Abu Abdullox al- xorazmiyning falsafiy qarashlari va fanlar tasnifi Reja Abu Abdulloh Xorazmiyning hayoti va faoliyati. «Mafotih ul-ulum»



Download 221,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana25.02.2022
Hajmi221,31 Kb.
#462407
  1   2
Bog'liq
5-mavzu maruza



Abu Abdullox al- Xorazmiyning falsafiy qarashlari va fanlar tasnifi 
Reja 
1.
Abu Abdulloh Xorazmiyning hayoti va faoliyati.
2.
«Mafotih ul-ulum» asarining o‘rganilishi. 
3.
Abu Abdulloh Xorazmiy fanlar tasnifi haqida. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Abu Abdulloh Xorazmiy, Xuroson, Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy, Abu Bakr ar-
Roziy, «Mafotih al-ulum» («Ilmlar kalitlari»), Van Floten, I.Yu.Krachkovskiy, 
V.V.Bartold, K.Brokelman, E.Videman, D.Sarton, M.M.Xayrullaev, U.Karimov, 
G.P.Matvievskaya, H.Hasanov, M.Ziyovuddinova, «arab ilmlari», «arab bo‘lmagan 
ilmlar», kalom, sarf va nahv, she’r va aruz, tarix, falsafa, mantiq, tib, arifmetika, 
astronomiya, handasa, mexanika. 
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf Xorazmiy ijodi kam o‘rganilgan 
mutafakkirdir. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida 
o‘tgan. U Xuroson shaharlarida ham ta’lim olgan. Uning mashhurligi vazir Abul Hasan 
al-Utbiy huzurida kotib bo‘lib xizmat qilgan davrida cho‘qqisiga chiqqan. Shu vazifasi 
tufayli u «al-kitob al-Xorazmiy» nomi bilan tanilgan. Abu Abdulloh o‘z xizmat vazifasi 
yuzasidan Buxoroga tez-tez borib turgan va u yerdagi ko‘pgina olimlar bilan hamsuhbat 
bo‘lgan. Ilmga chanqoq olim xizmat asnosida amirning boy kutubxonasidan foydala-
nish huquqini qo‘lga kiritgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy 997 yilda vafot etgan.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning dunyoqarashi o‘sha davrda keng tarqalgan 
mantiqiy tafakkur namoyandalari Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy, Abu Bakr ar-Roziy 
ta’siri ostida shakllangan.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha faqat yagona asari – «Mafotih al-ulum» 
(«Ilmlar kalitlari») yetib kelgan. «Mafotih al-ulum»ning qo‘lyozma nushalari chet 
ellardadir. Yaqin-yaqingacha uning to‘rt nushasi bor, deb hisoblanar edi. Ana shu to‘rt 
nushadan uchtasi Buyuk Britaniya muzeyida 7528, 23429 va 2524 raqamlari, hamda 
Berlin kutubxonasida 1051 raqami ostida saqlanadi. Amerikalik olim K. Bosvort XX 


asrning 60-yillarida ushbu asarning yana olti nushasini Turkiya kutubxonasida borligini 
aniqlagan. Barcha olti nusha Istambul shahridagi kutubxonalardadir.
«Mafotih al-ulum»ni birinchi bo‘lib o‘rgangan va 1895 yilda nashr etgan olim 
– gollandiyalik sharqshunos Van Flotendir. Shuningdek, I.Yu.Krachkovskiy, 
V.V.Bartold, K.Brokelman, E.Videman, D.Sarton, M.M.Xayrullaev, U.Karimov, 
G.P.Matvievskaya, H.Hasanov, M.Ziyovuddinova, A.Sharipovlar ham asrning turli 
tomonlarini tadqiq etganlar. «Mafotih al-ulum» o‘ziga xos qomusiy asar bo‘lib, 
o‘sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini o‘z ichiga qamrab olgan.
Olim barcha fanlarni ikkiga – «arab ilmlari» va «arab bo‘lmagan ilmlar»ga 
ajratadi (1-ilova).
Uning birinchi an’anaviy «arab ilmlari» qismi o‘n bir bobdan iborat fiqh, yetti 
bobdan iborat kalom, o‘n ikki bobdan iborat grammatika (sarf va nahv), sakkiz 
bobdan iborat ish yuritish, besh bobdan iborat she’r va aruz hamda to‘qqiz bobdan 
iborat tarixdan tashkil topgan.
Ikkinchi qismiga esa, «arab bo‘lmagan» quyidagi ilmlar kiritilgan: 
Ular – uch bobdan iborat falsafa, to‘qqiz bobdan iborat mantiq, sakkiz bobdan 
iborat tibb, besh bobdan iborat arifmetika, to‘rt bobdan iborat handasa, shuningdek, 
to‘rt bobdan iborat ilm an-nujum, uch bobdan iborat musiqa, ikki bobdan iborat 
mexanika va uch bobdan iborat kimyo.
Shunday qilib, asar ikki qismdan iborat bo‘lib, unda o‘n besh ilm (ilm) to‘qson 
uch bobda bayon etilgan. 
Abu Abdulloh al-Xorazmiy ilmlar tasnifining shakli quyidagicha: 
I.
 
Shariat va u bilan bog‘liq «arab» ilmlari.
1.
Fiqh, ya’ni musulmon huquqshunosligi.
2.
Kalom, ya’ni dinning mantiqiy asoslari.
3.
Grammatika.
4.
Ish yuritish.
5.
She’riyat va aruz.
6.
Tarix.

Download 221,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish