8-mavzu: transport turlarini tanlash tamoyillari va uslublari reja


partiyali yuklar uchun va aralash tashish sxemalarida (P1-M-A2, A1-M-A2 va



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana18.02.2022
Hajmi0,51 Mb.
#456924
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-MAVZU (1)


partiyali yuklar uchun va aralash tashish sxemalarida (P1-M-A2, A1-M-A2 va 
boshqalar) – 200-300 km gachani tashkil qiladi. Ba’zi bir hollarda tez buziladigan 
mahsulotlar va shoshilinch yuklar uchun yuk avtomobillarning maxsus tiplari va 
yaxshi yo’llar bor bo’lganda foydali zona 1000 km va undan ham ko’proqqa yetadi, 
Shu sababli qisqa masofali foydali tashishlar zonasini yaratishga urinish noto’g’ri 
bo’ladi. Shu bilan birgalikda, tashishlarning arzonroq temir yo’l varianti bor 
bo’lganda, ommaviy yuklar va konteynerlarni uzoq masofalarga, xususan 
Shaharlararo va xalqaro bog’lanishlarda tashishlardan foydalanish, ayniqsa suyuq 
yoqilg’ining barcha turlariga narxlarning keskin oshganligini hisobga oladign 
bo’lsak, iste’molchilar uchun ko’pncha foydali bo’lmaydi.
Ba’zi bir hollarda tariflarning keskin tebranish sharoitlarida transport turini 
tanlash yuklarni tashishning ko’proq barqaror tannarx ko’rsatkichlarini taqqoslash – 
transport turining tashish va o’tkazish qobiliyatining yetarlicha rezervlari bor 
bo’lganda uning o’zgaruvchan qismi (tashishlar hajmlariga bog’liq bo’ladigan) va 
bu resurslar chegaralangan bo’lganda to’liq kattalik bo’yicha taqqoslashlar asosida 
amalga oshiriladi. Qo’shimcha xarajatlarni (yuklarning transport turlari bo’yicha 
turlicha bo’lgan yo’qolishlari, atrof-muhitga zarar yetkazish va boshqalar) hisobga 


olish eng yomon ko’rsatkichlarga ega bo’lgan transport turidan foydalanish soxasini 
o’rtacha 15—20% ga toraytiradi. Tashishlarning tannarxi bo’yicha tanlashda uning 
o’rtacha qiymatlaridan (1 yoki 10 t km ga) foydalanish mumkin emas, chunki ular 
tashishlarning transport turlari bo’yicha turlicha yuklanganligi va turlicha uzoqligida 
hisoblangan bo’ladi. Tashishlarning konkret shart-sharoitlari va masofalarida 1 t 
tashiladign yukka ketadigan xarajatlarni taqqoslash to’g’riroq bo’lib hisoblanadi.
Transport turlarini tanlash bo’yicha kelajak uchun (strategik) hisob-kitoblar 
odatda umumiy ko’rinishda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadigan jamlanma 
keltirilgan ekspluatatsion-qurilish xarajatlarini taqqoslash asosida amalga oshiriladi:
bunda i — tashishlar varianti (temir yo’l, avtomobil, daryo, aralash va hokazolar); 
— tashishlarning im-variantida joriy (ekspluatatsion) xarajatlar, r./t; Ye
n
-bir 
paytda qilinadigan xarajatlar samaradorligining mehyoriy koeffitsienti; K
1
t

tashishlarning i-m variantida talab qilinadigan solishtirma bir paytda qilinadigan 
xarajatlar (kapital qo’yilmalar), r./t; 
— tashishlarning /-variantida yo’ldagi yuk 
massasining yoki yuk egalarining aylanma mablag’larning solishtirma qiymati, r./t. 
Tashishlarning ikkita yoki undan ko’p taqqoslanadigan variantlaridan 
(transport turlaridan) eng kichik keltirilgan xarajatlarni beradigani ko’proq foydali 
bo’ladi.
Barcha hisoblashlar, qoidaga ko’ra, yuklarni tashishning qo’shimcha hajmi 
uchun bajariladi, Shu sababli ba’zan keltirilgan xarajatlarning o’zi ham qo’shimcha 
vujudga keladigan xarajatlar deb ataladi. Shu bois amaldagi transport resurslarining 
texnik holatini tahlil qilish o’tkaziladi, so’ngra esa yuklarning qo’shimcha oqimi 
qo’yilganda ularni oshirishga bo’lgan ehtiyoj aniqlanadi. Ba’zi bir hollarda, 
transportning ba’zi bir turlarida bo’sh qatnaydigan yo’nalishlar bo’lganda, 
qo’shimcha investitsiyalar kerak bo’lmasligi mumkin, bu tashishlarning bunday 
variantining samaradorligi va raqobatbardoshligini anchagina oshiradi.
Tashishlarning temir yo’l variantida solishtirma joriy (ekspluatatsion) 
xarajatlar, r./t, 
bunda E
podg
— yukni tashishga tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan solishtirma 
xarajatlar (idishlarga joylash, to’plash, yuklashni kutish va hokazolar), r./t; EPV — 
yukni magistral transportga olib kelish va undan olib ketish bilan bog’lanadigan 
xarajatlar, r./t; Eskya — ko’rib chiqilayotgan yuklarni saqlash va qayta ishlash 
uchun zarur bo’ladigan omborlar va yuk maydonchalarini ekspluatatsiya qilish 
xarajatlari./t; Egr — yuklarni yo’lda yuklash, tushirish va qayta yuklash xarajatlari, 
r./t; z,v — yuk operatsiyalarining soni (10.1 jadvalga qaralsin); Enk — 
boshlang’ich-oxirgi operatsiyalarga qilinadigan xarajatlar, r /t; EDV — 
harakatlanish operatsiyalari bo’yicha xarajatlar, yo’lda poezdlarni qayta 
shakllantirishni ham o’z ichiga olgan holda, r./t-km; /m — magistral temir yo’l 
transporti bilan tashish masofasi, km; Epot — yuklarning yo’qolishi bilan 
bog’lanadigan xarajatlar, r./t, Ush — temir yo’l transporti tomonidan atrof-muhitga 
yetkaziladigan zarar, r./t. 


Xarajatlarning barcha elementlari bo’yicha solishtirma xarajatlar yukning 
turi, vagonlarning tipi va yuk ko’taruvchanligi, poezdlarning toifalari, tashish 
yo’nalishi, tortish turi, tashish sxemalari va boshqa omillarga bog’liq ravishda 
bevosita hisoblash yoki yiriklashtirilgan xarajat stavkalari uslubi bilan aniqlanadi.
Yuklarning yo’qolishi bilan bog’lanadigan xarajatlar yuklarning saqlanishi 
to’g’risidagi amaldagi ma’lumotlar yoki tabiiy yo’qolish mehyorlari asosida 
aniqlanadi. 
Temir yo’l bo’yicha va boshqa transport turi bilan tashishda yuklarning 
yo’qolishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlardagi farqlar, r./t,
bunda TS
gr
— 1 t tashiladigan yukning bahosi; a
jd
, a
dv
— mos ravishda tashishning 
temir yo’l va boshqa variantida yuk massasining yo’qolishi, % 
Olingan
qiymat tashishlarning yo’qolishlar ulushi katta bo’lgan 
varianti bo’yicha solishtirma xarajatlar bilan yig’indilanadi.
Temir yo’l transporti bilan atrof-muhitga yetkaziladigan ekologik zarar, r./t, 
mos ravishda elektrovoz va teplovoz bilan tortishda: 
bunda 
— mos ravishda elektrovoz, teplovozning manevrlar va 
liniyada ishlashda atrof-muhitga yetkazadigan, belgilangan mehyorlar bo’yicha 
qabul qilinadigan zarari, r./t • km; 
, —mos ravishda elektrovoz va 
teplovozning bosib o’tish masofasi, km; 
— mos ravishda elektr energiyasi, 
kVt • ch, va dizel yoqilg’isining, 1 mln t • km ga t, solishtirma sarflari; t
man
, t
lch
— 
teplovozning mos ravishda manevrlar va liniyada ishlash vaqti, soat.
Transportni rivojlantirishga ko’rib chiqilayotgan tashishlar hajmini 
o’zlashtirish uchun zarur bo’ladigan kapital qo’yilmalar konkret shart-sharoitlarga 
bog’liq ravishda aniqlanadi: yoki faqatgina harakatlanuvchi tarkibga (vagonlar va 
lokomotivlar) ketadigan xarajatlar, yoki Shuningdek doimiy qurilmalarni 
rivojlantirishga ketadigan xarajatlar ham hisoblanadi. Umumiy holatda temir yo’l 
transportida talab qilinadigan solishtirma kapital qo’yilmalar, r./t, 
bunda TS
v
— bitta vagonning narxi; K
v
— ta’mirlashda bo’lgan vagonlarning 
ulushini hisobga oluvchi koeffitsient (o’rtacha k
v
= 1,15); R
st
— vagonning statik 
yuklamasi; K
nk
, K
dv
- lokomotiv parki va doimiy qurilmalarga bir paytda qilinadigan 
xarajatlarni hisobga oladigan koeffitsientlar, mos ravishda poezdlarning tipiga 
(to’g’ridan-to’g’ri, yig’ma va hokazolar) bog’liq ravishda aniqlanadigan 
boshlang’ich-oxirgi va harakat operatsiyalari bo’yicha talab qilinadigan vagonlar 


parkining qiymatidan ulushlarda; a
gr
— vagonlarning bo’sh yo’l bosishining yuk 
bilan yo’l bosishiga nisbati sifatida aniqlanadigan koeffitsient. 
Zarurat bo’lganda Shuningdek ularning idoraviy bo’ysunishi yoki muokchilik 
turidan qat’iy nazar, yuklash-tushirish mexanizmlarini rivojlantirishga solishtirma 
kapital qo’yilmalar ham hisoblanadi, r./t: 
bunda TS
pr
— yuklash-tushirish mexanizmining (mashinasining) ulgurji narxi; P
pr
— ko’rib chiqilayotgan yuklash-tushirish mexanizmining yillik o’rtacha 
unumdorligi. 
Shundan kelib chiqqan holda, transportni rivojlantirishga ko’rib chiqilayotgan 
tashishlar hajmini o’zlashtirish uchun zarur bo’ladigan kapital qo’yilmalar, r./t, 
bunda K
ps
— harakatlanuvchi tarkibga talab qilinadigan solishtirma kapital 
qo’yilmalar, r./t; K
pu
— transportning doimiy qurilmalarini rivojlantirishga talab 
qilinadigan solishtirma kapital qo’yilmalar, r./t; K
skl
— ombor xo’jaligini 
rivojlantirishga talab qilinadigan solishtirma kapital qo’yilmalar (qurilishning smeta 
bahosi va omborning qayta ishlash qobiliyati bo’yicha yetarlicha rezervlar 
bo’lmaganda aniqlanadi), r./t. 
Taqqoslanadigan tashishlar variantlari bo’yicha yuk bahosining yoki yukka 
qo’yilgan aylanma mablag’larning yetkazib berish muddatlarining har xilligi sababli 
yo’lda o’zgarishi: 
bunda t
jd
, t
dr
— mos ravishda temir yo’l va boshqa variant bo’yicha tashishda 
yuklarni yetkazib berishning o’rtacha muddatlari, sut. 
Etkazib berish muddatlari yukning jo’natuvchining omboridan qabul qilib 
oluvchining omborigacha butun ko’chish vaqtini hisobga olishi lozim, boshlang’ich, 
oraliq va oxirgi punktlarda yuk operatsiyalarini bajarishga ketadigan vaqt va turib 
qolish vaqti ham Shu hisobga kiradi. M
ob
-ko’rsatkich asosan bir tekis ishlab 
chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulot uchun hisoblanadi. Olingan 

qiymat yetkazib berish muddatlari katta bo’lgan tashishlar variantining solishtirma 
xarajatlari bilan yig’indilanadi.
En bir paytda qilinadigan xarajatlar samaradorligining mehyoriy koeffitsienti 
barcha taqqoslanadigan tashish variantlari uchun bir xil qilib qabul qilinadi (odatda 
Ye
n
= 0,12 0,15). 
Avtomobil bilan to’g’ridan-to’g’ri tashish variantida solishtirma joriy 
(ekspluatatsion) xarajatlar 


bunda S
1
, S
d
— mos ravishda o’zgaruvchan solishtirma xarajatlar va avtomobilning 
1 km yo’l bosishiga to’g’ri keladigan yo’l tarkib toptiruvchisi, r./t-km; l
a
— yukni 
avtomobil transporti bilan tashish masofasi, km; q
H
— avtomobilning nominal yuk 
ko’taruvchanligi, t; γ — avtomobilning yuk ko’aruvchanligidan foydalanish 
koeffitsienti, yukning klassiga bog’liq ravishda qabul qilinadi; β
a
— avtomobilning 
yo’l bosishidan foydalanish koeffitsienti, harakatlanuvchi tarkibning tipi va tashish 
uzoqligiga bog’liq ravishda qabul qilinadi; k
s
— ijtimoiy sug’urtalashga ajratmalarni 
xisobga oladigan koeffitsient; S
2
, S
3
— avtomobillarning haydovchilari uchun mos 
ravishda 1 t va 1 t km uchun ishbay haq to’lash tariflari, p.; S
4
— tashishlar 
hajmlariga bog’liq bo’lmagan solishtirma doimiy xarajatlar, r./avtomobil-soat; t
e
— 
avtomobilning bir marta qatnash vaqti, yuklash, tushirish va avtomobilning 
harakatlanishini o’z ichiga olgan holda.
Avtomobil transportini rivojlantirishga K
a
solishtirma kaptal qo’yilmalar, r./t, 
ko’rib chiqilayotgan yukning turiga mos keladigan talab qilinadigan avtomobillar 
parki va avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruktsiyalashni ham o’z ichiga olgan 
holda zaruriy doimiy qurilmalarning qiymatini hisobga oladi: 
bunda TS
a
— avtomobilning ulgurji narxi; K
apu
— doimiy avtotransport qurilmalari 
va avtomobil yo’llari qurilishi qiymatining avtomobillar parkining qiymatiga nisbati 
sifatida aniqlanadigan koeffitsient (o’rtacha sharoitlarda K
apu
=2,5); α
v

avtomobillarning liniyaga chiqish koeffitsienti (o’rtacha sharoitlrda av = 0,75); T
n
— avtomobilning o’rtacha naryadda bo’lish vaqti (o’rtacha sharoitlarda T
n
= 9,5 ch). 
Avtotransport vositasi bilan atrof-muhitga yetkaziladigan ekologik zarar, r./t, 
bunda 
— avtomobildan atrof-muhitga yetkazilgan solishtirma zarar kattaligi, 
r./(t-km). 
Xarajatlarning barcha elementlarini yig’indilash tashishlar variantlari 
bo’yicha solishtirma keltirilgan xarajatlarning umumiy qiymatini beradi. Zarurat 
bo’lganda xarajatlarning tashishlarning variantlari bo’yicha farq qiladigan boshqa 
elementlari ham hisobga olinadi. Variantlar bo’yicha solishtirma xarajatlar o’xshash 
va teng bo’lganda (masalan, yuklash va tushirishda) yig’indi keltirilgan xarajatlarda 
ular hisobga olinmaydi.
Yuklarni tashishning tanlangan variantidan keladigan iqtisodiy samara 
(masalan, to’g’ridan to’g’ri avtomobil bilan tashish variantini temir yo’l varianti 
bilan solishtirganda): 
bunda (Q
gr
— ko’rib chiqilayotgan yukni tashishning umumiy hajmi, t. 
Transport turini tanlash jaryonini tezlashtirish uchun ko’pincha ulardan 
samarali foydalanishning oldindan hisoblangan istiqbolli sferalaridan foydalaniladi. 


Bu sferalar yuqorida keltirilgan formulalar bo’yicha aniqlanadi, biroq hisoblashlar 
tashishlarning shartli hududlari (masofalar) bo’yicha olib boriladi. Masalan, 
avtomobil va temir yo’l transportining qo’llanilish sferalarini aniqlashda 
hisoblashlar avtomobilning tipi va temir yo’l varianti bo’yicha tashish sxemalariga 
bog’liq ravishda 10, 30, 50, 100, 200 km masofaga amalga oshiriladi. 
Taqqoslanadigan keltirilgan xarajatlarning olingan qiymatlari grafikka kiritiladi 
(10.1 rasm). Tashishlarning variantlari bo’yicha keltirilgan xarajatlarning kesishish 
nuqtasidan tushirilgan perpendikulyarning asosi eng chekka masofani yoki transport 
turlaridan foydalanish sferalarining chegara nuqtasini ko’rsatadi. Masalan, 10.1 
rasm bo’yicha KamAE-5320 yuk avtomobilidan foydalanishning tashishlarning 
O’—M— P2 sxema bo’yicha temir yo’l variantiga nisbatan iqtisodiy foydali soxasi 
1 dan 40 km gacha oraliqda, P[—M—A2 sxema bo’yicha esa — 70 km gacha 
bo’ladi. ZIL-130V yuk avtomobili uchun foydali foydalanish soxasi 
taqqoslanadigan variantlarga mos ravishda 10 va 42 km gacha bo’ladi. Konkret 
yukni temir yo’l varianti bo’yicha tashishlar ko’rsatilgan masofalardan tashqarida 
foydali bo’ladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish