203
Rimliklar dunyoning boshqa qismidagi odamlarga qaraganda boshqa
odamlarni o‘ldirishda omadliroq va ta’sirliroq bo‘lishgan. Ular Italiya tizimida
qo‘lga kiritgan, armiyasi uchun kata mehnat omborini hosil qilgan hamjamiyat
tashkilotining bir mustahkam harbiy kuchini tashkil etdilar. Bu rivojlanish mil.
avv. 340-335-yillar oralig’ida o‘zining ittifoqchisi Lotin shahar-davlatiga qarshi
muvaffaqiyatli yurishi davrida
boshlangan
70
.
Konsullar sensor tomonidan tuzib berilgan ro‘yxatga muvofiq xalq majlisi
oldindan belgilangan kuni askar to‘planga. Har bir legion og’ir qurol-yarog’lar
bilan qurollangan 3000 askar va yengil qurolli 1200 askardan tashkil topgan.
Legionga ittifoqchilarning otryadlari ( 5000 piyoda va 900 suvoriy ) ham
qo‘shilgan. Legion tarkibiga otliq askarlar ham kiritilgan. Ular ko‘proq oti bor boy
kishilardan tashkil etilgan. Legion xiyla mayda qo‘shilmalardan iborat 30 ta
manipulaga ajratilgan. O‘z navbatida har bir manipula 60 va 30 kishidan iborat
ikkita senturiyaga ajratilgan. Legionning manipulalarga bo‘linishi natijasida vu
ixcham qo‘shilmalar chaqqon harakat qilgan, ayniqasa tog’larni , past-
balandliklarni uncha qiynalmay oshib o‘tgan. Legion qat’iy o‘rnatilgan tartibda
saf tortgan Eng oldingi jangovor qatorni yengil qurolli 1200 ta yosh jangchi (
nayzabardorlar ) band qilgan. Ikkinchi jangovor qatorni og’ir qurolli, sal kattaroq
yoshdagi 1200 jangchi tashkil qilgan. Ular prinsepslar (princeps- “ birinchilar”
yoki “ asosiylar”) deb atalgan. Ulardan nariroqda yana ( og’ir qurolli, ammo xiyla
tajriba
orttirgan, janglarda chiniqqan va sinalgan) 600 ta triariy saf tortgan.
Jangni odatda har bir senturiga qo‘shib berilgan yengil qurolli
kamalakbozlar, nayzabardorlar otryadi boshlab bergan. So‘ngra gastatlar,
prinsepslar jangga kirgan va faqat xavfli holat yuz bergan taqdirdagina tiariylar
jang maydonida hozir bo‘lgan (rimliklarda “ish tiariylargacha borib yetdi” degan
gap bor) .
Og’ir qurolli jangchining taxta qalqoni bo‘lgan,
qalqonning yuzi surp,
buzoq terisi bilan o‘rab olingan, otilgan tosh va snaryadlardan saqlash uchun temir
tasmalar kavsharlangan. Jangchilar boshlariga dubulg’a kiygan, ko‘kraklariga mis
sipar bog’lagan, ba’zan savat kiygan, oyoqlariga esa ko‘n bo‘laklaridan
o‘raganlar. Kiyimga ko‘n ishlatish arzon tushgan va harakat uchun yengil bo‘lgan.
Legionerning hujum qurollari birmuncha mukammallashtirilgan bo‘lgan. U
sanchish va chopish uchun mustahkam shamshir, dushmanga uzoqdan otish uchun
og’ir va yengil nayzalar bilan qurollangan bo‘lgan. Eramizdan avvalgi II asr
oxirlarida legionerlarning asosiy quroli pilum
deb atalgan otadigan qurol, uchi
o‘tkir ingichka temir tayoq bo‘lgan. U dushmanning sovuti va qalqonini teshib
o‘tgan.
Legionlarga konsullar, legatlar ( konsullarning urushdagi yordamchilari )
va harbiy tribunlar qo‘mondonlik qilgan. Tribunlar otryad boshliqlarini urushda
ish ko‘rsatgan boshliqlardan tayinlagan, ular senturionlar deb atalgan.
Senturionlar yordamchilarini o‘zlari tanlab olganlar.
70
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.262.
204
Rimliklar eramizdan avvalgi III asrda ellinistik texnika bilan tanishib,
ulardan qamal qurollarini ishlatishni o‘rganib olganlar. Qo‘rg;onlarni qamal
qilganlarida ular manjaniqlardan, g’ildirakli qamal minoralari, o‘q-yoy va 45
burchak ostidagi g’o‘lalarni ham ishlatganlar.
Legionlar to‘xtab turgan paytlarda rimliklarning
qulay lager qura
bilganliklari harbiy san’atda faxrlansa arziydigan mahoratdir. Ularning lageri bir-
birini kesib o‘tgan ikki chiziq bilan bo‘lingan to‘rtburchak hosil qilgan. Bu
chiziqlar lagerning katta ko‘chalari bo‘lib, ko‘cha boshlariga darvozalar qurilgan.
Legion qo‘mondonining chodiri, qurbongoh va majlisgoh lagerning qoq
markazida bo‘lgan. Lager suv va oziq- ovqat bilan ta’min etiladigan katta
ko‘chalardan biriga parallel tarzda tribunlarning chodirlari va ulardan 100 fut
narida legionerlarning chodirlari joylashtirilgan. Xandaq, ko‘tarma va qoziq devor
bilan o‘rab olingan hamda soqchilar qo‘riqlab turadigan lager dushman hujumidan
yaxshi himoya qilingan va xavf-xatardan holi bemalol dam oladigan joy bo‘lgan.
Rimliklar puxta o‘ylab ishlanilgan rag’batlantirish tadbirlari
va jazo choralari
vositasi bilan legionerlar orasida qattiq intizom o‘rnatganlar. Konsul jangda ish
ko‘rsatgan jangchini askarlarlar orasida maqtab , faxriy nayza, oltin yoki kumush
bilakuzuk, bronza sovut bilan mukofotlangan. Rim fuqarosini o‘limdan qutqargan
jangchi eman bargidan yasalgan chambar bilan, qamal qilingan shahar devoriga
yoki dushman kemasiga birinchi bo‘lib chiqqan va dushman lageriga birinchi
bo‘lib qadam qo‘ygan jangchi esa oltin chambar bilan mukofotlangan. Ammo yer
uchastkasi legionerlar orzu qilgan eng zo‘r mukofot bo‘lgan.
Harbiy boshliqlar aybli ish qilib qo‘ygan
jangchini jazolashga haqli
bo‘lganlar. Jangda qurolini yo‘qotib qo‘ygan jangchini tribunlar kengashi hatto
o‘lim jazosiga ham hukm qilgan. Jang vaqtida chekingan yoki qo‘zg’olon qilgani
uchun qo‘mondonlar eski “ detsimatsiya” odatini qo‘llaganlar, ya’ni chek tashlab
har o‘n jangchidan birini qatl qilganlar.
Mayda ziroatchilar bilan to‘ldirilib turadigan Rim respublikasining
armiyasi intizomli va yaxshi qurollangan bo‘lgan. Bu armiya eramizdan avvalgi
III-II asrlarda ellinistik davlatlarning armiyalarini ham tor-mor keltirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: