Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
78
Nima demoqchisan, aytaver. 
— Balki kasalxonada davolatsakmikin? 
— Kallang joyidami?! Boshmi bu yoki tomosha qovoqmi? Kim u, bilasanmi? Asadbekning 
qizimi yo ko‘chada it ham, bit ham tepib o‘tadigan odammi? Bir marta kasalxonaga 
yotqizganing kamlik qildimi? 
— Men bilib o‘tiribmanmi?.. 
— Bilishing kerak edi. Og‘zingga pashsha o‘tirib ketsa ham lallayib yotaver
«bilibmanmi...» deb. 
Jalil qaytib kirguniga qadar ham Asadbekning g‘azab o‘qlari tugamadi. Chuvrindi esa 
ertakdagi bahodirlarday ko‘kragini bu o‘qlarga tutib, chidam bilan turaverdi. 
Mastava sho‘r tuyulib, Asadbek uch-to‘rt qoshiqdan ortiq icholmadi. Chuvrindi esa 
irimiga lab tekkizib qo‘ydi. Jalil ularga e’tibor bermay mastavani xo‘rillatib ichib, kosani 
bo‘shatdi. 
Endi uyga boramiz, — dedi Asadbek, labini sochiqqa artayotgan o‘rtog‘iga qarab. 
— Hamma uy-uyigami? — deb aniqlashtirdi Jalil. 
— Yo‘q, sen menikiga borasan. Gaplashib yotamiz. 
— Boring, akaxon, — deb hojasini quvvatladi Chuvrindi, — bir kun ming kun bo‘larmidi, 
bi-ir otamlashib yotasizlar. 
Borsam boraveraman-da, uyda emizikli bolam qolib ketarmidi, — Jalil shunday deb 
kosalarni yig‘ishtirdi-da, tashqariga yo‘l oldi. Asadbek ham o‘rnidan turib hovliga chiqdi. 
— Odamlaringga tayinla. Pashsha ham uchib o‘tmasin bu hovliga. Kun yorishganda qon 
tekkan yerni qirib tashlashsin. Jalilning gaplarini eshitding-a, isi chiqmasin. 
— Bolalarni?.. 
— Ularga tega ko‘rma. Lekin shu atrofdagilarning og‘zi mahkam bo‘lishi kerak. Nima 
qilish kerakligini o‘ylab ko‘r. 
«O‘ylab ko‘r», deyish oson. Ammo o‘ylab, eng ma’qul yo‘lni topishning o‘zi bo‘larmi 
ekan? «Ikkita, uchta o‘q ovozi bo‘lsa edi, eshitganlar unga e’tibor berishmasa,— deb 
o‘yladi Chuvrindi. — O‘likka shuncha o‘q uzish shartmidi?..» 
Shart emas edi. Bu Asadbekka ham ma’lum narsa. Ammo o‘shanda unga hokimlik qilgan 
g‘oyib kuchi shunga majbur etdi. Chuvrindining bu holni his qilishi mushkul. 
Ayni chog‘da og‘ir tuyulgan bu masalaning yechimini Chuvrindi tongda topdi. 
Hosilboyvachchaning yigitlari bilan bo‘lgan uchrashuvdan keyin Halimjon Chuvrindining 
topshirig‘iga ko‘ra tergovchi qiyofasida qo‘ni-qo‘shnilarnikiga bir-bir kirib chiqdi. 
Ajoyibotni qarangki, ularning birontasi ham o‘q ovozini eshitishmabdi. Hatto Jalilning 
jiyanlari ham «O‘q ovozini eshitdinglarmi?» degan savolga «Qanaqa o‘q?» deganlaricha 
bezrayib turaverishdi. 
Bu manzara ertaning ishi. Bu kech esa Asadbek topshiriqni berib mashinaga o‘tirdi. 
Chuvrindi ikki oshnani kuzatgach, uyiga qaytishga otlandi. Yo‘l-yo‘lakay yana Zaynabdan 
xabar oldi. Xotini yetib kelgan, o‘qchiyotgan Zaynabga choy tutib, «iching, aylanay, 
terlasangiz o‘tib ketadi», deb zo‘rlayotgan edi. 
— Qanaqa choy beryapsan? — deb so‘radi Chuvrindi, ostona og‘zida to‘xtab. 
— Ko‘k, — dedi xotini. 
— Famil damla. Rosa achchiq bo‘lsin. 
Shunday deb yana bir oz turgach, iziga qaytdi.
3
Tong g‘alati manzara bilan otdi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish