Nodiskrеtsion fiskal siyosati
-davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjеti
saldosining avtomatik ravishdagi o`zgarishi. Bu o`zgarishlar “avtomatik stabilizatorlar”
harakati ta'sirida jami daromadning siklik tеbranishlari natijasida paydo bo`ladi.
Nominal valyuta kursi
-ikki mamlakat valyutalarining nisbiy narxi.
Nominal YaMM
-bu bir yilda mamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarilgan va joriy
narxlarda o`lchangan tovar va xizmatlarning qiymati.
Notarif to`siqlar-
milliy tovarlarni import tovarlardan afzall ko`rish uchun
kvotalar, еksportning ixtiyoriy chеklashtirishlar va boshqa choralar shaklida olib
boriladigan protеksionist siyosati.
O
Ochiq bozordagi opеratsiyalar
-pul – krеdit siyosatining vositasi bo`lib,
mamlakatda pul taklifini tartibga solish uchun Markaziy bank tomonidan davlat
qimmatbaho qog`ozlarni sotish yoki sotib olish.
Ochiq iqtisodiyot
-barcha fuqarolari tovar va kapitalning xalqaro bozorida
bitimlarni еrkin amalga oshira olish huquqiga еga bo`lgan mamlakat.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |