Mo’’tadil mintaqa Geografik qobiqning eng katta zonal bo’linishlaridan biri. Yerning
40° va 65° shimoliy kengliklari bilan 42° va 58° janubiy kengliklari
orasida joylashgan geografik mintaqalar.
Mo’tadil iqlim Mo’’tadil mintaqalar iqlimi. Mo’’tadil mintaqalarda Quyosh hech
qachon qoq tepaga kelmaydi va uning ufqdan balandligi katta farq
qiladi.
Monitoring tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza
qilish maqsadida ma’lum bir hududning holatini nazorat qilish,
kuzatish tizimi.
Morfostruktura Yerning ham tashqi, ham ichki kuchlari ta’sirida vujudga keladigan
va rivojlanadigan relyef shakli.
Musson (frants. moussons; arab, mavsum — yil fasllari) — Yer yuzasida va
troposferaning quyi qismida doimo bir tomonga esadigan va faqat yil
fasllarining almashinishi birngina o’z yo’nalishini qarama-qarshi
tomonga o’zgartiradigan havo oqimi.
Mutloq namlik 1 m
3
havodagi suv bug’i miqdori. O’lchov birligi g/m
3
, ya’ni 1 m
3
havoda necha gramm suv bug’i borligi bilan belgilanadi.
Mаgnit ekvаtоri mаgnitli strеlkа gоrizоntаl hоlаtdа turаdigаn chiziq. Mаgnit mеridiаni mаgnit strеlkаsi jоylаshgаn kаttа аylаnа yuzа.
Mаgnit qutblаri mаgnit strеlkаsi tik hоlаtdа turаdigаn jоylаr.
Mаgnit оg’ishi mаgnit mеridiаni bilаn gеоgrаfik mеridiаn оrаsidаgi burchаk.
Mаgnitоsfеrа Yerning eng tаshqаrisidаgi vа eng qаlin qоbig’i bo’lib, Yer аtrоfidаgi
fаzоning bir qismi.
Mеridiаnlаr qutblаrni tutаshtiruvchi yarim аylаnа chiziqlаr
Namlik defisiti -(etishmasligi) - nisbiy namlik bilan suv bug’larining faktik
elastikligi orasidagi farq (ayirma ) .
Nisbiy balandlik Yer yuzasidagi ikki nuqta orasidagi tik balandlik Mas., tog’ cho’qqisi
bilan vodiy tagi orasidagi tik balandlik, yoki daryo ikki qirg’og’ining
bir-biridan balandligi va b.
Nisbiy namlik havoda ma’lum vaqtda suv bug’lari miqdorining to’yinishiga nisbati,
ya’ni to’yingan daqiqada unda bo’lishi mumkin bo’lgan suv
bug’larining miqdori.
Nurash Tog’ jinslarining havo, suv, muz haroratining o’zgarib turishi,
organizmlar ta’sirida parchalanib uvoqlashishi hamda kimyoviy
tarkibining o’zgarishi jarayoni.
O’rmon dasht Мo’’tadil va subtropik mintaqalarda joylashgan tabiat zonalari. Bu
zonalar tabiiy landshaftida o’rmonlar bilan dashtlar almashinib
keladi. Mo’tadil mintaqalarda materiklar ichki qismida keng
maydonlarni egallagan.
O’rmon tundra Shimoliy yarim sharning subarktika mintaqasidagi tabiiy zona,
janubda mo’’tadil mintaqaning o’rmon zonasi bilan shimoldagi
tundra zonasi orasida joylashgan.