Бухоро давлат университети жисмоний маданият факультети


O’QUVCHI-QIZLARNI SPORTGA TANLASH VA TARBIYALASH MASALALARI



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/374
Sana19.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#459411
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   374
Bog'liq
“Xotin – qizlar sporti imkoniyatlar va istiqbollar”

O’QUVCHI-QIZLARNI SPORTGA TANLASH VA TARBIYALASH MASALALARI 
Ibragimov A.K.,
katta o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh. 
O’zbek xotin-qizlarida jahondagi barcha xalqlar kabi insoniy fazilatlar, tug’ma jismoniy qobiliyatlar 
mavjud. 
Milliy ma’naviyatimiz va xususiyatlarimiz xotin-qizlarning ijtimoiy turmush, madaniyat, mehnat va 
davlat hamda nodavlat idoralarida samarali mehnat qilishlariga yordam bermoqda. 
Xotin-qizlar har tomonlama erkaklardan kam bo’lmagan va jasorat, jangu-maydon, tabiiy talofatlarda 
ham ular bilan yonma-yon turib fidokorlik ko’rsatishgan. Bu xususiyatlarni tarixiy shaxs To’maris (eradan 
oldingi VII-V asr) va afsonaviy qahramon Barchinoy (“Alpomish” dostoni, ming yillar avval) timsolida eslash 
mumkin. 
O’tmishda va mustaqillik davrida (1991-2014) mahalliy millat xotin-qizlarining urush (1941-1945), dala 
ishlari (paxta, chorva, texnika) va zavod-fabrikalardagi tinimsiz mehnatlari xotiradan o’chgani yo’q. Istiqlol 
davrida sanoat, fermer xo’jaligi, savdo-tijorat kabi zamonaviy tadbirkorlik ishlarida faol mehnat qilayotgan 
ayollarimiz ko’p. 
Tibbiyot, ta’lim-tarbiya, san’at, madaniyat va boshqa eng muhim sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan 
xotin-qizlar erkaklarga nisbatan ko’proq va samarali mehnatlari bilan ustunroq, deyilsa mubolag’a bo’lmaydi. 
Bularning barchasi eng avvalo istiqlol tufaylidir. Qolaversa xotin-qizlarning ma’naviy va jismoniy 
barkamolligi erkaklarning amaliy hamda hayotiy faoliyatlari bilan chambarchas bog’liqdir. Shu kabi 
erkaklarga xos bo’lgan amaliy faoliyatlar sport olamida xotin-qizlarda ham yuzaga chiqmoqda, mavjud 70 dan 
ortiq sport turlarining 70 % da xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda.


“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР” 
106 
Prezident I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligi tufayli Bolalar sportini rivojlantirish 
jamg’armasining tuzilishi va faoliyat ko’rsatishi (2002-2014) hamda Respublika hukumatining qator qarorlari 
(1996, 1998, 1999, 2003, 2010 va hokazo) tufayli mamlakatimizning barcha hududlarida iqtidorli qiz bolalarni 
tanlash, ularni sportga jalb etib, mahoratlarini tarbiyalash tez va maqsadli olib borilmoqda.
Biz taxsil olayotgan Jizzax Davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakul’tetida 2013-2014 
o’quv yilida 22 ta qizlar birinchi bosqichda taxsil olmoqda. Bu ham mamlakatimizda jismoniy madaniyat 
sohasiga kadrlar tayyorlab berishga e’tiborning namunasidir. Talaba qizlar mashg’ulotlardan keyin sportning 
10 dan ortiq turida to’garaklariga qatnashib bormoqda. Bizning fakultetimizda tahsil olayotgan “Zulfiya” 
nomidagi davlat mukofotining sovrindori Abduraxmonova Iroda 2010 yil, jismoniy madaniyat fakulteti 
talabasi Xalqaro toifadagi sport ustasi “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotining sovrindori Matmurodova Iroda, 
shuningdek shaxrimizdagi Transport aloqa kolleji 3- bosqich talabasi Yoqutxon Holbekova Sportning yengil 
atletikaning o’rta masofaga yugurish turi (800 m, 1500m) bo’yicha Osiyo rekordini yangilab 2 ta oltin medal 
sovrindori bo’ldi. Shuningdek Respublikamiz, viloyatimiz xotin-qizlari Xalqaro sport musobaqalarida, ayniqsa 
Osiyo qit’asida o’tkazib kelinayotgan barcha musobaqalarda ishtirok etib, medallar shodasini yig’ib 
kelayotgan mahalliy millat qizlari misolida ko’rish mumkin. 
Dunyo sport tajribalari O’zbekiston sport harakatiga keng va chuqur singib bormoqda. Og’ir atletika 
(shtanga), futbol, kurash, sharqona yakka kurashlar turlarida yurtimiz qizlarining kuch sinashishi mo’jizaga 
o’xshasada, aslida xotin-qizlarning iqtidorlik salohiyati, erkaklardan kam bo’lmagan xususiyatlari har 
tomonlama sezilib turadi. Bularning ba’zi birlarini parashyutda sakrash, avto-moto poygalarida ishtirok etish, 
otlarni g’ovlardan sakratish, poyga kabi eng murakkab va mahorat hamda matonat ko’rsatishni talab etuvchi 
sport turlarida ham ko’rish mumkin. 
Xotin-qizlar ham erkaklar kabi har qanday mehnat va jasoratlarga qodir ekanligini hayotning o’zi isbot 
etmoqda. Bular mulohazamizning boshlanishiga doir bir tomonlama izoh va sharh hisoblanadi.
Mahalliy millat qizlarining sportga xos xususiyatlari va iste’dodlarini qachon, qaysi yo’l bilan izlash, 
ularni topish (aniqlash) va tanlash, eng muhimi esa tarbiyalash yo’llarini bilish muammosi mavjud ekanligini 
e’tirof etishga to’g’ri keladi.
Katta sport bilan shug’ullanuvchi xotin-qizlarga havas uyg’onishi, o’qituvchilar, murabbiylarning 
da’vati, teleko’rsatuvlar, “Sport”, “Turon”, “O’zbekiston futboli” va boshqa nufuzli gazetalardagi xabarlar, 
g’olib sportchi qizlarning rasmlari, Xalqaro sport musobaqalari g’oliblari va ishtirokchilarini tantanali kutib 
olinishi va shu kabi tadbir-marosimlarni ko’rib, sport bilan shug’ullanishga havas qilgan qizlarning ko’payib 
borishi e’tiborga molikdir. 
Turmushda nimalar bo’lmaydi. Ba’zi bir iqtidorli qizlar qalbidagi kutgan orzu-istaklariga erishaolmasa 
(o’qish, turmush qurish, biron foydali mehnat va hokazo) o’zining “kimligi” yoki “kuch-qudratini” bildirish 
maqsadida u yoki bu kasbga (san’at, sport va hokazo) intilish yo’li bilan yangidan o’zini namoyish qiladi. 
Shundaylar orasidan taniqli qo’shiqchi, raqschi, fermer xo’jaligi rahbari, savdo-tijoratchi hamda iqtidorli 
sportchilarning yetishib chiqayotganligi sir emas. 
Mazkur xususiyatlar mahalliy millat xotin-qizlarida kengayib va rivojlanib bormoqda. Shu asosda 
avvalo oila, bog’cha va maktablarda iqtidorli qizlarning xususiyatlariga ko’proq e’tibor berish lozim. Sportga 
qiziquvchi va iqtidorga ega bo’lgan qizlarga ko’maklashish, ularni BO’SMda tarbiyalash maqsadga 
muvofiqdir. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish