Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Ishrat hovli va arz hovli devorlari namoyonlarga ajratilib, ko‘k, oq va havo rang
koshindan gilam nusxa mujassamot yaratilgan. Ayvon devorlaridagi girrix va
islimiy naqshlar orasidagi doira shakllar ichida arabiy yozuvlar uchraydi. Marmar
poyustun va o‘ymakori yog‘och ustunlardagi doira shakllarda Ogahiyning Xiva
xonlari tarixiga oid she’rlari, xon ayvonidagi sharqiy poyustunda 1832-yil va ishrat
hovli katta ayvon poyustunida, arz hovli katta ayvon bezaklari orasida 1838-yil
hamda usta Abdulla jin nomi saqlangan. Toshhovlidagi xonalar tomi to‘sinli,
haram va ishrat hovli ayvonlari hovuzakli, xo‘jalik xonalari tomiga qamish bostirib
loysuvoq qilingan, ba’zilari vassa shiftli. Xona ichki bezaklari ancha sipo, devor
hoshiyalarida, shakldor taxmonlarda, shift osti sharafasi, muqarnas kosachalari
ganchkori bezakda, mevali daraxt shoxi va gullar qora, ko‘k va qizil tusda
ifodalangan.
Inshootning o‘ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo‘lsak, me’moriy
obida xon va uning 4 xotiniga mo‘ljallangan bo‘lib, Xalq ustalari Nurmuhammad,
usta Toji va usta Qalandar Xivaqiy tomonidan bunyod etilgan. Toshhovli
me’morchiligi qadim zamonlarda toshdan ishlangan hovuz va uning atrofida
yuzaga kelgan qal’a qurilishi bilan bog‘liq.
Ollohqulixon davrida qal’a kengaytirilgan va Xiva xonligidagi eng
mustahkam qo‘rg‘onlardan biriga aylantirilib, saroy barpo etilgan. XIX asr oxiriga
kelib turli urushlar natijasida qal’aning saroy qismi vayronaga aylangan.
Muhammad Rahimxon II (1864-1910) davrida saroy qayta tiklangan. XIX asr
oxirlarida shaharda 3 darvoza (sharqiy, janubiy va saroy), 300 ga yaqin do‘kon va
ustaxona, karvonsaroy, 6 masjid va madrasa bo‘lgan. Biroq saroy va boshqa
imoratlardagi ko‘plab nafis bezaklar, devoriy naqshlar tushib ketib, qayta
tiklanmagan. Inshoot mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va undan
keyin bir necha bor ta’mirlangan. Me’moriy obida atroflari ko‘kalamzorlashtirilib
o‘zgacha chiroy kasb etgan. 1990-yil me’moriy obida Ichan qal’a me’morchilik
yodgorliklari bilan birgalikda YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari
ro‘yxatiga kiritilgan.
Davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2000-yil
30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to‘grisida”, 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida” qabul qilingan qonunlar
madaniy meros obyektlarining huquqiy kafolatidir. Bundan tashqari, inshoot
yurtimizdagi madaniy meros obyektlariga qiziquvchi ixlosmandlarning hamda
yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarning diqqat-markazida.
Do'stlaringiz bilan baham: |