Matritsali struktura
chiziqli va loyiha bo’yicha boshqaruv strukturalarining birlashtirilishi
natijasida quriladi. chiziqli boshqaruv tamoyili saqlanib qoladi, loyiha bo’yicha boshqarishga mos
ravishda esa mavzularni, ilmiy izlanishlar bo’yicha dasturlar, loyihalashtirish, texnologik
tayyorgarlik, eksperimental ishlab chiqarish, mahsulotni tayyorlash, sotish va h.k.lar tashkil
qilinadi.
Boshqaruvni tashkil qilishning matritsali strukturasida loyiha yoki dastur rahbarlarining
faoliyati erkinligi taminlanadi, ular oldiga qo’yilgan masalalar maqsadli hal qilinadi.
İ
shni tashkil
qilish bo’yicha rahbarning masuliyati aniqlanadi, ularning bajarilish muddati, yakuniy natijalar
bo’yicha rahbarning masuliyati aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv apparatini
belgilangan darajada qisqartirishga, boshqaruvning har xil darajalari va har bir bo’g’in chegarasida
alohida darajalarning vazifalari aniq ajratiladi, xalq xo’jaligi, korxona (firma)lar tarmoqlarining
xo’jalik mustaqilligini taminlashga imkon beradigan yangi tashkiliy tuzilmalar tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |