“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
22
вазифаларни бажариш эса, шубҳасиз, ёшларимизни соғлом ва баркамол авлод бўлиб вояга етишларида,
пировардида Ватанимиз мустақиллигини мустаҳкамлаш ҳамда жаҳонда унинг обрўсини янада
юксалтиришга хизмат қилади.
Адабиётлар:
1. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикасини янада
ривожлантириш бўйича “Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги 2017 йил 7-февралдаги фармони. Т.,
Халқ сўзи газетаси 2017 йил 8 февралдаги 28 (6722)-сони.
2. Ш.Мирзиёев. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз., Т.,
Ўзбекистон., НМИУ.,2017 й.
3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 20 апрелдаги “Олий таълим тизимини
янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 2909-сонли қарори.
4. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 3 июндаги “Жисмоний тарбия ва оммавий
спортни янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 3031-сонли қарори.
5. “Аёлларнинг фан ва спортдаги ўрни ” Илмий амалий анжуман. Илмий тезислар тўплами. 2007
йил апрел .
6. Ўзбекистон хотин-қизлар Қўмитаси фаолиятини қўллаб қувватлаш борасидаги қўшимча чора-
тадбирлар тўғрисида”ги PF 3434 сонл Ўзбекистон Республикаси Президенти 2004 йил 25 майдаги
фармони, Вазирлар Маҳкамасининг 299-сонли қарори.
QISHLOQ JOYLARIDA AYOLLARNNI SPORTGA YO’NALTIRISHNING AYRIM ILMIY-
PEDAGOGIK MUAMMOLARI
Xodjayev B. Q., p.f.n., dotsent, Muhammadova M. T., talaba,
Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh.
Bugungi kunda sport ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyyot, ma’naviy-madaniy hayotning muhim tarkibiy
qismiga aylanib bormoqda. Zero, millatni elatga tez tanitadigan jismoniy-ma’rifiy hodisa. Shu bois 2017-2021
yillarda mo’ljallangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi”ning
“Ijtimoiy sohani rivojlantirish”ga yo’naltirilgan to’rtinchi ustuvor yo’nalishida ta’lim ilm-fan, tarbiya,
adabiyot, san’at va sport sohalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. Mazkur
masalalarni amaliy jihatlarini hayotga tadbiq etish uchun 3-iyun 2017-yilda O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarori qabul qilinib, unda “Mamlakatimizning barcha hududlarida sportning inson va oila
hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog’lomlikning asosi ekanini targ’ib-tashfiq qilish,
hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularning o’z qobilyatlari va
iste’dodlarini ro’yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni
saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar
turganligi” ta’kidlangan edi”. (2)
Bu muammoni qishloq joylarida jismoniy tarbiya va sport tizimi negizida qarab chiqadigan bo’lsak, uni
doimiy ravishda isloh qilish, muntazam amalga oshirishigina samara berishi mumkin. Chunonchi, Prezident
Sh. M. Mirziyoyev ta’biri bilan ta’kidlaganda “Hayotning o’zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy
yechimini topish lozim bo’lgan ya’ni va yanada murakkab vazifalarni qo’ymoqda”.(1) Bu esa qishloq joylarida
ayollar sportini tashkil etish, uni yanada takomillashtirish va mukamallashtirib borish, ilmiy asoslangan taklif
va tavsiyalar ishlab chiqish muammosini zaruriyat qilib qo’ymoqda.
Buning uchun qishloq hududlarida yashaydigan oilalardagi qizlarni sport va jismoniy tarbiya
mashg’ulotlariga keng jalb qilish, oilada qizlar va ayollar uchun jismoniy mashqlar, chiniqish harakatlarini
tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa ayollarning oila va jamiyatdagi o’rni va nufuzini oshirishga
e’tibor qaratish qizlar va ayollarning jismoniy mashqlar yig’indisini ishlab chiqish talab etiladi. Oilada qizlarni
sportga jalb qilishning dastlabki omili, ularni oiladagi sport rejimini aniq tuzishdir. U o’z mazmuniga bir
sutkada dam olish, o’qish, jismoniy mehnat qilish, uxlash, ovqatlanish, jamiyat ishi bilan turli topshiriqlarni
bajarishda fiziologik va gigiyenik jihatdan tartibni o’zida qamrab oladi. U oilaviy, ijtimoiy hayotni tartibga
soladi, faoliyatni rejali bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi, mashg’ulot va dam olishni to’g’ri tartibga
soladi. Biz quyida tadqiqotimiz mazmunidan kelib chiqib ayollarni sportga tayyorlashga ko’maklashuvchi
rejimni misol tariqasida keltiramiz. Jadval 1.
Jadval 1.
Ayollarning oila va ijtimoiy hayot rejimi.
№ Faoliyat mazmuni
Vaqtlar
1.
2.
3.
4.
Ertalabki uyqudan turish.
Yuvinish va badantarbiyaga tayyorlanish.
Badantarbiya mashqlari va yuvinish.
Ertalabki nonushta.
6-00
6-30
6:30-7:00
7:00-7:30
Do'stlaringiz bilan baham: |