68
darajani aniqlash testlarini tuzishda topshiriqlar, yangi bilimlar bera oladigan qilib
tuziladi.
II-daraja; -
eslash (xotirada saqlash)
darajasi. Ushbu bosqichda o’quvchilar
ilgari
o’rganilgan axborotlar, operasiyalar, yumushlar, faoliyat
turlarini takrorlashlari,
namunaviy masalalarni yechishlari mumkin. Bunday holda ular nusxa ko’chirish
bilimlariga ega bo’ladidar.
Ta’lim jarayonida axborot, yumush va harakatlar qanday ko’rinishida va ketma-
ketlikda bayon qilingan bo’lsa, ularni shunday takrorlashga so’zma-so’z eslab, xotirlash,
aytib berish deb aytiladi. O’quv axborotlarni so’zma-so’z takrorlab aytib berish bu ularni
mohiyatini cho’qur tushunmaslik va ongli ravishda izchilliklarini anglamaslik mevasidir.
Ilgari o’zlashtirilgan o’quv axborotini xotirlash va so’zma-so’z aytib berish turli
fanlarning asosiy qonuniyatlari ta’rifi, qabul qilingan umumiy belgilar, terminlar va x.k.
larni eslashda ko’p uchraydi.
Fanlar asoslari bo’yicha ilgari o’rganilgan bilimlarni so’zma-so’z eslab, aytib berish
o’quvchilarning o’zlashtirishini aniqlashda, nazorat qilishda tez uchrab turadi. Jumladan,
sinfda ko’rib chiqilgan masalalarga o’xshash
masalalarni yechishda, amaliy
mashg’ulotlarda esa, o’zlashtirilgan yumushlarga uxshashlarini mustaqil bajarishda
bunday hollarni ko’plab uchratish mumkin.
Ikkinchi daraja nusxa ko’chirish – bilimlarni va faoliyatlarni o’zlashtirish dastlabki
tanishish bilimlarga nisbatan yangi o’quv axborotlar bilan ishlashda tamomila boshqacha
sur’atda yondashishni, ya’ni axborotlarni nafaqat chuqur tushunishi va xotirada saqlashni,
balki uni aniq eslash (puxta takrorlash)ni, masalalar yechishni, ko’plab
mashq qilishni
talab qiladi. O’quvchi bunday faoliyatda o’quv axborotiga ta’rif berishda uzi tuzgan
ko’rinishlarni taklif qila oladi. U o’rgangan o’quv elementlarni tushuntirish uchun
o’qituvchi darsda aytmagan, o’quv
darsligida bayon qilinmagan, ammo o’zlaricha
mustaqil holda o’rgangan misollarni keltirishi mumkin. Bunday rivojlanish darajasiga
faqatgina o’quvchilar o’quv axboroti mazmunining mohiyatini ongli ravishda tushunib
olish yo’li bilan erishishi mumkin. O’qituvchi o’quv faoliyatini tashkil etishda ongli va
chuqur tushunilgan o’quv axboroti oson esda qolishni va u
xotirada uzoq saqlanishini
esdan chiqarmasligi kerak va shunga erishishi lozim.
Uchinchi daraja – ko’nikma va malakalarning namoyon bo’lishi darajasi. Ushbu
darajada o’zlashtirishga chaqqon o’quvchilar mashg’ulotlarda o’rganilgan, ammo
69
mazmuni va bajarish shartlari yangicha bo’lgan faoliyatlarni ham bajaradi. Bu darajadagi
faoliyatga misol qilib noan’anaviy masalalar yechishni detallarni tayyorlash bo’yicha
texnologik jarayonning umumiy xususiyatlarini tanishib bo’lgandan so’ng, ushbu tipdagi
aniq buyumlar tayyorlash uchun o’quvchilar tomonidan texnologik xotirani tuzishni
ko’rsatish mumkin. Mazkur darajadagi o’zlashtirish tekshirishda faoliyatning ikki turini –
ko’nikma va malakalarning namoyon bo’lishini farq qilish zarur.
Ko’nikmalarning namoyon bo’lishi
– bunda o’quvchi o’z mehnat faoliyatini keta-
ketligini va uni amalga oshirish usullarini ma’lum muddat ichida uylab kurgandan so’ng
bajaradi. Agar o’quvchi biror stanokda ishlashga o’rgatish jarayonini ko’z
oldimizga
keltirsak, stanokni boshqarishni o’rgatish dastlabki vaqtlarida o’quvchi bevosita
murabbiy yoki usta –tokarning kuzatish va ishtirokida bajaradi. Stanokni boshqarishda
har bir faoliyatni, harakatni o’quvchi uzoq vaqt, bosqichma-bosqich uylab ko’rib, so’ngra
bajaradi. Stanok yoki qurilmada ishlashni o’rgangan sari uni boshqarish bilan bog’liq
bo’lgan turli faoliyatlarni bajarish uchun o’quvchi tomonidan sarflanadigan vaqt ham
kamayib boraveradi, ammo ish sifati oshaveradi. Ushbu holat faqat stanoklarga ishlashga
o’rgatish uchun xos bo’lmasdan balki,
mavjud texnikaning asbob, moslama va
qurilmalarning barcha turlarini bajarishga o’rgatish jarayoni uchun ham xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: