94
nuqtali yarimo‘tkazgichli yorug‘lik diodlarni (light-emitting
diode–yorug‘lik nuri taratuvchi diod LED) qo‘llanishi optika bilan
bog‘liq murakkabliklardan qutilish va tizimni soddaroq, osonroq va
ishonchliroq qiish imkonini berdi.
Lazerli va LED-plotterlar tezligi yuqoriligi (A1 formatdagi varaq
yarim minutdan kamroq vaqt ichida chiqariladi) va standart majmui-
da tarmoq interfeysi adapterining
mavjudligi tufayli, ularni tarmoq
qurilmasi sifatida qo‘llash ham qulaydir. Yana bir muhim jihati shundaki,
bu plotterlarda oddiy qog‘ozlardan ham foydalanish mumkin, bu esa
foydalanishdagi harajatlarni tejash imkonini beradi. LED-plotterlari kun
sayin yanada ommabop bo‘lib bormoqda, vaholangki narxi bo‘yicha
monoxromli elektrostatik plotterlardan farq qilmaydi.
Ular rangning bo‘lishi ta’lab qilinmaydigan va olingan natijaning
unumdorligiga va sifatiga nisbatan talab yuqori bo‘lgan, masalan,
mu rakkab texnik dizayn, arxitektura, kartografiyaga o‘xshash soha-
larning barida qo‘llaniladi.
Lazerli LED-plotterlarga misol qilib, Callomp Solus4-AO, JDL
4000Eni keltirishimiz mumkin.
Funksional ko‘rsatgichlarni (tezligi, ishlash qulayligi, avto nomlik
va h.k.) yaxshilash uchun plotter o‘zida joylashtirilgan xotiraga ega.
Bu xotirada tasvir yaratilish jarayonida plotter protsessori
tomonidan
ishlov beriladigan grafik axborot saqlanadi.
Standart bufer – bu standart konfiguratsiyadagi plotterning
tezkor xotirasi. Katta formatli plotterlarning zamonaviy modellarida
(memory capacity, standard buffer size) 1 Mbaytdan katta hajmga ega
bo‘lgan standart bufer (memory) mavjud. Ayrim modellarida bufer-
ni kengaytirish uchun (memory upgrade, optional buffer) 64 Mbayt
gacha qo‘shimcha xotira bloklarini o‘rnatish imkoniyati mav jud. Bir
necha kanallardan axborot qabul qiluvchi, katta tezlikda ishlovchi
plotterlarda qo‘shimcha diskli (disk) xotira, ya’ni o‘zida joylash-
tirilgan qattiq disk bo‘lishi kerak. Bu diskda grafik axborot saqlanadi.
Peroli plotterlarning xotira hajmini faqat uning
chizma fayl yukla-
tilganidan keyin off-line ish tartibida (avtonom) ishlay olish qobiliyati
belgilaydi. Rastrli plotterlar uchun bu o‘ta muhim ko‘rsatkich sanaladi,
chunki plotter tomonidan ta’minlanuvchi tasvirning formatini va
aniqligini belgilaydi.
95
Plotterning kompyuterga ulanishi, odatda, ketma-ket (COM) port,
parallel (LPT) port yoki SCSI-interfeys orqali amalga oshiriladi.
Plotterlarning ba’zi modellari o‘zida joylashtirilgan bufer (1 Mbayt
va undan ortiq) bilan jihozlangan bo‘ladi.
Hozirgi paytda planshetli tasvir-quruvchilar uchun standart bo‘lib,
Hewlett-Packard firmasi qurilmalari sanaladi. Bundan tashqari HP-
GL (Hewlett-Packard Graphics Language) grafik til sanoatda
qo‘llaniladigan standart bo‘lib qolgan.
Roland firmasining DXY
plotterlari ham yaxshi modellar hisoblanadi. Qolaversa bularning
hammasi HP va HP-GL bilan moslashuvchi ekanligidan tashqari,
ushbu modellar xususiy DXY-GL grafik tilidan foydalanadi.
Plotterlarda maxsus (masalan, elektrostatik) texnologiyalar sin-
gari, printerlar bo‘yicha bizga ma’lum bo‘lgan (termo-, lazerli, LED,
oqimli) texnologiyalar ham qo‘llaniladi. Bugungi kunda oqimli
qurilmalar keng tarqalmoqda. Masalan, plotterlar DesignJet oilasining
Hewlett-Packard plotterlari A0 va A1 formatda, peroli plotterlarga
nisbatan 4–5 barobar tezroq ishlaydi.
Bunda ikkita oqimli siyohli
kartridjdan foydalanib, oqimli printer 300 dpi ruxsat berishdan past
ishlamaydi va ikkita ish tartibiga ega: toza va eskizli. Eskizli (qora)
ish tartibida algoritm, siyohning sarflanishini qariyb ikki barobarga
qisqartiradi. Odatda, oqimli plotterlar Epson 1050 va IBM ProPrinter
XL24E kabi mashhur printerlari kabi ishlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: