G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

XI – qo‘shimcha asab
– ovoz, bo‗yin, ko‗krak-o‗mrov va trapesiyasimon
mushaklarni innervasiyalaydi.
XII juft – tilosti asabi
– til va tilni yuqoriga, pastga va oldinga 
harakatlantiradigan mushaklarni innervasiyalaydi.
Oliva yadrolari harakatlantiruvchi vazifani bajaradi va u miyacha bilan bog‗liq.
Uzunchoq miyaning markaziy qismi 
retikulyar formasiya
bilan to‗lgan.
Retikulyar formasiyaning yarmidan ko‗p qismi polisensor neyronlar (turli 
modallikdagi qo‗zg‗atuvchilarga javob beradigan) hisoblangan asab hujayralarining 
jamlanmasidir (25-rasm). 
Retikulyar formasiya oraliq miyagacha cho‗ziladi va orqa miyaning 
motoneyronlari, bosh miya asablarining yadrolari, miyacha, o‗rta va oraliq miya, 
bosh miyaning po‗stlog‗i bilan bog‗liq. Shuning uchun u asab tizimini turli 
bo‗limlarining faoliyatini boshqaradi. U asab tizimsining turli bo‗limlarining 
qanchalik qo‗zg‗alganligi va tonusini boshqaradi, uyqu va bedorlik, vegetativ 
funksiyalar, harakatlarni boshqarishda qatnashadi. Retikulyar formasiyadan 
(nospesifik yo‗ldan) keladigan axborot hisobiga bosh miyaning neyronlari


66 
25-rasm. Miya stvolining retikulyar formasiyasi. 
 
faollashadi, bu esa konkret modallikdagi axborotni qabul qilishga yordam beradi.
Retikulyar formasiya sensor axborotni qayta ishlashda qatnashishdan tashqari, 
harakatlantiruvchi vazifani ham bajaradi. Uzunchoq miya retikulyar formasiyasining 
neyronlari qizil yadroning neyronlari kabi ishlaydi, ya‘ni rostlovchilarning α–
motoneyronlariga 
tormozlovchi ta‘sir ko‗rsatadi va bukuvchilarning α-
motoneyronlarini qo‗zg‗atadi. Biroq boshqa guruh neyronlar – 
vestibulyar 
yadroning 
(Deyters yadroci) 
neyronlari 
– rostlovchilarning α-motoneyronlarini 
faollashtiradi va bukuvchilarning faolligini tormozlaydi.
Uzunchoq miyaning yadrolari orqali ko‗plab oddiy va murakkab reflektor aktlar 
bajariladi. 
1. Himoya reflekslari: yo‗talish, aksirish, ko‗zni pirpiratish, ko‗z yoshlanishi, 
qayt qilish. 
2. Ovqatlanish reflekslari: so‗rish, yutish, hazm bezlari sekresiyasi. 
3. Yurak va qon tomirlarining faoliyatini boshqaradigan yurak-qon tomir 
reflekslari. Uzunchoq miyaning tomirlarni harakatlantiruvchi markazining faoliyati 
normadagi yarakni qisqarish chastotasini pasaytiruvchi adashgan asab, motor yadrosi 
neyronlarining vazifasiga bog‗liq.


67 
4. Uzunchoq miyada o‗pkani ventilyasiyalaydigan avtomatik ishlaydigan nafas 
markazi joylashgan.
5. Pozali tonusni (bo‗yin, statik va statokinetik vestibulyar reflekslar) ushlab 
turadigan va antagonist mushaklarning ishini boshqaradigan reflekslar guruhi. 
Shunday qilib, uzunchoq miyada hayotiy muhim markazlar joylashgan bo‗lib, 
ular hatto shikastlansa ham o‗limga olib boradi.
Uzunchoq miya reflektor vazifadan tashqari, 
o‘tkazuvchi
vazifani ham bajaradi. 
Uning oq moddasi tegishli o‗tkazuvchi yo‗llarni tashkil qilgan asab tolalaridan 
tuzilgan.
Harakatlantiruvchi o‗tkazuvchi yo‗llar (pastga tushuvchi) uzunchoq miyaning 
oldingi bo‗limlarida joylashgan, sezuvchanlari esa (yuqoriga ko‗tariluvchi) ancha 
dorzal (orqadan) yotadi. Uzunchoq miya orqali po‗stloq, oraliq, o‗rta miya, miyacha 
va orqa miyani ikki tomonlama bog‗lash orqali birlashtiradigan o‗tkazuvchi yo‗llar 
o‗tadi. Uzunchoq miya vestibulyar yadrolaridan (Deyters yadrosi) pastga tushuvchi 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish