Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

JAYHONIY
. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Jayhoniy 870- 
yili Buxoroda tug’ilgan. Jayhoniy o’z davrining yirik davlat arbobi bo’libgina qolmay, 
balki o’ta o’qimishli va bilimdon olim ham edi. 
U vazir lavozimidan foydalanib, dunyoning turli mamlakatlariga sayohatchilarni 
yubordi. Ular to’plagan ilmiy materiallarni chuqur tahlil qildi va mazkur tadqiqotlari 
asosida asarlar yozdi. 
Olimning dunyoviy fanlar to’g’risida yozgan kitoblari juda ko’p bo’lib, ulardan 
Maqsudiy, Beruniy, ibn Rustam al-Bakriy kabi olimlar o’z asarlarida foydalanganlar. 
Jayhoniyning “Kitob-al-masolik val mamolik” (“Yillar va mamlakatlar 
haqida kitob”) asari 911-922- yillarda yozilgan. Beruniy o’zining “Mineralogiya” 
asarida 
Jayhoniy 
asarlarida 
ko’rsatilgan minerallardan, ular haqidagi 
ma'lumotlardan keng foydalangan. 
Jayhoniy o’z asarlarida O’rta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Sanardey (Seylon), 
Eron qazilma boyliklari, tabiiy resurslari haqida mukammal ma'lumotlar keltirgan. 
Jayhoniyning asarlarida Xuroson o’lkasida yashovchi xalqlarning geografik 
chegaralari, ularning ijtimoiy va ma'muriy faoliyati, hunarmandchiligi, tabiiy 
resurslarini ifodalovchi materiallar keltirilgan. Mahalliy dorivor o’simliklar va 
hayvonlardan olinadigan dorivorlarning tabiatdagi o’rni haqida ma'lumotlar 
berilgan. Jayhoniy nafaqat davlat arbobi, shu bilan birga mashhur tabib ham 
bo’lgan. U xonaki hayvonlar: it, mushuk, odam organizmida yashaydigan gijja, 
chuvalchanglarni yuqumli kasallik tashib yuruvchilar deb bilgan va ularga qarshi 
kurashish choralarini ko’rgan. 
Jayhoniy qoldirgan boy ilmiy meros O’rta Osiyo va qo’shni mamlakatlarning 
tabiati, o’simlik hamda hayvonot dunyosi, tabiiy resurslari, qishloq xo’jaligi va 
tibbiyot fanlari tarixini o’rganishda alohida ahamiyatga ega. 
ABU NASR FAROBIY
. Abu Nasr ibn Uzlug’ ibn Taron Farobiy 873- yili 
Toshkentning shimoli-g’arbida joylashgan, keyinchalik tarixda o’tror nomi bilan 
shuhrat qozongan Farobda xizmatchi oilasida tug’ildi. Farobiy o’z zamonasining yirik 
tibbiyot nazariyotchisi edi. U bu sohada o’nlab ilmiy asarlar yaratdi. Asarlarining 
umumiy miqdori 160 dan ortiq bo’lib, ular astronomiya, falsafa, tarix, mantiq, 
psixologiya, musiqa, tabiatshunoslik, tibbiyot, kimyo sohalarini qamrab oladi. 
Farobiyning tabiatshunoslikka doir asarlari alohida ahamiyatga ega bo’lib, 
ularda inson va hayvonlar tana a'zolari, ular faoliyatining bir-biriga o’xshash tomonlari 
va boshqa qator ilmiy jihatlari keng yoritilgan. 
Inson organizmi, uning faoliyatini Farobiy bir butun va yaxlit tizimdan 
iboratligini, kasalliklar asosan ovqatlanishning buzilishi bilan bog’liqligini ko’rsatib 
o’tgan. 
Farobiy Yevropa olimlari, xususan, rus fiziologi I.M.Se-chenovdan 1000 
yillar avval fiziologiya fanining fundamental asosi bo’lgan birlamchi va ikkilamchi 
signal sistemasining rivojiga ilmiy asos solgan. 
Farobiy o’z asarlarida sun'iy (inson yordamida) turlarning vujudga kelishi 
singari tabiiy ravishda (inson aralashuvisiz) o’simlik va hayvonlar turlarining paydo 
bo’lishini ham dunyoda birinchi bo’lib ta'riflab, bu masalani Ch.Darvindan 1000 yil 
avval hal qilgan edi. 
BERUNIY
. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy buyuk o’zbek 
qomusiy olimi, o’rta asrlar va undan keyingi davrlarning yetuk mutafakkiridir. 


Beruniy 973- yili Xorazmning Kiyot (hozirgi Beruniy shahrida) tug’ilgan. 
Beruniy 1004- yilda Qobus ibn Vushmagirga bag’ishlangan “Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar” deb nomlangan asarini yozadi. 
Beruniy asarlariga tabiatga oid juda ko’p ma'lumotlar kiritilgan. Masalan, O’rta 
Osiyo, Hindiston va Afg’onistondagi qazilma boylik (dorivor o’simliklar, hayvon)lar, 
ularning foydali xislatlari haqida ma'lumotlar berilgan. Beruniyning ilmiy qarashlari 
“Mineralogiya”, “Hindiston”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, 
“Geodeziya”, “Mas'ud qonuni” kabi asarlarida keng yoritilgan. 
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Beruniy Eron shimolida keng 
tarqalgan tropik o’simliklar va hayvonot dunyosini ta'riflaydi. Beruniyning “Kitob as-
Saydana-fit-tibbi” (“Tabiatda dorishunoslik”) asari 1927- yilda Turkiyaning Bursa 
shahridagi kutubxonalarning biridan topilgan. Bu kitobda 250 dan ortiq tabib, 
dorishunos, kimyogar, tabiatshunos, tarixchi, faylasuf, sayyohlar haqida ma'lumotlar 
keltirilgan. 
Beruniyning tabiiy va sun'iy tanlanish haqidagi fikrlari ham diqqatga 
sazovordir. Agar Yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu 
holda hayvon va daraxtlarning ko’payishiga, daraxtning o’sishiga o’rin qolmaydi,
deya ta'kidlagan edi alloma. 
Beruniyning “Tabiatda dorishunoslik” asarida dorivor o’simliklar tasnifi ham 
berilgan. Beruniy o’z asarlari bilan tabiat fani tarixiga asos solgan. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish