Telegram kanal
:@tarixolimpiada
30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi
qonuni qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar
me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.
Chor Bakr arxitekuraviy ansambli
Buxoro shahrining g‘arb tomonida,
undan 5 km. uzoqlikda joylashgan Sumitan
qishlog‘ida Jo‘yboriy shayxlarining shahardan
tashqaridagi nekropoli – Chor Bakr qurilgan.
Chor Bakr me’moriy ansambli to‘rt
yirik shayx – Abu Bakr Sa’d, Abu Bakr Fazl,
Abu Bakr Muhammad, Abu Bakr Tarxonlarga
bag‘ishlab bunyod etilgan. Chor Bakrlar
(to‘rtta Bakr) Buxoroda vafot etgan va shahar
yaqinidagi Sumitan mavzeida dafn etilgan.
Ularning qabri ustida ziyoratgohning bosh kompleksi 1560-1569-yillarda
Abdullaxon II tomonidan barpo etilgan.
Abdullaxon II (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn
Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i –
1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) o‘zbek
davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng
yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat
homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi
Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani
boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan
mamlakat
hududini
qayta
birlashtirish,
markaziy
davlat
hokimiyatini
mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Uning
hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi
sohalar gullab-yashnadi.
Kompleks uzoq vaqt shakllangan. Daxmalar, darvoza, hovli, yo‘lak, ko‘p
sonli qabrlar usti inshootlari bunyod etilgan. Chor Bakr oxirgi marta Mustaqillik
davrida restavratsiya qilindi.
Me’moriy kompleks negizini tashkil etgan xonaqoh (shimolda), madrasa
(janubda) va namozgoh (g‘arbda) orasidagi sahn supa tarzida. 1900-yilda u yerda
katta bo‘lmagan minora bunyod etilgan.
Xonaqoh gumbazli xona (9x15,8 m) va peshtoqdan iborat. Yon fasadning qo‘sh
qavat ravoqlari va peshtoq jozibador ishlangan bo‘lib, peshtoqning ikki qanoti
guldastalar bilan ulug‘vor ko‘rinadi.
Peshtoq bezagida koshindan terilgan yirik kufiy xatlar diqqatni jalb etadi.
Gumbazning ostki konstruksiyasi ancha murakkab. Xonani ikki ravoq
ko‘ndalangiga bog‘lab, gumbaz uchun asos bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |