Abu Abdullox al- xorazmiyning falsafiy qarashlari va fanlar tasnifi Reja Abu Abdulloh Xorazmiyning hayoti va faoliyati. «Mafotih ul-ulum»



Download 221,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana25.02.2022
Hajmi221,31 Kb.
#462407
1   2
Bog'liq
5-mavzu maruza

II.
 
«Arab bo‘lmagan» ilmlar (yunon va boshqa xalqlarga tegishli). 


1.
Nazariy falsafa: 
a) quyi ilmlar hisoblangan tabiatshunoslik – tibbiyot (tibb), samoviy hodisalar 
– meterologiya, mineralogiya, alkimyo, mexanika; 
b) o‘rta ilmlar hisoblangan riyoziyot (grammatika, handasa, ilm an-nujum
musiqa); 
v) oliy ilm hisoblangan ilohiyot, ya’ni metafizika; 
g) mantiq.
2.
Amaliy falsafa: 
a) axloq – etika (ta’lim-tarbiya, odamni boshqarish); 
b) manzil tadbirlari (uy xo‘jaligini boshqarish); 
v) siyosat (shaharni, mamlakatni boshqarish) (2-ilova).
An’anaviy arab ilmlari. Shu ilmlardan biri, fiqhda muallif islom 
huquqshunosligining asosi bo‘lgan va islom huquqi posbonining doimiy dasturi 
Qur’on, payg‘ambar so‘zlari, hikmatli gaplari va hayotlarini eks ettiruvchi sunnat, 
hadis va uning xillari; ijmo’ – islom jamoasining yakdillik bilan qabul qilgan qarori, 
shariat qonun-qoidalariga amal qilishni, ya’ni tahorat qilish, namoz o‘qish, azon 
aytish, ro‘za tutish, zakot to‘lash ustida to‘xtab o‘tgan.
Ikkinchi bo‘lim kalomda mazhablarning yettiga bo‘lib bayon etilishi, ayniqsa, 
mu’taziliylar haqidagi mukammal tafsilotlar muhim ahamiyatga ega. Unda 
islomgacha bo‘lgan davrdagi Eron va Yamandagi diniy e’tiqodlar, Hindistonda 
tarqalgan ba’zi dualistik oqimlar hamda zardushtiylik bayon etilgan. Bu ma’lumotlar 
Yaqin va O‘rta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi xalqlarning dinlari tarixini 
o‘rganishda g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Ish yurgizish bo‘limi davlat devoni, soliq turlari va olinishi, soliq 
yig‘uvchilarning vazifalari, askarlar ro‘yxati, ularning kiyim-kechagi va 
to‘lanadigan maoshlari, kanal xillari, suv uskunalari, ikki daryo (Sirdaryo va 
Amudaryo) oralig‘idagi sug‘orish tizimlari haqidagi ma’lumotlarni yoritib 
berganligi bilan muhim edi.


Asarning tarix bo‘limida afsonaviy podshohlardan boshlab, tartib bilan turli davr va 
mamlakat hukmronlari; Ummaviylar va Abbosiylar xalifaligi, islomgacha bo‘lgan 
davrdagi Yaman tarixi, Rum va Yunon tarixi haqida mufassal ma’lumotlar keltirilgan.
«Arab bo‘lmagan» ilmlar qatorida birinchi bo‘lib falsafa qayd etilib, unda 
ushbu ilm atamalarining sharhi bilan bir qatorda ilmlar tasnifi masalasi yoritilgan.
Arastuning mantiqqa oid kitoblari sharhi Xorazmiy asarining mantiq bo‘limida 
o‘z aksini topgan. Unda muallif Yaqin va O‘rta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi 
ushbu ilm haqidagi ma’lumotlar, oldinga surilgan ajoyib g‘oyalardan foydalanib, 
ularni yanada boyitgan.
Asarning tabiiy ilmlarga oid bo‘limlari o‘rta asr Sharqida ilmiy yuksalish 
darajasini o‘rganish nuqtai nazaridan nihoyatda ma’lumotlarga boydir. Tibga oid 
bo‘limda kasalliklar, sodda va murakkab dorilar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. 
Ushbu bo‘limda o‘sha davr tabobatida ma’lum bo‘lgan va keng tarqalgan mijoz 
hamda qon tomiri urishiga qarab kasallikni aniqlash to‘g‘risidagi nozik tavsiflar 
berilgan.
Riyoziyot bo‘limida o‘rta asr Sharqidagi matematik ilmlar holati bayon etilgan. 
Al-Xorazmiy matematik tushunchani aqlning ixtiyoriy ijodi emas, balki ob’ektiv 
olamning ma’lum tomonlarini, ashyolar o‘rtasidagi munosabatlarning in’ikosi, deb 
talqin etgan.
Astronomiya bo‘limida uning vazifasi bilan birga tarixiga oid masalalar ham 
ko‘rib o‘tilgan. Xorazmiy o‘z tasnifida musiqani riyoziyot ilmlariga qo‘shadi va 
unda musiqaviy asboblar, tovushlarning o‘zaro mutanosibligi, tartibi, sozi (lad) 
tavsiflanadi va oxirida ritm haqidagi ta’limot ko‘rib chiqiladi.
Mexanika bo‘limida, og‘ir yuklarni joy-joyiga qo‘yish va dalalarni sug‘orish 
maqsadida ishlatiladigan qurilmalar, ya’ni sodda mashinalar, ularning tuzilishi va 
vazifalari ustida to‘xtab o‘tadi. Umuman, asarda Abu Abdulloh al-Xorazmiy o‘z davri 
tabiiy va riyoziyot ilmlarini yaxshi bilgan, ularni nazariy falsafaga kiritish bilan bir 
tomondan, ularning ahamiyatini oshirish va ta’kidlash, ikkinchi tomondan, falsafani 
boyitishga intilgan. Al-Xorazmiyning «Mafotih al-ulum» asari o‘rta asr madaniyati va 
ma’naviyatini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.


 

Download 221,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish