatimizga
o'zimizni
moslashtiramiz, o'zgarib turamiz. Nutqiy vaziyatga
moslashamiz.
N utqiy vaziyat. NM tashqi omilining tarkibiy qismi sifetida
Do'stlaringiz bilan baham: