O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/192
Sana18.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#453343
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   192
frazeologik omonimiya 
deyiladi: javobini bermoq – 1) biror 
savolga javob qaytarmoq; 2) biror xizmatchini ishdan bo'shatmoq kabi. 
Odatda, frazeologizmlar tildagi erkin so'z birikmalari asosida hosil 
bo'ladi. Biroq ular ko'chma ma'no kasb etib, komponentlari o'zaro birikib yaxlit 
holda qo'llanishi natijasida singib ketadi. Masalan, joyiga keltirmoq, o'rniga 
qo'ymoq iboralari erkin birikmalarni eslatadi. Lekin ular ko'chma ma'noda 
qo'llanib, "ishni (vazifani) yaxshi bajarmoq", "biror ishni tartibli bajarmoq" 
ma'nolariga ega bo'lgan. Frazeologizmlarning ba'zi turlari milliy urf-odatlarni 
aks ettiradi. Ularni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda iboraning kompo-
nentlarini so'zma-so'z ag'darmay, to'g'ri keluvchi iboralardan – muqobillardan 
foydalaniladi. 
Frazeologizmlar grammatik (sintaktik va morfologik) tuzilishi bilan farq 
qiladi. Ularning tarkibida ot, sifat, fe'l va boshqa so'z turkumlari ishtirok etadi 
hamda komponentlarining sintaktik birikuvi ham turlicha bo'ladi: olam guliston, 
ta'bi xira, kayfi buzuq, tepsa-tebranmas, qorasi o'chmoq, yuragi qora, o'ziga kel-
moq, o'rtaga tashlamoq, katta gapirmoq kabilar. 
Tarkibida taqlid so'zlar bo'lgan frazeologizmlar alohida ko'chma ma'nolari 
bilan ajralib turadi: yuragi duk-duk qilmoq, piq-piq qilmoq, taq-taq etmoq kabi. 
Ba'zi frazeologizmlarning tarkibida boshqa tillardan kirgan so'zlar ham 
ishtirok etishi mumkin: infarkt qilmoq, gapning indollisini aytmoq kabi. 
Frazeologizmlar semantik tomondan umumlashgan ko'chma ma'no ifodala-
sa, grammatik tomondan ularning butunligi komponentlarining o'zaro birikuvi 
va gapda ham shu tartibini saqlab qolishi bilan izohlanadi. 

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish