50
atrofida bo’ladi. 4000 m dan balandda qish oylarida qor yog’adi. Tog’larning asosiy
qismiga va baland tog’ massivlarining g’arbiy yon bag’irlariga yog’inni Atlantika
okeanidan esuvchi janubi-g’arbiy va g’arbiy nam musson shamollari olib keladi.
Efiopiya tog’ligidan ko’plab ostonali, sharsharali sersuv daryolar boshlanadi va
chuqur vodiylar hosil qilib oqadi. Tog’likning shimoliy qismidan Ko’k Nil, Atbara,
Takkaze, Avash daryolari, janubiy qismidan Sobat, Omo, Juba, Vabi-Shabali
daryolari boshlanadi. Bulardan Omo daryosi Rudolf ko’liga va Juba daryosi Hind
okeaniga quyiladi. Quruq iqlimli Somali yarim orolida, Qizil dengiz sohilida va Afar
botig’ida doimiy oqib turadigan daryolar umuman uchramaydi. Lekin, yomg’irdan
keyin vaqtincha suv oqadigan quruq o’zanlar juda ko’p. Shuning uchun bu
hududlarda o’troq holda yashaydigan aholi juda kam uchraydi. O’lkaning cho’l va
baland tog’ hududlaridan boshqa hamma qismida issiq va nam iqlim sharoitida
vulkanik jinslarning yemirilishi natijasida hosil bo’lgan qizil rangli tuproqlar keng
tarqalgan. Efiopiya tog’ligida asosan tog’-qizil
va tog’-qo’ng’ir-qizil tuproqlar
ko’pchilikni tashkil etadi. Uning orasida ba’zi joylarda tog’
-
laterit tuproqlari ham
uchraydi. Tog’ning g’arbiy qismida va Somali platosida lateritlashgan jigar rang-
qizil tuproqlar, sharqiy cho’l qismida qizg’ish-qo’ng’ir tuproqlar yaxshi rivojlangan.
Sho’r ko’llar atrofida sho’r va sho’rhok tuproqlar hosil bo’lgan.
Efiopiya tog’ligida iqlim singari o’simlik qoplami ham aniq
ifodalangan
balandlik mintaqalar hosil qilib joylashgan. Tog’likning quyi yonbag’irlari, janubiy
qismi va daryo vodiylari doimiy yashil va bargini to’kadigan qalin tropik o’rmonlar
bilan qoplangan. O’rmonlarda nam tropiklar uchun xarakterli bo’lgan xilma-xil
palmalar, yovvoyi bananlar, kauchukli lianalar, epifitlar va boshqa tur o’simliklar
uchraydi. 1700-1800 m dan yuqorida igna barglilardan baland tanali kedrlar, tisa
daraxtlari hukmronlik qiladi. Efiopiya daraxtsimon sutlamadoshlari, qora archalar,
soyabonsimon akasiyalar mintaqa hududida yaxshi saqlangan,
ba’zi joylarda tipik
boshoqli savannalarga xos o’simliklar uchraydi. Efiopiya tog’ligining bu hududlari
kofe daraxtining vatani hisoblanadi. Bu hudud dehqonchiliq madaniyatining eng
qadimiy markazlaridan biri hisoblanadi. 2400 m dan yuqoridagi sovuq mintaqada
o’simlik ko’pincha baland tog’ tropik dashtlariga xos bo’lgan turli xil o’tlardan
tarkib topgan va ulardan yaylov sifatida keng foydalaniladi. Vohalarda xurmo va
kokos palmalari o’sadi.
Efiopiya-Somali o’lkasining hayvonot
olami turli xil va aralash xarakterga ega.
Bu o’lkaning fauna kompleksi o’rmonlarga, savannalarga va cho’llarga xos hayvon
turlaridan tarkib topgan. Efiopiya tog’ligining quyi mintaqa o’rmonlarida fillar,
karkidonlar, begemotlar yashaydi. Mo’tadil mintaqa o’rmonlarida maymunlarning
bir necha turlari - gamadrilla, gveres, yashil martishka, endemik geladlar keng
tarqalgan. Somali savannalarida va Afar botig’i cho’llarida o’txo’r sut
emizuvchilardan antilopalar, zebralar, qo’toslar, jirafalar ko’pchilikni tashkil etadi.
Tog’likning baland rayonlarida tog’ echkilari uchraydi. Yirtqich hayvonlardan
arslon, qoplon, sirtlon va chiyabo’rilar, daryolarda gippopotom va timsohlar
yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: