O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/192
Sana18.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#453343
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   192
 TILNING LUG'AT TARKIBI 


- 93 - 
Tilning leksikasi tildagi barcha so'zlarni o'z ichiga oladi. Tilda bor bo'lgan 
barcha so'zlar uning lug'at tarkibini tashkil etadi. Tilda bor bo'lgan so'zlarning 
hisobi aniq emas. Har bir til o'zining lug'at tarkibiga ega bo'lib, yuz minglab 
so'zlarni o'z ichiga olgan. Eng mukammal tuzilgan lug'at ham barcha so'zlarni 
qamrab ololmaydi. Chunki tilning asta-sekin rivojlanish jarayonida uning lug'at 
tarkibi ham takomillashib boradi. Barcha yangi so'zlar yoki eski so'zlar lug'atdan 
o'rin olmagan bo'lishi mumkin. 
Odatda lug'at tarkibidagi so'zlar ishlatilishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: 
ko'p ishlatiluvchi so'zlar yoki faol lug'at va kam ishlatiluvchi so'zlar yoki nofaol 
lug'at. Ko'p ishlatiluvchi so'zlar barcha uchun tushunarli bo'lishi bilan ajralib tu-
radi. Masalan, choy, non, ovqat, kelmoq, ketmoq, chiroyli, xunuk, gul, yo'l kabi. 
Bundan tashqari, xalqning turli guruhlari ham o'z faol lug'atiga ega bo'lishi 
mumkin. Jumladan, tilshunoslar affiks, fonema, morfema, sintaksis, sinonim, 
omonim kabi so'z-terminlarni ko'p qo'llaydilar. Faylasuflar esa zamon, makon, 
obyektiv borliq, bazis, ustqurma kabi terminlardan ko'proq foydalanadilar. Bu esa 
har bir guruhdagi kasb egalarining o'z faol lug'ati borligini ko'rsatadi. 
Kam ishlatiluvchi so'zlar (nofaol lug'at)ga tilda mavjud bo'lgan, lekin 
doim ham qo'llanmaydigan so'zlar kiradi. Masalan, yuho, po'rtana, mo'ndi kabi 
so'zlar o'zbek tilida nofaol lug'atni tashkil etadi. 
Faol va nofaol lug'at o'rtasida aniq chegara yo'q. Ba'zan faol so'zlar yangi 
so'zlar bilan almashtirilib, kamroq ishlatilishi natijasida nofaol lug'atga o'tadi. 
Masalan, bir vaqtlar faol lug'atga mansub bo'lgan omoch, qozi, ellikboshi kabi 
so'zlar keyingi paytda nofaol lug'atg'a o'tdi. Aksincha, nofaol lug'atdagi so'zlarn-
ing ishlatilishi faollashadi. Masalan, jamiyat taraqqiyotida paydo bo'lib turadi-
gan yangi so'zlar dastlab nofaol lug'atga kiradi. Ularning ma'lum qismi 
keyinchalik qo'llanish doirasi kengayib, hammaga tushunarli bo'lib, faol lug'atg'a 
o'tishi mumkin: traktor, gektar, invistitsiya va boshqalar. Bu hol jamiyatning 


- 94 - 
rivojlanish jarayonida kishilar nutq madaniyatining ham o'sib borishi bilan 
bog'liq. 
Faol va nofaol lug'at tushunchalari chet tiliga o'rgatishda ko'p qo'llanadi. 
Leksikologiya tilning lug'at tarkibini turli qatorlarga yoki guruhlarga 
ajratib o'rganadi. Lug'at tarkibini bunday tasnif qilishda ularning tarixiy kelib 
chiqishi va ishlatilishiga e'tibor beriladi. Jumladan, barcha kishilar tomonidan 
keng qo'llanuvchi so'zlar alohida guruhni tashkil etadi. Ular kundalik turmushda 
eng ko'p ishlatiluvchi so'zlardir. Qo'llanishi ma'lum bir hudud bilan chega-
ralangan so'zlar dialektizmlar leb ataladi va ular ham alohida guruhni tashkil 
etadi. Masalan, shoti so'zi Toshkent shevasida arava qismining nomi; Farg'ona 
shevalarida: a) narvon, b) arava qismi; pashsha so'zi Toshkent shevasida pashsha 
(муха), Farg'ona shevasida chivin; tuxum so'zi Toshkent shevasida tuxum 
(яйцо), j-lovchi shevalarda mayak, qipchoq shevalarida urug'
1
deb ishlatiladi. 
Lug'at tarkibidagi fan va texnika sohalarida ishlatiluvchi so'zlar terminlar 
deb, ularni o'rganuvchi soha esa 

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish