muomalalari kompyuter dasturida alohida ro'yxatga olinadi. Mazkur kompyuter dasturlari o'tgan hisobot davrlaridagi xo'jalik muomalalari asosida strategik rejalar tuzish imkonini beradi. Integrasiyalashgan hisob tizimida kompyuter dasturlaridan foydalanishning afzalligi shundaki, unda oldingi davrlar uchun tuzilgan byudjetlarga avtomatik ravishda tuzatishlar kiritish imkoniyati mavjud. Moliyaviy reja (byudjet)ga kiritilgan xo'jalik muomalalari bo'yicha dastlabki va yig'ma hujjatlar tayyorlanadi. Ushbu kompyuter dasturining yakuniy qismida moddiy va pul mablag'larining rejalashtirilayotgan davr oxiriga bo'lgan qoldiqlari aniqlanadi. Shunday qilib, savdo va sanoat korxonalari boshqaruv hisobini integrasiyalashgan tizim bo'yicha tashkil etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish korxona hisob tizimida tegishli byudjetlarning to'g'ri tuzilganligi, to'lovlarning o'z vaqtida amalga oshirilganligi ustidan samarali nazorat o'rnatish imkonini beradi
Mavzu bo'yicha tayanch so'z va iboralar. Boshqaruv xisobini tashkil etishning avtonom va integrasiyalashgan variantlari, boshqaruv va moliyaviy xisob schyotlar rejalarida xo'jalik muomalalarini qayd qilish tizimi,sanoat va savdo korxonalarida integrasiyalashgan usulni qo'llash xususiyatlari. Mavzu bo'yicha o'z-o'zini nazorat va muxokama qilish uchun savollar. 1. Boshqaruv hisobini tashkil etishning avtonom va integrasiyalashgan tizimlari nima?