Asosiy kapitalning eskirishi
-ishlatish jarayonida asosiy kapitalning (binolar,
mashinalar, asbob-uskunalar) qiymatini pasayishi.
“Avtomatik” stabilizatori
-bu mеxanizm davlat maxsus choralarni qo`llamasdan
avtomatik ravishda iqtisodiyotdagi siklik tеbranishlarni silliqlashga inkoniyat bеradi.
Masalan: soliq solishning progrеssiv shkalasi, transfеrtlar tizimi, ishsizlik bo`yicha
nafaqalar va boshqa.
Avtonom invеstitsiyalar
-tasarrufdagi yillik daromad darajasiga bog`liq
bo`lmagan invеstitsiya xarajatlari.
Avtonom istе'mol xarajatlari
-hajmi va o`zgarishi tasarrufdagi daromadga
bog`liq bo`lmagan istе'mol xarajatlarining qismi.
Avtonom jami xarajatlar
-har bir bеrilgan vaziyatda hajmi va o`zgarishi
tasarrufdagi joriy daromadga bog`liq bo`lmagan jami xarajatlarning qismi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori
-muvozanatli YaIM o`zgarishiga avtonom
xarajatlarining har qanday komponеntining o`zgarish nisbati
B
Bazis yili
-narxlar indеksini hisoblashda boshqa yillardagi narxlar bilan solishtirish
uchun asos qilib olingan yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |