11
Ko„p yillik va uzoq muddatli, bir omilli yoki ko„p omilli tajribalar ekinlarni
yetishtirishda
qo„llanilayotgan yangi tehnologiya tadbirlari tuproqning
unumdorligiga, suv-fizikaviy, kimyoviy hossalari va undagi biologik jarayonlarni,
etishtirilgan hosil va uning sifatiga ta‟siri va keyingi ta‟sirini chuqur o„rganish
imkonini yaratadi.
Ko„p yillik va uzoq muddatli tajribalar dehqonchilikning fundamental
(nazariy) masalalarni yechish hamda o„simliklar hayot jarayoni va hosildorligi
amalga
oshirilgan tadbirlar, tuproqqa ishlov berish tehnologiyalari, ekinlarni
parvarishlash agrotadbirlari va boshqa omillar ta‟sirini aniqlash imkonini beradi.
Qishloq ho„jaligi mashinalari, mehanizmlari va me‟yoriy dala agrotehnikasini
qo„llash imkoni mavjudligi dala tajribalarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Dala tajribasi uchun yer tanlash va uni tayyorlash.
Tajriba uchun o„tmishi
(3-4 yilgi dala tarihi) ma‟lum bo„lgan paykal ajratilishi lozim.
Shu narsa aniq bo„lishi kerakki, ajratilayotgan yerda so„ngi yillar davomida
(3 yildan kam bo„lmagan davrda) bir hil meliorativ ishlar amalga oshirilgan, bir hil
ekin etishtirilgan, tuprog„iga bir turdagi ishlov va o„g„itlar barilgan bo„lsin.
Ilgari turli ho„jalik maqsadlarida foydalanilgan dala ma‟lum tayyorgarliksiz
tajriba uchun olinishi mumkin emas (masalan, bir qismiga o„g„itlar ko„p solingan,
unda tubdan yer tekislash ishlari o„tkazilgan, yo„l o„tgan
yoki imoratlar,
tomorqalar, mollar uchun ko„ra va b.k. bo„lgan dala).
Shunday qilib, tajribaga ajratilgan yerning barcha qismida tuproq
unumdorligi qariyib bir hil, relfi tekis yoki qiyalik darajasi teng bo„lishi kerak. U,
shuningdek, maydoni hajmiga ko„ra, g„o„za-beda, g„o„za-g„alla ekinlarini
parvarishlash, pahta va g„alla hosilini yig„ishtirib olishda mehanizatsiya
vositalaridan foydalanish imkonini berishi lozim.
Iloji boricha tajribaning barcha variantlarini tuprog„i bir hil yoki bir-biriga
yaqin maydonlarda joylashtirishga erishish zarur.
Tajriba ho„jaliklarida uncha katta bo„lmagan maydonlar uchrab turadi.
Ularni asta-sekin yiriklashtirish kerak. Tuproq
unumdorligi faqat ayrim
qismlardagina (masalan, uvatlar tekislanganda, eski ariqlar ko„milganda va b.q.)
birmuncha o„zgargan maydonda tajriba o„tkazish uchun, tekislangan uvatlar,
ko„milgan ariqlar o„rni tajribaning himoya yo„lagiga ajratilgani ma‟qul. Himoya
yo„lagiga bunday erlar bir necha yil davomida ajratilishi kerak.
Yer tubdan tekislanganda tuproq yuza qatlami unumdorligi keskin o„zgaradi.
Bunday holda yiriklashtirilayotgan maydonni tajriba qo„yish uchun mahsus
tayyorlash talab etiladi. Buning uchun maydonga muvozanatlashtiruvchi
ekinlar
(beda, qoplovchi ziroatlar) ekish bilan birga, o„g„itlar tabaqalashtirilgan
me‟yorlarlarda solinadi yoki tekislangan yer usti tuproqning ustki, unumdor qismi
bilan qayta yopiladi.
Sug„orishda tuproq bir tekis namlanishini ta‟minlash maqsadida tajriba
dalasining yuzasi yahshilab tekislanishi kerak. Bunday tekislash uchun mahsus
nivelirlash asos bo„ladi.
Tajribadan bo„shagan paykalni yana tajriba o„tkazish
uchun bir yil
o„tmasdan ajratib bo„lmaydi, ayrim hollarda, ayniqsa, o„g„itlarning turli me‟yorlari
bo„yicha o„tkazilgan tajribalardan so„ng bundan ham kechroq ajratish kerak.
12
Ushbu muddat davomida maydonga birorta ekin ekilib, bir hil ishlov va bir
me‟yorda o„g„it berilgani ma‟qul.
Bunday ekinlar muvozanatlashtiruvchi ekinlar bo„lib, zarur hollarda ularni
tegishli yerlarda ekib, o„stirish ikki-uch yil va bundan ham ko„prok
davom
ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: