Telegram kanal
:@tarixolimpiada
sudyalik va xalqdan har xil soliqlarni undirib olish, o‘z nomidan kumush va mis
tangalar zarb etish huquqiga ega edi. Odatda satraplik tepasida faqat ahamoniylar
oilasiga mansub forslar turgan. Satraplar faoliyatini doimo nazorat etib turish
uchun maxsus amaldor-ayg‘oqchilar – noib tayinlangan.
Saroyda ilm-u fan muhiti yaratilgan, Ktesiy va Ksenofon singari tarixchilar
bo‘lgan. Suza va Persopol shaharlarida naqshli Doro I va Kserksning 100 ustunli
naqshli saroyidagi bezaklar davlatning moddiy madaniyat yuksalganidan dalolat
beradi. Bunda afsonaviy qushlar hamda har xil hayvonlar, podsho va
amaldorlarning qabul qilish marosimlari bo‘rtma rasmlarda tasvirlanishi buning
isbotidir.
Doro I ning Behustun bitiklarida quyidagi tarixiy shaxslar haqida ma’lumot
uchraydi. Mil.avv 523-522-yillari ahamoniylar saltanatini larzaga keltirgan
Gaumata (522-yil sentabrda vafot etgan), Marg‘iyonada mil.avv 522-yil
qo‘zg‘olon ko‘targan Frada (bu qo‘zg‘olonni bostirgan Baqtriya satrapi, fors
Dodarshish), hozirgi Janubiy Qozog‘iston va Shimoliy O‘zbekiston hududlarida
yashagan saklar yo‘lboshchisi Skunxalar haqida ma’lumot uchraydi.
Ahamoniylar davlati Sharq va G‘arb bilan diplomatik aloqalar yo‘lga
qo‘yilgan. Masalan, Kir II va massagetlar malikasi To‘maris o‘rtasida og‘zaki
shaklda, ya’ni elchi orqali diplomatiya olib borilgan. Og‘zaki deyilishiga sabab, u
paytda hali massagetlarda yozuv bo‘magan. Kir II To‘marisdan unga turmushga
chiqishini so‘raydi, lekin massagetlar malikasi bunga rozi bo‘lmaydi. Bundan
ko‘zlangan maqsad To‘maris emas, balki massagetlar yeri edi. Ahamoniylar
yunon shahar-davlatlari bilan ham diplomatik aloqalar olib borgan. Xususan, fors
elchilari Afina va Spartadan yer-suv talab qiladilar. Shunda afinaliklar fors
elchilarini qoyadan itarib yuboradi, spartaliklar esa fors elchilarini chuqur quduqqa
tashlab: “Keraglicha yer-suvni shu yerdan topasizlar”, deb aytgan.
Davlatning harbiy holati juda qudratli edi. Har bir satraplik yurish paytida
ancha qo‘shin yetkazib berar edi. Xususan Marafon jangida yosh baqtriyalik
jangchi haqida ma’lumotlar uchraydi. Bunda tashqari, Salamin jangida qo‘shin
markazida sak qabilalari alohida jasorat ko‘rsatganliklari Esxilning “Forslar
tragediyasi”da yozib qoldirilgan. Bundan bilishimiz mumkinki, qo‘shin bosib
olingan barcha satrapliklardan yig‘ilgan. Bundan tashqari, shahanshohning o‘ziga
tegishli bo‘lgan maxsus gvardiyasi ham bo‘lgan. Gerodotning ta’riflashicha, fors
qo‘shini tarkibidagi baqtriyaliklar kamon va nayza bilan, sak qabilalari esa xanjar
va jangovor oyboltalar bilan qurollangani, sug‘diylar va xorazmlilar esa
baqtriyaliklar kabi qurollangani ko‘rsatilgan. Doro I davrida mamlakatda 300
mingga yaqin qo‘shin, otliq va tuyakashlardan iborat bolib, uning tarkibida fillar
ham bo‘lgan. Mamlakatda harbiy flot mavjud bo‘lgan. Kserks davrida qo‘shin soni
ko‘pligidan uni hisobga oluvchilar doim adashib ketganligi manbalarda yozilgan.
Hukmdorlarning amalga oshirgan islohotlari quyidagilardir: Doro I oltin
“dariq” tanga birligini ishlab chiqdi. Bir dariq 8,4
g
oltinga, 20 kumush tangaga,
bir tanga 5,6
g
kumushga teng edi. Oltin dariqni faqat shahanshoh, kumush tangani
esa viloyat hokimlari ham zabt etishi mumkin edi. Doro I mamlakatda “doroiy”
tangalarini zarb ettirdi. U mamlakatda harbiy islohotlar ham olib bordi, xususan
Do'stlaringiz bilan baham: |