O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/192
Sana18.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#453343
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   192
 TERMINOLOGIYA 
So'zlar ko'pincha ko'p ma'noli bo'ladi. Biroq shunday so'zlar ham borki
ular fan, texnika, san'at va madaniyatga oid tushunchalarni ifoda qilib, bir 
ma'noda ishlatiladi. Bunday so'zlar terminlar deyiladi (lotincha terminus – "che-
gara, oxirgi nuqta" ma'nosida). Har bir fan, texnika, san'at va madaniyatga oid 
bo'lgan terminlar birlashtirilib terminologiya deb ataladi. Masalan, tilshunoslik 
fani o'z terminlariga ega, masalan, unli, undosh, reduksiya, omonim, sinonim, 
ega, kesim, leksema, semema kabilar. Geografiyaga oid terminlar: pasttekislik, 
ko'rfaz, orol, yarim orol, sharq, g'arb, janub kabi. Terminlar fandagi tushun-
chalar bilan bog'liq bo'lib, ularning ma'nosi qaysi fan va texnika sohasida 
qo'llanishi orqali aniqlanadi. Terminlarning ko'p ma'noda qo'llanishi fan uchun 
ijobiy xususiyat hisoblanmaydi. Chunki bir terminning turli fanlarda har xil 
ma'nolarda qo'llanishi ba'zi noaniqliklarga olib kelishi mumkin. Terminlarning 
asosiy belgilari ularning bir ma'noliligi (monosemantik ekanligi), neytral, alo-
hida emotsional-ekspressiv bo'yeqqa ega emasligi, biror fan va texnika sohasiga 
tegishli ekanligi bilan izohlanadi. Ba'zan terminlar badiiy asarlarda stilistik 
talabga ko'ra ishlatilishi mumkin. Bunday terminlarning ishlatilishi kontekst bi-


- 87 - 
lan bog'lanadi. Masalan, astronomiyaga tegishli ikar termini badiiy jihatdan 
odam bilan tenglashtiriladi: 
Fazoga ilk bora qanot qoqqanni
Ikar deb atamish hayolan inson. 
(
A.Oripov

Termin uchun kontekstning bo'lishi shart emas. U kontekstsiz ham alo-
hida bir tushunchani ifoda qila oladi. Masalan, vint, lokator, kislota, fosfor, kis-
lorod, vodorod kabi. 
Ba'zi terminlar bir qancha fanlar uchun umumiy bo'lib qolgan. Masalan, 
avtomat so'zi. Biroq avtomat mashinalarning har bir turi o'z nomiga ega. 
Ko'pincha, avtomat mashinalarning uzundan-uzoq nomi aytilmay, avtomat ter-
mini qo'llaniladi. Har bir fanning o'z terminlar sistemasi mavjud. Terminlar 
narsalarning nomini, ba'zi jarayon yoki holatlarni (ximiyaviy yoki fizik) belgi, 
o'lchov, ishlash tartibi, fan va texnikaning sohalari va shohobchalari hamda kasb 
va mashg'ulotini ifolalaydi. Terminlar ham so'zlar kabi o'zining tovush 
strukturasi (ifoda jihati) va ma'no jihatiga egadir. Ko'pgina terminlarning talaf-
fuzi bilan ularning qaysi fanga tegishli ekanligini bilish mumkin. Chunki termin-
larning ifoda va mazmun jihatlari o'rtasidagi bog'lanish ancha uzviy hisoblanadi. 
Terminlar bir, ikki so'zdan tashkil topgan va so'zlar birikmasi tarzida bo'lishi 
mumkin. Masalan, son, kasr son, g'ildirak aylantiruvchi dvigatel, kimyoviy ja-
rayon, vodorod bomba kabi. Kelib chiqishi jihatdan terminlar har bir tilning ich-
ki zaxiralariga xos va boshqa tillardan o'zlashgan bo'lishi mumkin. O'zbek 
tilining ichki zahiralari manbaida paydo bo'lgan terminlarga tilshunoslikdagi 
to'ldiruvchi, hol, aniqlovchi, kesim, qo'shma gap kabilarni ko'rsatish mumkin. 
O'zbek tilida chet tillardan o'zlashgan terminlar juda ko'p. Masalan, tib-
biyot, biologiya, tilshunoslik, fizika, kimyo, astronomiya va boshqa fanlarda lo-
tin, grek, arab va boshqa tillardan kirgan so'zlar juda ko'p ishlatiladi. Ba'zi 


- 88 - 
terminlar tilda bor bo'lgan so'zlarni turli shakllarda, jumladan, kichraytirish 
ma'nosida qo'llash orqali yasaladi: tilcha, oyoqcha kabi. Ko'pgina terminlar ular 
ifodalaydigan tushuncha yoki jismning nomi bilan butunlay bog'lanmaydi. Bun-
day terminlar biror mashhur kishi yoki voqea sha'niga qo'yilgan bo'lishi mum-
kin. Masalan, Sibirda topilgan jism Yu.A. Gagarinning birinchi bor koinotga 
parvozi sha'niga 

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish