208
avvalgi 281-yilda Rimning Tarentga qarshi ochiqdan – ochiq urushi boshlangan.
Tarentliklar yordam so‘rab Epir podshosi Pirrga murojaat qilganlar. Shuhratparast
va qallob Pirr g’oyat qobiliyatli sarkarda sifatida mashhur bo‘lgan. Ammo shu
bilan birga u no‘noq siyosatchi bo‘lgan. Pirr Tarentning taklifini bajonidil qabul
qilgan. Chunki bu taklif uning Apennin yarim orolida o‘z hukmronligini o‘rnatish
haqidagi shuhratparastlik orzusiga mos tushgan.
Eramizdan avvalgi 280-yilda Pirr o‘zining
zamonaviy ellinistik harbiy
texnika bilan qurollangan, tanlangan fessal otliq askarlari va Apennin yarim
orolida bungacha sira ko‘rilmagan jangchi fillar bilan ta’minlangan qo‘shini bilan
Italiyaga kirib kelgan. Gerakleya shahri yaqinidagi birinchi qonli jangda Pirr
g’alaba qilgan. U Kampaniya
va Samnium orqali yurib, Rim ostonasigacha borib
yetgan. Pirr shaharga hujum qilishga botina olmay sulh taklif qilgan, uning
taklifiga ko‘ra grek shaharlari mustaqil bo‘lib qolishi lozim bo‘lgan. Ammo Rim
senati greklarga qarshi kurash uchun Karfagen bilan
harbiy ittifoq tuzishga
tayyorgarlik ko‘rib bo‘lgan ekan. Buning ustiga tarent va boshqa grek
shaharlarining aholisi Pirrdan norozi ekanligi ham ma’lum bo‘lib qolgan. Shunga
ko‘ra senat Pirrning taklifini rad qilgan.
Eramizdan avvalgi 279-yilda 2 kunlik hal qiluvchi jang Auskul shahri yonida
bo‘lgan. Pirr yana Rim qo‘shinalrini tor-mor keltirga, lekin bu jangda u haddan
tashqari ko‘p jangchilarini yo‘qotib, “ Agar biz rimliklar ustidan yana bir marta
g’alaba qilsak, u holda tamomila halok bo‘lamiz”- deb qichqirib yuborgan ekan.
Auskul jangidan keyin Pirr rimliklar bilan yana jang qilishdan bo‘yin tovlab, xiyla
tez va osonlik bilan muvaffaqiyat qozonish niyatida Sitsiliyaga yo‘l olgan. Pirr
boshda , darhaqiqat, karfagenliklarni bir necha marta mag’lubiytatga uchratgan.
Ammo uning sitsiliyaliklarning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashishi va
Krfagenni
zabt qilib, o‘z monarxiyasining bir qismiga aylantirish rejasi uning
sitsiliyaliklar bilan aloqasi tamomila buzilishiga sabab bo‘lgan. Sitsiliyada
karfagenliklar armiyasi muvaffaqiyatli harakat qila boshlagan, eramizdan avvalgi
275-yilning bahorida Pirr italiy greklariga yordam ko‘rsatishni bahona qilib orolni
tashlab ketgan va yan Italiyaga borib tushgan. Samniumda Benevent shahri
yaqinida Pirr bilan rimliklarning qo‘shinlari o‘rtasida so‘nggi marta jang bo‘lgan.
Rim legionerlari fillarni o‘tli o‘qqa tutib , ularni qochishga majbur etgan. Fillar
o‘tdan qutilish payida Pirr askarlarini bosib , ezib orqaga qarab qochavergan. Pirr
tamomila mag’lubiyatga
uchragandan keyin, Italiyani tashlab , Gretsiyaga
jo‘nagan, u yerda eramizdan avvalgi 272-yilda Makedoniya taxti uchun kurash
boshlagan va Arg’os shahrining ko‘cha janglarida halok bo‘lgan.
Aleksandrning qisqa muddatli hukmronligidan keyin kamida besh asr
davomida yunon madaniyati g’arbdagi Rimdan sharqdagi Gangagacha butun yo‘l
bo‘ylab aks etdi
72
.
Eramizdan avvalgi 272-yili rimliklar Italiya
janubidagi mustaqillikning
so‘nggi tayanchi bo‘lmish Tarent shahrini avvalo qamal qilib , so‘ngra ishg’ol
qilganlar. Rimliklar Italiya janubida o‘z hukmronliklarini mustahkamlash
72
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.204.
209
maqsadida Brundiziy portini qurganlar. Unga harbiy yo‘l o‘tkazganlar va yo‘l
bo‘ylab bir necha koloniya qurganlar. Eramizdan avvalgi III asrning 60-yillariga
kelib, Rimning Italiyada olib borgan urushlari tugagan. Sizalpina Galliyasi
chegarasidagi Rubikon daryosidan tortib Messina bo‘g’ozigacha bo‘lgan yerlar,
xullas butun Italiya Rimga bo‘ysungan. Rim Tibr daryosi bo‘yidagi kichkina bir
jamoadan O‘rta dengizdagi qudratli bir davlatga aylangan.
Rim istilolarining muvaffaqiyatini ta’minlab
bergan sabablar Rim
armiyasining jang qobiliyati yuksak bo‘lganligidir. Rim jamoasining asosiy
qismini tashkil etgan qishloq aholisi yangi yer uchastkalariga ega bo‘lish niyatida
urushlarning g’alaba bilan tugashidan manfaatdor bo‘lgan. Muvaffaqiyatning
yana bir sababi Rim dushmanlarining zaif bo‘lganligidir. Rimga qarshi chiqqan
qabilalar, xalqlar va shaharlar iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan tarqoq bo‘lgan. Ular
bir paytning o‘zida birgalashib harakat qilmagan, ayrim-ayrim harakat qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: