List shtamplash.
Bu ishlovda list, lenta, polosa
tarzidagi zagotovkalarni
matritsaga o‘rnatib puansonni yurgizishda uni
deformatsiyalash matritsa
o‘yig‘i o‘tkaziladi. Bu usulda elektrotexnakaviy apparatura detallari,
xo‘jallik anjomlari va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi.
7.14-chizma. Metallarni bosim ostida ishlash usullarining
asosiy turlari:
a – bo‘ylama
prokatlash; b – kiryalash; d – presslash; e –
bolg‘alash; f – shtamplash; g – list shtamplash.
Davriy prokatlash haqida tushuncha.
Zagotovkalarning o‘yiq
lari vintaviy
chizig‘ bo‘yicha yasalgan, bir-biriga nisbatan kichik burchak ostida bir
tomonga aylanuvchi jo‘valar orasidan o‘tkazib ishlash
ga
davriy
rokatlash
deyiladi. Bu ishlovda yumolaq profilli
zagotovka
jo‘valar o‘qi
bo‘ylab ular oraliqqa surilganda (truba gilzalarini prokatlash singari)
aylanma va ilgarilanma harakat oladi. Mashinasozlikda
davriy
prokatlash mahsulotlatni (shatun pokovkalar, sharlar va shu kabilar) dan
foydalanish metall sarfini tejab, pokovka va shtampovkalar o‘rnini
bosadi, mexanik ishlov vaqtini qisqartiradi.