N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva periferIya va ofis qUrilmaLarini ta’MIrLaSh va ishLatish



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/154
Sana25.02.2022
Hajmi9,44 Mb.
#461823
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154
Bog'liq
ofis qurilmalari

bir
o‘tishli 
va
 ko‘p o‘tishli 
turlarga bo‘linadi. Bir o‘tishli qurilmalarda tasvir elementlarida ish-
latilayotgan barcha ranglar bir marta o‘tishda kiritiladi.
 
Ko‘p o‘tishli 
printerlarda rangli qatlamlar ketma-ket ravishda birin-ketin kiritiladi.
Matritsali printerlar.
Tasvirni qog‘ozga tushirishda eng arzon 
usul – matritsali printerdan foydalanishdir. Matritsali printer qurilma-
lari eski yozuv mashinkalaridan uncha katta farq qilmaydi (5.3-rasm).
Printer ichida bo‘yoqli tasma yoki rangli bezak (naqsh yoki shakl) 
larni tasvirlash uchun bir nechta rangli tasmalar tortilgan. Rasmni 
qog‘ozda aks ettirish uchun ignalar bilan jihozlangan bosmaga chi-
qarish moslamasi tasma ustidan o‘tadi. Ignalarning har biri belgi-
5.3-rasm. 
Matritsali printer 
ko‘rinishi.
5.4-rasm. 
Matritsali 
printerning ishlash tamoyili.
Qog‘oz varag‘i
Bosmaga chiqarish 
signallaridan tashkil topgan 
matritsa


84
langan vaqtda tasmaga zarba bilan uriladi va qog‘ozga nuqta bosib 
chiqariladi.
Matritsali printerlarning shunday deb nom olishiga sabab ularning 
bosmaga chiqarish moslamalaridagi ignalar o‘ziga xos matritsani 
tashkil etadi, ba’zi adabiyotlarda esa bunday qurilmalarni «nuqtali» 
deb nomlashni ma’qul ko‘radilar.
Bosmaga chiqarish moslamasida joylashgan ignalar soni bosma 
sifatini belgilaydi. Narxi qimmat bo‘lmagan printerlar 9 ta ignali 
matritsa bilan jihozlangan, bunda belgilar matritsasi 7×9 yoki 9×9 
o‘lchamga ega. Zamonaviy matritsali printerlar 18 yoki 24 ignali bos
-
maga chiqarish moslamasi bilan jihozlangan.
Matritsali printerlarda bosmaga chiqarish ish tartibi ham turli-
cha amalga oshiriladi. Bosmaga chiqarishning eng tez ishlash tartibi 
deganda – bosmaga chiqarish moslamasining satr bo‘ylab bir marta 
o‘tishi bilan bosmaning (satr bosmasi) amalga oshirilishi tushuniladi 
(Draft ish tartibi).
NLQ (Near Letter Quality – deyarli bosmaxona sifati) ish tartibida 
bosmaga chiqarish moslamasining satr bo‘ylab ikki marta o‘tishi 
bilan satr bosib chiqiladi. Matritsali printerlarning Draft ish tartibida 
matnlarni bosmaga chiqarish tezligi 100 dan 500 cps gacha bo‘ladi, 
bu taxminan minutiga ikki bet sahifani bosmaga chiqarish bilan teng. 
Eng yaxshi matritsali printerlarning tezligi 1000 cps gacha yetadi. 
Aniqlik xususiyati 360×360 dpi ni tashkil etadi.
Tektronix firmasi tomonidan qattiq-siyoh texnologiyasi ishlab 
chiqilgan. Bu texnologiya o‘zida boshqa texnologiyalarning eng yax
-
shi sifatlarini mujassamlashtirdi. Bo‘yoqlar turli ranglardagi qattiq 
kub shaklida bo‘lib, har bir rang kubi alohida shaxsiy bo‘limlariga 
ega. Siyoh eritilib, keyingi bosmaga chiqarish moslamasiga uzati
-
ladi. Moslama esa aluminli barabanda tasvirni hosil qiladi va undan 
qog‘ozga ko‘chiriladi. Siyohlar barabanda qotib qolmasligi uchun 
ular qizdiriladi. Bosmaga chiqarish moslamasining kengligi qog‘oz 
kengligi bilan teng. Bosmaga chiqarish moslamasi – bu, pyezoele
-
mentlar bilan ta’minlangan soplo blokidan (har bir rang uchun 112 
tadan) iborat. Pyezoelement ishga tushishi bilan siyoh tomchilari 
barabanga tushadi.


85
83 
Qattiq siyohli printerlar turiga termik bosma texnologiyasiga tegishli 
sublimatsion printerlar kiradi. Bunda bosmaga chiqarilgan tasvirning optimal sifati 
nuqtalarning qog‘ozga aniq va to‘g‘ri tushirilishi hisobiga emas, balki qo‘shni 
nuqtalarning aralashmasi, bir-birlariga ustma-ust tushirilishi evaziga erishiladi. 
5.5-rasm. Bosmaga chiqarish texnologiyalari. 
Sublimatsiyali printerlarda asosan to‘rt qatlamli tasmali kartridjlar qo‘llaniladi. 
Maxsus rolikda uchta asosiy rang va himoya qatlami tushirilgan tasma 
joylashtirilgan. Printer ketma-ket tasmaning har bir rangli qatlamini qizdiradi va 
siyohlar bug‘lanib fotoqog‘ozga tushadi. Bosmaning ishlatilish chog‘ida rangli 
qatlamlar o‘chib ketmasligi uchun siyohlar ustiga himoya qatlami yotqiziladi. 
Sublimatsiyali printerlar ixcham va oddiy bo‘ladi. 

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish