Joʻjalar eksperimetal eymeriozida qoʻllanilgan kaksidiostatiklarni qonning morfologik koʻrsatkichlari hamda ayrim biokimyoviy koʻrsatkichlarga ta’siri ibragimov Davletbay



Download 51,91 Kb.
bet1/4
Sana20.07.2022
Hajmi51,91 Kb.
#828620
  1   2   3   4
Bog'liq
JOʻJALAR EKSPERIMETAL


JOʻJALAR EKSPERIMETAL EYMERIOZIDA QOʻLLANILGAN KAKSIDIOSTATIKLARNI QONNING MORFOLOGIK KOʻRSATKICHLARI HAMDA AYRIM BIOKIMYOVIY KOʻRSATKICHLARGA TA’SIRI


Ibragimov Davletbay -Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Hayvonlar fiziologiyasi biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi v.f.n., katta o‘qituvchisi. ibragimov468371@gmail.com
Eshimov Dusmurat - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Hayvonlar fiziologiyasi biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi mudiri b.f.n., dotsent.
Ibragimova Feruza Davletbayevna-Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Hayvonlar fiziologiyasi biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi assistenti. Ikromjonxalilov71@gmail.com
Aliyarov Soatmo‘min Abdihamid o‘g‘li - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “Hayvonlar fiziologiyasi biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi assistenti. aliyarovsoatmomin@gmail.com.
Shomurodov Mansur Amal o‘g‘li - Talaba. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Hayvonlar fiziologiyasi biokimyosi va patologik fiziologiya” kafedrasi laboranti. mansurshomurodov@gmail.com.


Annotatsiya. Maqolada joʻjalarning eksperimental eymeriozida qoʻllanilgan amprovet 2,5% li, toltroks 2,5 %li va Ximkaksid-7 koksidiostatiklarning samaradorligi kasallikka qarshi organizmda hosil boʻladigan immunitetga, invaziya intensivligiga qonning morfologik hamda leykositar formulasiga, jigar va qon zardobidagi retinol miqdorlariga ta’sir doiralari oʻrganilgan.
Kalit soʻzlar. Joʻja, saqlanuvchanlik, tirik vazn, eymerioz, o‘ldirish do‘zasi, oosista, immunitet, invaziya intensivligi, shprits, zond, qon, retinol, guruh.


Kirish. Avvalari yurtimizga parrandachilik mahsulotlari, asosan, chetdan keltirilgan bo‘lsa, endilikda yurtimizning tadbirkorlari tomonidan yetarlicha yetishtirilib berilayapti. Bozorlarimiz rastalarida qatorlashib turgan tovuq go‘shti va tuxum mahsulotlarini xalqimiz iste’moli uchun ishlab chiqarish tizimi yanada rivojlanib kelinmoqda.
Parrandachilik chorvachilikning eng ustuvor tarmoqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi, chunki parranda tuxumi va go‘shtini ishlab chiqarishda yuqori darajada ekanligi, go‘sht mahsulotini yetishtirishga nisbatan kam xarajat sarflanishi alohida aytilib o‘tishga molikdir. So‘nggi yillarda yurtimizda parrandachilikka bo‘lgan e’tibor kuchaydi. Hukumatimizning bevosita tashabbusi bilan tarmoqqa bir qator imtiyozlar berildi.
Parrandachilik biologik jihatdan yuqori darajada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega daromadli tarmoqlardan biridir.
Oziq-ovqat xavfsizligini barqaror ta’minlashda parrandachilikni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Parrandachilik chorvachilikning tez yetiluvchan sohalaridan biri bo‘lib, aholini parhez go‘shti va tuxum mahsulotlari bilan ta’minlash imkonini beradi.
Eymerioz bu invazion kasallik boʻlib, oosistalar ichakning shilliq pardalarida koʻpayib yeb yemiradi ich ketishi, organizmning suvsizlanishi va oqibatda hazmlanish jarayoni buzilishi kuzatilib tovuqlarning koʻpchiligi nobud boʻladi. [ 8,10 ]
Har bir tovuqxonada eymerioz kasalligini davolash uchun ishlatiladigan kaksidiostatiklar bir xil ta’sir qilmasligi mumkin chunki, qoʻzgʻatuvchilarning ularga qarshi qoʻllaniladigan preparatlarga qoʻzgʻatuvchilarning sezgirlik darajasi turlichadir Kasallik qoʻzgʻatuvchilari axlat bilan ajralib tashqi muhitni zararlaydi va ular tashqi muhitda optimal haroratda va namlikda bir necha oylab yashashi mumkin. Ularni davolash uchun har xil kimyoviy guruhlarga mansub boʻlgan kaksidiostatiklar ishlatiladi. [ 3, 4 ]
Tovuqlar intensiv rivojlanayotgan bir davrda ularning orasida invasion kasalliklardan biri boʻlgan eymerioz tez-tez uchrab koʻpchiligi nobud boʻladi qolganlari esa oʻsish va rivojlanishdan orqada qolib xoʻjaliklarga katta iqtisodiy zarar yetkazadi. [ 5, 7 ] Kasallik qoʻzgʻatuvchilari ularga qarshi qoʻllanilayotgan preparatlarga moslanuvchanlik darajasi yuqori boʻlganligi uchun yangi kaksidiostatiklarni sinovdan oʻtkazib xoʻjaliklarga tadbiq etish dolzarbdir. [ 2,9,11 ]

Download 51,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish