84
langan vaqtda tasmaga zarba bilan uriladi va qog‘ozga nuqta
bosib
chiqariladi.
Matritsali printerlarning shunday deb nom olishiga sabab ularning
bosmaga chiqarish moslamalaridagi ignalar o‘ziga xos matritsani
tashkil etadi, ba’zi adabiyotlarda esa bunday qurilmalarni «nuqtali»
deb nomlashni ma’qul ko‘radilar.
Bosmaga chiqarish moslamasida joylashgan ignalar soni
bosma
sifatini belgilaydi. Narxi qimmat bo‘lmagan printerlar 9 ta ignali
matritsa bilan jihozlangan, bunda belgilar matritsasi 7×9 yoki 9×9
o‘lchamga ega. Zamonaviy matritsali printerlar 18 yoki 24 ignali bos
-
maga chiqarish moslamasi bilan jihozlangan.
Matritsali printerlarda bosmaga chiqarish
ish tartibi ham turli-
cha amalga oshiriladi. Bosmaga chiqarishning eng tez ishlash tartibi
deganda – bosmaga chiqarish moslamasining satr bo‘ylab bir marta
o‘tishi bilan bosmaning (satr bosmasi) amalga oshirilishi tushuniladi
(Draft ish tartibi).
NLQ (Near Letter Quality – deyarli bosmaxona sifati) ish tartibida
bosmaga chiqarish moslamasining satr bo‘ylab ikki marta o‘tishi
bilan satr bosib chiqiladi. Matritsali printerlarning Draft ish tartibida
matnlarni bosmaga chiqarish tezligi 100 dan 500 cps gacha bo‘ladi,
bu taxminan minutiga ikki bet sahifani bosmaga chiqarish bilan teng.
Eng yaxshi matritsali printerlarning tezligi 1000 cps gacha yetadi.
Aniqlik xususiyati 360×360 dpi ni tashkil etadi.
Tektronix firmasi tomonidan qattiq-siyoh texnologiyasi ishlab
chiqilgan. Bu texnologiya o‘zida boshqa texnologiyalarning eng yax
-
shi sifatlarini mujassamlashtirdi. Bo‘yoqlar
turli ranglardagi qattiq
kub shaklida bo‘lib, har bir rang kubi alohida shaxsiy bo‘limlariga
ega. Siyoh eritilib, keyingi bosmaga chiqarish moslamasiga uzati
-
ladi. Moslama esa aluminli barabanda tasvirni hosil qiladi va undan
qog‘ozga ko‘chiriladi. Siyohlar barabanda
qotib qolmasligi uchun
ular qizdiriladi. Bosmaga chiqarish moslamasining kengligi qog‘oz
kengligi bilan teng. Bosmaga chiqarish moslamasi – bu, pyezoele
-
mentlar bilan ta’minlangan soplo blokidan (har bir rang uchun 112
tadan) iborat. Pyezoelement ishga tushishi bilan siyoh tomchilari
barabanga tushadi.
85
83
Qattiq siyohli printerlar turiga termik bosma
texnologiyasiga tegishli
sublimatsion printerlar kiradi. Bunda bosmaga chiqarilgan tasvirning optimal sifati
nuqtalarning qog‘ozga aniq va to‘g‘ri tushirilishi hisobiga emas, balki qo‘shni
nuqtalarning aralashmasi, bir-birlariga ustma-ust tushirilishi evaziga erishiladi.
5.5-rasm. Bosmaga chiqarish texnologiyalari.
Sublimatsiyali printerlarda asosan to‘rt qatlamli tasmali kartridjlar qo‘llaniladi.
Maxsus rolikda uchta asosiy rang va himoya
qatlami tushirilgan tasma
joylashtirilgan. Printer ketma-ket tasmaning har bir rangli qatlamini qizdiradi va
siyohlar bug‘lanib fotoqog‘ozga tushadi. Bosmaning ishlatilish chog‘ida rangli
qatlamlar o‘chib ketmasligi uchun siyohlar ustiga himoya qatlami yotqiziladi.
Sublimatsiyali printerlar ixcham va oddiy bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: