SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA QIZLAR SPORTINING AHAMIYATI
Rashidov M.M., katta o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh.
Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk va sog‘lom qilib voyaga yetkazishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Zero, bugungi o‘zgarishlar davri aynan iste’dodli va salohiyatli, zehni o‘tkir, mulohazali,
yangidan-yangi kashfiyotlarga qodir insonlarni tarbiyalashni talab qilmoqda.
Mamlakatimizda umumta’lim muassasalari o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni kasb-hunarni
ongli ravishda va to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan
biriga aylangan. Shu o‘rinda, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktabrda qabul qilingan “Umumiy o‘rta va
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
hamda Birinchi Prezidentimizning 2006 yil 27 iyulda imzolangan “Umumta’lim maktablari bitiruvchilarini
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
222
qarorlari fikrimizning yorqin tasdig‘idir. Maktab – mahalla – oila hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yildi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda psixologik xizmat xonalari zamonaviy axborot vositalari bilan
jihozlandi. O‘g‘il-qizlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy profilaktik xizmat yaxshilandi.
Yurtimizda Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatida yoshlar, ayniqsa, o‘smir qizlar tarbiyasini to‘g‘ri
shakllantirish, ularning qalbi va ongida Vatanga muhabbat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, istiqlol
g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini qaror toptirish, salomatligini asrash, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan
qiziqishini kuchaytirish muhim o‘rin egallaydi. Tashkilot tomonidan o‘tkazilayotgan ijtimoiy loyihalar
yoshlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, qizlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni turli mafkuraviy
tahdidlardan ishonchli tarzda himoyalash, talabalar turar-joylarining obodligini ta’minlash, ta’lim
maskanlaridagi o‘quvchilar davomatini muntazam tahlil etish, oila, mahalla, o‘quv muassasasi o‘rtasidagi
hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar tufayli sportning badiiy gimnastika, suzish, sinxron suzish, tennis
kabi nafis turlari keng ommalashmoqda. Yoshlarni sportga jalb etish, ularni layoqatiga qarab yo‘naltirish va
iqtidorini kashf etishda o‘qituvchi-murabbiylarning o‘rni katta. Shu sababli yurtimizda jismoniy tarbiya
o‘qituvchilari va sport murabbiylari tayyorlash, ular mehnatini rag‘batlantirish tizimi takomillashtirildi. Ayol
zoti hamisha go‘zallikka intilib yashaydi, suyukli yor va mehribon ona bo‘lishni istaydi. Buning asosiy omili
esa sog‘likdir. Sog‘lom ayolning yuzi tiniq, qaddi-qomati kelishgan, ruhi tetik bo‘ladi. Oila mustahkamligi,
farzandlar barkamolligi, turmushdagi mehr-muhabbatda ham bu muhim o‘rin tutadi. Eng muhimi, sport bilan
shug‘ullangan qiz sog‘lom bo‘ladi, kelgusida sog‘lom bolalarni dunyoga keltiradi. Ularni ham sportga jalb
qiladi, sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazadi. Bu butun jamiyatda sog‘lom turmush tarzining qaror
topishiga, millat genofondining yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2012 yil 10 fevral kuni O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish
jamg‘armasi Homiylik kengashining yig‘ilishida bu masalaga alohida to‘xtalib, qizlarimizning sog‘lom bo‘lib
ulg‘ayishi ertangi kunimizning, dunyoga keladigan barkamol avlodning muhim omili ekanligini ta’kidladi.
Mamlakatimizda sportni ommalashtirish, xususan, xotin-qizlar sportini rivojlantirishda, avvalo, ana shu
mezondan kelib chiqib ish tutilmoqda. Qizlarni sportga jalb etish borasida alohida e’tibor va yondashuv
shakllandi, zarur shart-sharoit yaratildi. Ular uchun milliy mentalitetimizga xos kiyimlar ishlab chiqarilmoqda,
oliy ta’lim muassasalarida ayol o‘qituvchi va murabbiyalarni tayyorlashga keng o‘rin yaratilmoqda. Nafaqat
viloyat yoki tuman markazlari, balki chekka-chekka qishloqlarda ham zamonaviy sport majmualarining
bunyod etilgani va zarur anjomlar bilan ta’minlangani samarasida qizlarning badiiy gimnastika bilan
shug‘ullanish imkoniyatlari tobora kengaymoqda. Birinchi Prezidentimizning 2010 yil 1 aprelda qabul qilingan
“Qishloq joylardagi bolalar sporti obyektlarida band bo‘lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag‘batlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuqori malakali, professional ayol ustoz kadrlarni tayyorlash, ularning
mehnatini moddiy rag‘batlantirishda muhim omil bo‘layapti. Ushbu amaliy sa’yi-harakatlar natijasida ayol
sport ustozlari o‘tgan yilning o‘zida 1,6 barobardan ko‘proq oshdi. Bundan ota-onalar qizlarining sport bilan
shug‘ullanishi ularning nafaqat salomatligida, balki qaddi-qomati to‘g‘ri shakllanishida, yurish-turishida
naqadar muhim ahamiyat kasb etayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlamoqdalar. Bu yurtdoshlarimizning ongu
shuurida sportga, ayniqsa, qizlar sportiga nisbatan qarashlarning tubdan o‘zgargani samarasidir. Ilgari badiiy
gimnastika bilan faqat sportchi bo‘lishni maqsad qilgan yoki buni kasb sifatida tanlaganlar shug‘ullanardi.
Bunday to‘garaklar esa nihoyatda kam edi. Jismoniy tarbiya darslarida badiiy gimnastika sport turi sifatida
o‘tilmasdi. Ushbu nafis sport bilan shug‘ullanuvchilar soni O‘zbekistondagi barcha qizlarning bir foizini ham
tashkil qilmasdi. Badiiy gimnastika bu jihatdan ham qulay va hammabopdir. U bilan oilaviy sharoitda,
mustaqil ravishda shug‘ullanish mumkin.
Shu bois mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish deganda, avvalo, uning ommaviyligiga, sport
bilan shug‘ullanishning muntazamligiga, geografiyasining kengligiga e’tibor qaratilmoqda. Sport obyektlari
yildan-yilga ko‘payayotgani, sport bilan shug‘ullanuvchi bolalar soni ortib, ular o‘rtasida kasallanish
darajasining pasayib borayotgani bu boradagi ishlar hayotda o‘zining yuksak samaralarini berayotganidan
dalolatdir.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, bolalarda sportga ishtiyoq uyg‘otishda oilaning
o‘rni beqiyos. Oilaviy sportni ommalashtirish, xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy organlari, mahallalar va
yoshlar tashkilotlari hamkorligida oilaviy sport o‘yinlarini muntazam o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar
dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligi belgilandi.
Mamlakatimizda oilani mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, har bir oilada sog‘lom
turmush tarzini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar zamirida ana shu vazifa –
farzandlarimizni oiladan barkamol ulg‘aytirishdek ezgu maqsad mujassam.Shu ma’noda, farzandini sog‘lom
va barkamol etib voyaga yetkazish har bir ota-onaning nafaqat o‘z oilasi, balki Vatani oldidagi burchidir. Zero,
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat
barqarordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |