149
uchun juda ko‘p pesalar yozadi, she’rlar va novellalar e’lon qiladi, 70-yillardan boshlab esa
Benxaduga muvaffaqiyat bilan romannavis yozuvchi sifatida tanila boshlaydi.
Benxaduganing adabiy merosi ulkan va rang-barangdir. Yuqorida nomi tilga olingan
esselar to‘plamidan tashqari 1964 yilda nashrdan chiqqan «Erkin ko‘ngillar» she’rlar devoni,
«Jazoir soyalari» (1965), «Yetti nur» (1962), «Yozuvchi» va boshqa hikoyalar» (1974)
to‘plamlari hamda 4 roman: «Janub shamoli» (1971), «Kechagi kun intihosi» (1975), «Ko‘zning
ochilishi» (1980), «Jaziya va darvishlar» (1983) uning qalamiga mansub. Bulardan tashqari
Benxaduga Jazoir, Tunis, Livan, boshqa arab mamlakatlari gazeta, jurnallarida chop etilgan,
lekin to‘plamlarga kirmay qolgan qator hikoya va she’rlar hamda 1957-1974 yillar orasida radio
va televidenie uchun yozilgan 200 dan ortiq pesa muallifidir.
Benxaduganing barcha asarlari adabiy arab tilida yozilgan, ularning tili sodda, oddiy
savodxon o‘quvchiga tushunarli. Bundan radiopesalarigina mustasno bo‘lib, ularda Jazoir
so‘zlashuv tilidan keng miqyosda foydalanilgan.
Benxaduga
Jazoirdagi
arabiyzabon
adabiyotning
deyarli
barcha
janrlarining
shakllanishiga juda katta xizmat qilgan bo‘lsa ham, unga eng ko‘p shuhrat keltirgan asarlari
romanlar bo‘ldi. Uning birinchi romani – “Janub shamoli”yoq adabiy hayotda o‘ziga xos shov-
shuvga sabab bo‘ldi. Bundan oldin romanchilikda faqat fransuz tilida yozadigan adiblar asarlari
yakka hokim bo‘lgani ham bunga sabab bo‘lgan edi.
Benxaduga romanining muvaffaqiyati, eng avvalo, asarning ana shu davr uchun dolzarb
mavzuda yozilgani, Jazoir o‘quvchilari ehtiyojlariga mosligida edi. Romanda mustaqillikni
qo‘lga kiritgandan so‘ng mamlakat hayotida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar yorqin va tushunarli
tarzda aks ettirilgan edi. Bu davrda Jazoirda amalga oshirilgan ilg‘or ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlar, birinchi navbatda agrar islohot mamlakatdagi aholi qatlamlari, siyosiy kuchlarning
keskin tabaqalanishiga olib keldi. Yirik yer egalari, shahar burjuaziyasi o‘z mulkini,
imtiyozlarini qo‘ldan ketkazmaslik uchun hukumat tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarga
qarshilik ko‘rsatar edi. Reaksionerlar agrar siyosatni amalga oshirishga jon – jahdi
bilan qarshilik
qilib, iqtisodiy sabotaj uyushtirar, ayrim joylarda esa, o‘sha davrdagi prezident Xuari Bumiden
siyosatiga qarshi ochiqdan – ochiq chiqishlar uyushtirdilar. Ana shunday bir sharoitda agrar
islohot arafasida Jazoir qishlog‘ida davom etgan sinfiy kurashni o‘zida aks ettiruvchi «Janubiy
shamol» romani vaqtida yozilgan asar edi. Yozuvchi o‘z asarida bu kurash ishtirokchilarining
juda jonli, ishonarli obrazlarini yaratishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Roman voqealari taxminan 60-yillarning o‘rtalarida bir qishloqda bo‘lib o‘tadi. Asarning
bosh qahramoni – Malik, bo‘lis munisipaliteti meri, o‘tmishda milliy-ozodlik harakatining faol
qatnashchisi. Sobiq zamindor Abid Belkadi esa, uning aksi, u qanday bo‘lmasin o‘z obro‘yi va
boyligini saqlab qolishga tirishadi. Malik Belkadining yerlarini tortib olishi kerak. Belkadi esa,
bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun Malikni o‘ziga kuyov qilib olishni, shahardan ta’tilga kelgan toliba
qizi Nafisani unga uzatishni mo‘ljallaydi. Shahar hayotiga ko‘nikib qolgan bu erkatoy qiz
qishloq hayotini yoqtirmaydi. Nafisa Malikka juda-juda yoqadi, u qallig‘i – Belkadining katta
qizi milliy ozodlik janglarida halok bo‘lgan Zulayxoga o‘xshab ketadi. Ammo Malik
Belkadining niyati samimiyligiga ishonmaydi, o‘z tuyg‘ularini oshkor etmaydi. Malikning bosh
maqsadi – xalq manfaati, o‘z hayotini bag‘ishlagan inqilob g‘alabasi. «Yo‘q, toki yer yuzida
qo‘lini begunohlar qoni bilan bo‘yagan suyak-suyagigacha reaksion shaxslar bor ekan, inqilob
tugamaydi», - xitob qiladi u Belkadi va unga o‘xshashlarni nazarda tutib.
Jazoir tanqidchilari romanni yaxshi kutib oldilar, uni «realistik, jangovar adabiyotga
bo‘lgan ehtiyojni qondiradigan asar», deb baholadilar. O‘z vaqtida Muhammad Dibning «Katta
uy», «Yong‘in» romanlari milliy-ozodlik inqilobi darakchisi bo‘lganidek, «Janubiy shamol»
romani ham agrar islohotlarning darakchisi bo‘ldi.
«Janubiy shamol» xorijda ham ijobiy baholandi. Fransiya jurnallaridan birida romanga
bag‘ishlangan taqrizda Benxaduga Jazoir qishlog‘idagi deyarli noma’lum dunyoni tasvirlar ekan,
«eski an’analar qolipidan ham soxta inqilobiy adabiyot uslubidan ham qochishga muvaffaq
bo‘lgan», - deb qayd etilgan edi. Taqrizda yozuvchi tayyor yechimlarni taqdim etmaydi, balki
masalani qo‘yadi va bu chinakam muhim masalalardir»,- deb ta’kidlagan edi. Taqrizchi asar tili
150
haqida hayrat bilan yozgan, uni «sodda, ko‘p hollarda so‘zlashuv tiliga yaqin poetik arab tili», -
deb ham atagandi.
«Janubiy shamol» romani Jazoirda to‘rt marta qayta nashr etildi, uning oxirgi nashri 1980
yilga to‘g‘ri keladi. Roman 1975 yilda Jazoirda fransuzcha tarjimada bosilib chiqdi. Keyinroq
asar ispan tiliga ham tarjima qilindi.
Benxaduga «Janub shamoli»dan keyin «Kechagi kun intihosi» romanini nashr ettirdi. Bu
roman voqealari 1954-1962 yillardagi milliy – ozodlik urushi tugagandan keyin chekka bir
qishloqda ro‘y beradi. Urush oqibatida xarob bo‘lgan qishloqqa fallohlarga yangi hayot qurishda
ko‘maklashish uchun shaharlik o‘qituvchi keladi. U qiyinchiliklardan qo‘rqib shaharga qochib
ketgan salaflaridan farqli o‘laroq shu qishloqda qoladi. Bu roman ham «Janubiy shamol» singari
yaxshi yozilganiga, unda muhim ijtimoiy muammolar ko‘tarib chiqilganiga qaramay uningchalik
muvaffaqiyat qozonmadi. Buning sababi roman bosilib chiqqunga qadar Jazoirda qishloq
muammolariga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar nashr etilganida bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsa
ham «Kechagi kun intihosi» asari
ikki bor bosildi, fransuz va golland tillariga tarjima qilindi.
«Kechagi kun intihosi» romanidan so‘ng Benxaduga «qishloq yozuvchisi» sifatida
tanilganday bo‘ldi, ammo 1980 yilda u «Ko‘zning ochilishi» asarini e’lon qilib, jazoirlik bir
tanqidchi aytishicha, o‘z o‘quvchilariga mamlakat poytaxti, uning minglarcha muammolariga
bag‘ishlangan roman taqdim etib hammani hayratda qoldirdi.
Roman voqealari mamlakat poytaxti Al-Jazoirda 1976 yil bahorida butun mamlakat
bo‘ylab ommaviy yig‘inlarda Milliy Xartiya loyihasi bo‘yicha qizg‘in bahslar davom etayotgan
paytda bo‘lib o‘tadi. Milliy Xartiya Jazoir inqilobining muhim hujjati bo‘lib, mamlakatning
nokapitalistik taraqqiyot yo‘lini belgilagan, keyinchalik Respublika Konstitutsiyasiga asos qilib
olingan edi.
Asar markazida vazirlikning yuqori martabali xodimi shayx Alausning ko‘p sonli oilasi
hayoti turadi. Oila a’zolari turli-tuman siyosiy dunyoqarash sohibi – biri o‘ta konservator bo‘lsa,
boshqasi inqilobiy demokrat. Bu jihatdan Jazoir tanqidchilari yozganidek, «asar alohida bir oila
mikrostrukturasi timsolida Jazoirning ijtimoiy mikrostrukturasini o‘zida aks ettiradi».
Roman an’anaviy bayonchilik uslubida yozilgan. Voqealar xronologik ketma-ketlikda
davom etadi, shiddatli tus olib boradi. O‘quvchi qiziqish bilan shayx oilasidagi ichki ziddiyatni
kuzatib boradi. Bu ziddiyat sekin-asta xonadonning yosh a’zolari tomonidan zolim ota va uning
tarafini olgan katta akasi Umarga qarshi qaratilgan ochiq isyonga aylanadi.
Yozuvchi Alaus oilasi hayotini tasvirlash orqali o‘quvchini hozirgi zamon Jazoir
jamiyatining qaynab turgan qatlamlari ichiga olib kiradi, mazkur taraqqiyot bosqichidagi burilish
nuqtasi notinchliklarini ko‘rsatadi, jamiyatni bir-biriga zid ikki qutbga bir tomonda eski, chirik
urf-odatlar tarafdori va boshqa tomonda yangi, dunyoviy, chin demokratik Jazoir uchun kurash
olib borayotganlar lagerlariga bo‘lib tashlagan qizg‘in ijtimoiy kurashni tasvirlaydi.
Roman o‘quvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Tanqidchilar fikricha, umumiy
ravishda adib an’anaviy uslubga sodiq qolgan bo‘lsa ham, ammo bu kitobda uning uslub
sohasidagi izlanishlari o‘z ifodasini topgan.
Hozir Benxaduga ijodining gullagan davri. Yozuvchi hali o‘zining qahramon vatani
Jazoirga munosib chinakam yirik badiiy asarlar yaratishiga umid bog‘lash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: