Abu Abdullox al- Xorazmiyning falsafiy qarashlari va fanlar tasnifi
Reja
1.
Abu Abdulloh Xorazmiyning hayoti va faoliyati.
2.
«Mafotih ul-ulum» asarining o‘rganilishi.
3.
Abu Abdulloh Xorazmiy fanlar tasnifi haqida.
Tayanch tushunchalar:
Abu Abdulloh Xorazmiy, Xuroson, Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy, Abu Bakr ar-
Roziy, «Mafotih al-ulum» («Ilmlar kalitlari»), Van Floten, I.Yu.Krachkovskiy,
V.V.Bartold, K.Brokelman, E.Videman, D.Sarton, M.M.Xayrullaev, U.Karimov,
G.P.Matvievskaya, H.Hasanov, M.Ziyovuddinova, «arab ilmlari», «arab bo‘lmagan
ilmlar», kalom, sarf va nahv, she’r va aruz, tarix, falsafa, mantiq, tib, arifmetika,
astronomiya, handasa, mexanika.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf Xorazmiy ijodi kam o‘rganilgan
mutafakkirdir. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida
o‘tgan. U Xuroson shaharlarida ham ta’lim olgan. Uning mashhurligi vazir Abul Hasan
al-Utbiy huzurida kotib bo‘lib xizmat qilgan davrida cho‘qqisiga chiqqan. Shu vazifasi
tufayli u «al-kitob al-Xorazmiy» nomi bilan tanilgan. Abu Abdulloh o‘z xizmat vazifasi
yuzasidan Buxoroga tez-tez borib turgan va u yerdagi ko‘pgina olimlar bilan hamsuhbat
bo‘lgan. Ilmga chanqoq olim xizmat asnosida amirning boy kutubxonasidan foydala-
nish huquqini qo‘lga kiritgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy 997 yilda vafot etgan.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning dunyoqarashi o‘sha davrda keng tarqalgan
mantiqiy tafakkur namoyandalari Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy, Abu Bakr ar-Roziy
ta’siri ostida shakllangan.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha faqat yagona asari – «Mafotih al-ulum»
(«Ilmlar kalitlari») yetib kelgan. «Mafotih al-ulum»ning qo‘lyozma nushalari chet
ellardadir. Yaqin-yaqingacha uning to‘rt nushasi bor, deb hisoblanar edi. Ana shu to‘rt
nushadan uchtasi Buyuk Britaniya muzeyida 7528, 23429 va 2524 raqamlari, hamda
Berlin kutubxonasida 1051 raqami ostida saqlanadi. Amerikalik olim K. Bosvort XX
asrning 60-yillarida ushbu asarning yana olti nushasini Turkiya kutubxonasida borligini
aniqlagan. Barcha olti nusha Istambul shahridagi kutubxonalardadir.
«Mafotih al-ulum»ni birinchi bo‘lib o‘rgangan va 1895 yilda nashr etgan olim
– gollandiyalik sharqshunos Van Flotendir. Shuningdek, I.Yu.Krachkovskiy,
V.V.Bartold, K.Brokelman, E.Videman, D.Sarton, M.M.Xayrullaev, U.Karimov,
G.P.Matvievskaya, H.Hasanov, M.Ziyovuddinova, A.Sharipovlar ham asrning turli
tomonlarini tadqiq etganlar. «Mafotih al-ulum» o‘ziga xos qomusiy asar bo‘lib,
o‘sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini o‘z ichiga qamrab olgan.
Olim barcha fanlarni ikkiga – «arab ilmlari» va «arab bo‘lmagan ilmlar»ga
ajratadi (1-ilova).
Uning birinchi an’anaviy «arab ilmlari» qismi o‘n bir bobdan iborat fiqh, yetti
bobdan iborat kalom, o‘n ikki bobdan iborat grammatika (sarf va nahv), sakkiz
bobdan iborat ish yuritish, besh bobdan iborat she’r va aruz hamda to‘qqiz bobdan
iborat tarixdan tashkil topgan.
Ikkinchi qismiga esa, «arab bo‘lmagan» quyidagi ilmlar kiritilgan:
Ular – uch bobdan iborat falsafa, to‘qqiz bobdan iborat mantiq, sakkiz bobdan
iborat tibb, besh bobdan iborat arifmetika, to‘rt bobdan iborat handasa, shuningdek,
to‘rt bobdan iborat ilm an-nujum, uch bobdan iborat musiqa, ikki bobdan iborat
mexanika va uch bobdan iborat kimyo.
Shunday qilib, asar ikki qismdan iborat bo‘lib, unda o‘n besh ilm (ilm) to‘qson
uch bobda bayon etilgan.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy ilmlar tasnifining shakli quyidagicha:
I.
Shariat va u bilan bog‘liq «arab» ilmlari.
1.
Fiqh, ya’ni musulmon huquqshunosligi.
2.
Kalom, ya’ni dinning mantiqiy asoslari.
3.
Grammatika.
4.
Ish yuritish.
5.
She’riyat va aruz.
6.
Tarix.
Do'stlaringiz bilan baham: |