Jazoirning fransuzzabon adabiyoti
Jazoirning fransuz tilidagi adabiyoti taraqqiyotida roman yetakchi mavqeni ishg‘ol etadi.
Odatda, bu janrni 50-yillarning boshlarida paydo bo‘lgan, deb hisoblashadi. Bu davrda Mulud
Feraun, Mulud Mammeri, Muhammad Dibning asarlari birin-ketin bosilib chiqa boshlagan,
so‘ngroq bu mualliflar qatoriga Kateb Yasin, Malik Haddod, Osiyo Jobir, Murod Burbunlar
qo‘shildilar.
XX asrning 50-yillarida nashr etilgan maishiy romanlar aniq maqsad sari yo‘naltirilgan
edi. Nafaqat Jazoir yozuvchilari, balki tunislik Alber Memmi, marokashlik Dris Shraybi
qalamiga oid bu asarlarda kolonial adabiyot ijodkorlari hafsala bilan xaspo‘shlashga harakat
qilgan Shimoliy Afrika voqeligi haqiqiy tarzda aks ettirildi, «madaniyatli odamning» Afrikadagi
ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan «missiya»si fosh etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |