Innovatsiya-ziyo


Ritorika so'zi yunoncha  rhetorike



Download 3,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/109
Sana25.02.2022
Hajmi3,84 Mb.
#464441
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

Ritorika
so'zi yunoncha 
rhetorike
(“notiqlik”) so'zidan 
olingan bo'lib, tor m a’noda notiqlik san’atini, keng ma’noda, umuman, 
badiiy nasr haqidagi fen tushunchasini anglatadi. Ritorika miloddan 
aw algi 5-4-asrlarda Yunonistonda yuzaga kelib, miloddan aw algi 3-2- 
asrlarda mustaqil fen tusini olgan. Miloddan aw algi I asrda Rimda keng 
tarqalgan. Notiqlik bilan shug'ullanuvchi shaxslar 
ritor
deb yuritilgan.
Ritorika fen sifetida 5 qismdan iborat bo'lgan:
• materialni topish.
• joylashtirish.
• fikmi so'z bilan ifodalash.
• yodlash.
• talaffuz.
26


Ritorika qadimgi davrda Sitseron, Kvintilian kabilar ijodida ishlab 
chiqilgan va asoslangan. 0 ‘rta asrlar va yangi davrda (Rossiya, 
M.V.Lomonosov ijodida) nazariy jihatdan rivojlantirilib, o‘zining 
yangi pog‘onasiga ko'tarilgan. 19-asrga kelib esa adabiyot nazariyasi 
fani tarkibiga kirib ketgan. Keyingi davrlarda 
ritorika
termini 
dabdabali, quruq safsatani anglatadigan b o iib qolgan (ritorika haqida 
keyingi mavzuda batafsil to‘xtalamiz).
Voizlik. 
Voiz
so‘zi arabcha bo‘lib, “jamoat oldida nutq 
so£zlovchi”, “voizlik bilan shug‘ullanuvchi kishi”, “malakali notiq” 
ma’nosini anglatgan. Voizning maxsus nutqi 
va'z
deyilgan. Voizlik 
jamoat oldida nutq so'zlash, notiqlik san’ati ilmiy-siyosiy ma’raza, 
bahs, munozara, targ‘ibot va tashviqotning asosiy vositasi sifatida keng 
ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan san’atdir.
Voizlar chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik 
salohiyati (chiroyli v a ta’sirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuz, o ‘z 
zamonasi uchun yetakchi tillami mukammal bilish kabi) ga ega 
bo'lgan.
Qadimda Sharq mamlakatlarida hukmdor shaxsan o‘zi jamoat 
oldiga chiqib, o‘z siyosati, xalqaro ahvol va boshqalar haqida nutq 
so‘zlagan. El oldiga chiqish, ayniqsa, jum a namozi, hayit, navro‘z 
kunlari va boshqalarda, mamlakatlararo urush boshlangandagi 
yig'inlarda voizlik odat tusiga kirgan. 9-asrga kelib, bu muhim ishni 
xushovoz, ta’sirchan gapiradigan, ishontira oladigan maxsus kishilar -
voizlarga topshirganlar. Shunday qilib, voizlik san’ati shakllangan. 
K eyinchalik uning tarm oqlari vujudga kelgan:
• d a b ir lik (boshqaruv m azm undagi);
• x a tib lik (diniy, siyosiy mazmundagi);
• m u z a k k irlik (diniy-axloqiy mazmundagi) kabi.
Voizlik tinglovchilaming xususiyatiga qarab yana turlarga 
bo‘lingan:
• sultoniyot (yuqori tabaqa uchun);
• xutubu jihodiya (jangovar nutqlar);
• g ‘a rib o n a m aq om (oddiy xalq uchun) kabi.
Voizlik ijtimoiy va badiiy jihatdan muhimligi tufayli asrlar 
davomida rivojlana borgan. 0 ‘rta asrlarda voizlik san’ati nazariyasi, 
talqin uslublariga bag‘ishlangan ilmiy, uslubiy va majmuaviy asarlar 
yaratilgan. Voizlik san’atini o‘rgatuvchi maxsus so h a-ilm i kalom, ilmi 
balog‘a shakllangan.
27


Musulmon Sharqining yirik olimlari, din arboblari, adiblar 
ko’pincha yetuk voizlar bo‘lishgan. Bu borada Xoja Muayyad 
Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, H usayn Voiz K oshifiy, M avlono 
Muin Voiz Hiraviy, Bahouddin Valad, Jaloliddin Rumiy, 20-asrda esa 
mufti Ziyovuddinxon Eshon Boboxon o ‘g ‘li va boshqalar so‘z qudrati 
va jonli nutq san’ati bilan mashhur voizlar sifatida boiganlar.
Voizlik san’ati taraqqiyoti hozirgi 

Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish