Tashkilotda marketing xizmati.
Tashkilot butun markting faoliyati va rejalashtirishni amalga oshiruvchi marketing tizimini
yaratishi kerak. Agar bu kichik tashkilot bo’lsa, marketing xizmatini bir kishi bajarishi kerak. U
xam marketing tadqiqotlarini olib boradi, ham savdo va reklamani tashkil etadi., ham mijozlarga
xizmat ko’rsatishni amalga oshiradi. Agar tashkilot katta bo’lsa, marketing xizmati bilan marketing
bo’limi shug’ullanadi. Bo’limda agentlar, marketing bo’yicha tadqiqotchilar, reklama bo’yicha
mutaxassislar, maxsulot ishlab chiqarishni boshqaruvchilar, bozor segmentlari bo’yicha
boshqaruvchilar, mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar ishlaydi.
Har bir tashkilot marketing bo’limini u ishlab chiqarish barqarorlashuvi va maxsulot sotish
ko’payishiga yordam berishi uchun tuziladi.
Marketing xizmatini tashkil etishning eng keng tarqalgan turi - funktsional tur bo’lib, unda
marketing bo’yicha mutaxassislar marketing faoliyatining turli vazifalarini bajarishga raxbarlik
qiladilar. Ular faoliyatini tartibga soluvchi marketing bo’yicha vitse-prezident (direktor
o’rinbosari)ga bo’ysunadilar.(sxemaga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |