4-mavzu. O‘smalar. O‘smalarning umumiy tasnifi
To‘qimalarning haddan tashqari foydasiz o‘sib ketishiga
o‘sma
(blastoma)
deyiladi. Normal to‘qimaning o‘sma to‘qimasiga ayla-
nishi tufayli hosil bo‘lgan blastoma o‘z tuzilishi va faoliyatining
atipikligi, progressiv avj olishi va betartib o‘sishi, hamda ayrim
biologik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Epitelioma, biriktiruvchi, nerv, muskul va aralash to‘qimalardan
hosil bo‘ladigan o‘smalar, zararli va bezarar o‘smalar farq qilinadi.
Ko‘pchilik o‘smalarning nomlari odatda to‘qima nomining oxirgi
«oma» qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi, masalan, fi-
broma, epitelioma, nevroma, mioma. Bundan tashqari epitelial
to‘qimadan hosil bo‘ladigan zararli o‘smalarga rak (karsinoma) va
biriktiruvchi to‘qimadan hosil bo‘ladigan o‘smalarga esa sarkoma
kabi maxsus nomlar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |