8.4. Transportning har xil turlaridan samarali foydalanish sohalari
Transportning har xil turlaridan ko’proq samarali foydalanish sferalari
ularning texnik-iqtisodiy o’ziga xos xususiyatlari, tashish narxlari va mamlakat
hududi bo’ylab transport infratuzilmasining joylashishi bilan belgilanadi. Bu o’rinda
gap tashishlarning bir nechta variantlarining solishtirma samaradorligini hisoblash
asosida raqobat qiluvchi transport liniyalari tomonidan o’rnatiladigan sferalar
xususida boradi. Ba’zi bir hollarda esa alohida transport turlarining tabiiy
monopoliyasi mavjud bo’ladi, bunday sharoitlarda transportning qo’llanilish
soxasini aniqlash maxsus hisoblashlarni talab qilmaydi. Masalan, ommaviy
qithalararo tashishlar va mamlakatning orollar bilan bog’lanishini asosan dengiz
transporti amalga oshiradi. SHoshilinch va qimmatli yuklarni yetkazish, Shuningdek
yo’lovchilarni o’ta uzoq masofalarga tashishda ko’proq havo transportidan
foydalaniladi. Gaz quvurlari tarmoqlari va aksariyat hollarda neft quvurlari
tarmoqlari tabiiy monopolistlar bo’lib hisoblanadi. Quruqlikda yoqilg’i va
xomashyolarni ommaviy tashishlarni temir yo’l transporti bilan amalga oshirish
maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda, tashishlarni rejalashtirish va tashkil qilishda ko’pincha
yuklarni yetkazish va yo’lovchilarni tashishning raqobatlaShuvchi variantlari
orasidan tanlashga to’g’ri keladi. Batafsil solishtirma hisoblashlarni o’tkazish uchun
har doim ham imkoniyat bo’lavermasligi sababli, yuklarni tashishlar uchun transport
turlaridan
foydalanishning
oldindan
asoslangan
tiplashgan
sferalardan
foydalaniladi. Ular yuklarning turlari, tashishning mumkin bo’lgan sferalari,
bog’lanishlarning turlari va tashish shart-sharoitlari bo’yicha farqlanadi.
Odatda 100-200 km gacha tashish masofalarini shartli ravishda qisqa, 200 dan
800 km gacha o’rtacha, 800 dan 1500 km gacha uzoq va 1500 —2000 km dan oshiq
masofalarni o’ta uzoq masofalar deb atash qabul qilingan. Yuklarni tashishlar
bo’yicha masofalarning bu tasnifiga muvofiq transportning har xil turlaridan
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq foydalanishning quyidagi asosiy sferalari
tarkib topadi.
Temir yo’l transportidan o’rtacha va uzoq masofalarga, yuklarni
korrespondentsiyalaydigan yuk egalarida kirish-chiqish temir yo’llari bor bo’lganda
esa – qisqa masofalarga tashishlarda ham ko’proq samarali foydalaniladi.
Toshko’mir, temir rudasi, qora va rangli metallarning rudalari, yog’och materiallari,
kimyoviy va mineral o’g’itlar va boshqa ba’zi bir yuklarni o’ta uzoq masofalarga
tashishda temir yo’llar juda qo’l keladi. Ba’zi bir hollarda intermodal tashishlarda,
texnologik marshrutlar va barqaror yuk oqimlari bor bo’lganda temir yo’llar
yuklarni o’rta masofalarga yetkazib berishda ham, qisqa masofalarga yetkazib
berishda ham raqobat qila oladi.
Avtomobil transportidan foydalanishning anhanaviy soxasi — qisqa
masofalardir. Bunda agar ilgari 50-100 km gacha bo’lgan masofalar qisqa masofalar
deb hisoblangan bo’lsa, endilikda avtomobilsozlikda texnik rivojlanish va yo’l
tarmog’ining kengayishi tufayli ular 200—300 km gacha oshgan.
Avtomobil transportining foydalanish soxasiga boshqa transport turlari bilan
raqobat katta ta’sir ko’rsatadi. Avtotransportning yuqori mobilligi (safarbarligi)
tufayli, yuklarni yetkazib berishning boshqa muqobil usullari bo’lmaganda undan
o’rtacha va uzoq masofalarda samarali foydalanish mumkin. Temir yo’l transporti
bilan raqobat qilishda avtomobillarning qo’llanilish soxasi tashishlarning iqtisodiy
va vaqt omillari bilan chegaralanadi. Temir yo’l bo’ylab tashishning muqobil
sxemalari bor bo’lganda ba’zi bir yuklarni avtotransport bilan tashishning iqtisodiy
foydali sferalari 10.2 jadvalda keltirilgan. Bu jadvalda ko’rsatilgan masofalardan
katta masofalarda temir yo’l varianti ko’proq foydali bo’ladi. Sferalarni hisoblash
“o’rtacha” tashish sharoitlari uchun amalga oshirilgan, Shu sababli konkret
korrespondentsiyalar uchun bu sferalar 10.2 jadvalda keltirilgan sferalardan sezilarli
farq qilishi mumkin. Masalan, kichik partiyali shoshilinch va tez buziladigan
yuklarni, Shuningdek konteynerlarni maxsus va katta yuk avtomobillarida 1000 km
dan oshiq masofalarga tashish foydali bo’ladi.
Avtotransportning o’ziga xos afzalligi — yuklarni "eshikdan-eshikkacha"
sxemasi
bo’yicha
to’g’ridan-to’g’ri
yetkazib
berishdir.
Bu
uning
raqobatbrdoshliligini sezilarli darajada oshiradi va foydalanish soxasini
kengaytiradi. Avtomobil transporti sanoat markazlarining ichida, konlarni
o’zlashtirishda va qishloq xo’jaligi rayonlarida, Shuningdek yuklarni magistral
transportg olib kelish va undan iste’molchilarga yetkazib berish uchun ayniqsa keng
qo’llaniladi. Yuk avtomobillaridan uzoq Shaharlararo va xalqaro tashishlarda
foydalaniladi. Biroq yoqilg’i narxlarining ortishi va avtotransportning past
ekologikligi undan foydalanish sferalarini qo’shimcha asoslashni talab qiladi.
Daryo transportidan ko’proq foydalaniladigan sferalar — ommaviy yuklarni
bitta daryo yo’lida joylashgan punktlar o’rtasida, boshqa transport turlari bo’lmagan
rayonlarda, Shuningdek boshqa transport turlari bilan aralash bog’lanishlarda bitta
transport turi bilan qayta yuklashlarsiz to’g’ridan-to’g’ri tashishlarga qaraganda
samaraliroq bo’lgan yo’nalishlarda o’rta va uzoq masofalarga tashishdir. “Daryo-
dengiz” tipidagi aralash suzadigan kemalardan foydalanish, turli daryolarning
havzalarini kanallar bilan tutashtirish, gidrotexnik inshootlarni qurish va hokazolar
daryo transportining qo’llanilish sferalarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Yukning nomi
Yuklarni avtotrnsport bilan tashishlarning eng chekka
teng foydali masofalari, temir yo’l transporti bilan
tashish variantining muqobil sxemalari bor bo’lganda
p - m - p
p - m - A
A- M - A
Qattiq yoqilg’i
10
30-50
65-85
Yog’och materiallar
25
80-100
150- 200
O’ebeng’, graviy, qum
10
30-50
60-80
TSement
15
50-70
100-120
Neft mahsulotlari
30
70-90
120-150
Qora metallolom
35
80-90
100-120
Temir-beton buyumlar
30
65-85
120-140
Qurilish g’ishti
25
60-80
110-130
Mebelg’
65
120-150
220-260
Oyna
30
70-90
100-140
Universal konteynerlar
125
250-300
400-500
Don
25
50-70
80-100
Qand lavlagi
75
100-120
200-250
Kartoshka,
sabzavotlar,
mevalar
100
180-250
500-900
Go’sht,
go’sht
mahsulotlari
230
280-350
480-600
Poyafzal, galantereya
150
200-250
350-500
Havo transportidan qimmatli, shoshilinch va tez buziladigan yuklarni sanoat
markazlari va mamlakatning uzoq shimoliy rayonlariga uzoq va o’ta uzoq
masofalarga tashishda foydalanish samarali bo’ladi. Havo transportining asosiy
faoliyat ko’rsatish soxasi — yo’lovchilarni tashishdir, Shu sababli yuklarni
tashishning katta qismi yo’lovchi samoletlariga qo’shimcha yuklash tartibida
amalga oshiriladi.
Quvur tarmoqli transportdan qisqa masofalarda ham, o’rta, uzoq va o’ta uzoq
masofalarda ham foydalanish mumkin. Barchasi yukning turi, yuk oqimining
quvvati va quvurning diametriga bog’liq bo’ladi. Tabiiy gaz 1220 va 1400 mm
diametrli quvurlar tarmog’i bo’ylab odatda o’ta uzoq masofalarga, jumladan
eksportga, kichik diametrli quvurlar bo’ylab esa — qisqa masofalarga
transportirovka qilinadi. Neft va neft mahsulotlari esa 500 dan 3—5 ming km gacha
masofalarga haydaladi. Quruq yuklar (ko’mir, ruda, qum, o’ebeng’, graviy)
gidravlik yoki pnevmokonteynerli quvur tarmoqli transport bo’ylab 20—50 km
gacha masofaga transportirovka qilinadi. Ko’mir pulg’potarmoqlar bo’ylab 250 km
gacha va unlan ham ko’proq masofaga ko’chiriladi.
Yo’lovchilarni tashish sohasida transport turlaridan foydalanish sferalari
rayonlarning transport infratuzilmasining rivojlanishi, magistral transport
turlarining aholi punktlari bilan bg’lanishlarining borligi, yo’lovchilarni yetkazish
tezliklari, tariflar, harakat jadvalining muntazamligi va qulayligi, borishdan maqsad,
transport xizmatlari ko’rsatishning sifati va hokazolarga bog’liq bo’ladi. Temir yo’l
transportidan qisqa masofalarga borish uchun ham (Shahar atrofi), o’rtacha
(mahalliy) va uzoq masofalarga borish uchun ham foydalaniladi. Shahar ichida va
Shahar atrofida tashishlarning katta qismini, ayniqsa temir yo’l bog’lanishlari
bo’lmagan yo’nalishlarda, avtobus transporti bajaradi. Avtobuslar bilan
Shaharlararo tashishlar 500-800 km gacha masofalarda ko’pincha temir yo’l
transporti bilan raqobatlashadi. Uzoq va o’ta uzoq masofalarga tashishlarni havo
transporti bilan amalga oshirish ko’pgina ko’rsatkichlar bo’yicha ko’proq foydali
bo’ladi. Biroq agar uzoq masofaga (800— 1000 km) bir kechada (10—12 soatda)
borish kerak bo’lsa va poezdda normal dam olish va uyqu ta’minlansa, u holda
yo’lovchi temir yo’lni afzal ko’radi.
Dengiz va daryo transportida yo’lovchilarni tashish asosan uzoq masofalarga
va boshqa transport turlari bo’lmagan yo’nalishlarda, Shuningdek sayyohlik uchun,
jumladan, o’ta uzoq kruiz sayohatlarida amalga oshiriladi. Sohilbo’yi aholi
punktlarida yo’lovchilarni qisqa va o’rta masoflarga Shahar atrofida va Shaharlararo
tashish uchun dengiz va daryo kemalari, jumladan, suv osti qanotlaridagi
kemalardan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |