Кaram, bodring va pomidor tuzlash texnologik sxemasi
Кaram tuzlash
Bodring tuzlash
Pomidor tuzlash
1)karam boshlarini tozalash;
2)o’zagini olib tashlash yoki
maydalash;
3)karamni bo’laklarga
bo’lish yoki chopish;
4) sabzini yuvish, tozalash va
maydalash;
5)boshqa qo’shiladigan
narsalar va tuzni tayyorlash;
6)barcha komponentlarni
doshnik yoki bochkalarga
joylash va shibbalash;
7) achishni nazorat etib va
boshqarib borish, hamda
mahsulotni saqlash;
8)tayyor mahsulotni
hajmlardan olish va
idishlarga joylash.
1) navlar va katta-
kichiklikka qarab
ajratish;
2)yuvish,
3)ziravorlarni
tayyorlash,
4)namokob tayyorlash,
5)bochkani bodring va
ziravorlar bilan
to’ldirish hamda
namokob quyish,
6)achish tartibini
nazorat va boshqarib
borish,
7)saqlash.
1) navlar va katta-
kichiklikka qarab
ajratish;
2)yuvish,
3)ziravorlarni
tayyorlash,
4)namokob tayyorlash,
5)bochkani pomidor va
ziravorlar bilan
to’ldirish hamda
namokob quyish,
6)achish tartibini
nazorat va boshqarib
borish,
7)saqlash.
51
Xom ashyoni tayyorlashda navlarga ajratish, yuvish, tozalash, maydalash
amalga oshiriladi. Bodring va pomidor yuvilgach, yirik mevalari 2—3 mm
qalinlikda doira shaklida kesiladi, patissonlar qismlarga bo‘linib, piyoz va
sarimsoq po’stidan holi etiladi, ildiz mevalilar tozalanib maydalanadi, loviya
maydalab kesiladi, rangli karam guldastalarga karab bo‘linadi, oq va qizil karam
to‘g‘raladi, garimdoridan uruglar dastasi bilan olib tashlanadi. Pomidor, bodring,
patisson va sarimsoqlardan boshqa barcha sabzavotlar oqartiriladi.
Marinadlarni tayyorlashda tuzlamalardan ham yarim fabrikat sifatida
foydalanish mumkin. Faqat foydalanishdan oldin suvda ivitib, tarkibidagi tuz
miqdorini 1-3 foizgacha tushiriladi. Shuningdek, sabzavotlar aralashmasidan
assorti
-
marinadlar
tayyorlanadi.
Bunday
marinadlarni
tayyorlashda
foydalaniladigan xom ashyoning alohida turlar nisbati har xil bo‘lishi mumkin.
Masalan, 1-sonli assortiga —50-60 foiz bodring, 18-22 foiz rangli karam, 13—17
foiz piyoz, 3—5 foiz sabzi, 2-4 foiz yashil no‘xat yoki loviya qo‘shiladi.
Sabzavotlarni loklangan temir yoki shisha idishga, ya’ni kislotaga chidamli
idishlarga joylanib, ustidan marinad suyukligi kuyiladi. Masalan, 50—100 litr
marinad suyuqligi tayyorlanadi. Texnologik ko’rsatmalarga binoan avval tuz va
qand miqdorlari oz qismi suvda aralashtirilib, qaynatiladi va filtrdan o‘tkaziladi.
Agar dorivorlar idishda bo‘lsa, unda kand va tuz aralashmasiga sirka qo‘shilib,
idish suv bilan to‘ldiriladi. Sabzavot marinadlari tayyorlashda ham tuzlashda
ishlatiladigan ziravorlar — ukrop, selder, ekstragon, achchiq garimdori, sarimsoq,
lavr bargi va boshqalar qo‘shiladi. To‘ldirilgan idishlar zich yopilib, 85°S-90°S
haroratda sterilizatsiya kilinadi. Piyoz, oq va rangli karam hamda sarimsoqlardan
faqat nordon, bodring, pomidor, shirin garimdoridan nimnordon marinadlar
tayyorlanadi.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |