O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

 
Din va falsafa. 
Ellinizm davrida yunon dunyosi Sharq diniy tasavvurlarini qabul qila 
boshladi. Misrda Kichik Osiyo xudosi Serapisga sig‗inish avj oldi. Misr ma‘budasi Isidani 
yunonlar Demetra sifatida qabul qildilar. Pergamda Frigiya ma‘budasi (Kibela - yerning onasi) 
bosh ma‘buda sifatida qabul qilina boshlandi. Ellinlashgan Sharq ilohlarining barchasi mis- tik 


62 
va ekstatik edi. 
Ellin davlatlarida turli xudolar, turli xalqlarning diniy e‘tiqod- lari keng tarqaldi. Diniy 
tolerantlik shakllandi. Joylarda dinning universalligini namoyish qilishga intilib, barcha 
xudolar- ga atab ibodatxona - Panteon qurila boshlandi. Ana shunday Panteon Aleksandriyada 
qurildi. Yunonistonda yahudiy dini tarqala boshladi. Yunonlar bu monoteistik dinga ishonib
uni qabul qildilar. Yahudiy diniga yangi qabul qilinganlar «prozelit- lar» deb ataldi. 
Turli hududlarda turli xudolarga e‘tiqod qilish saqlanib qol- sa-da, ayrim xudolarga e‘tiqod 
qilish keng tarqaldi. Zevs, Dio- nis, Osiris hamda Kichik Osiyo ma‘budlari Sabaziy va Adonis - 
ga, ayol ma‘budalardan Misr Isidasiga sig‗inish keng yoyildi. Sharqda shakllangan sinkretik 
e‘tiqodlar Kichik Osiyo, Yunoniston va Makedoniya, keyinchalik esa G‗arbiy O‗rtayer 
dengiziga kirib bordi. 
Ellin madaniyatining tarqalishidagi eng muhim omil an‘ana- viy va yangi paydo bo‗lgan 
ko‗plab bayramlar bo‗ldi. Xudolar sharafiga o‗tkaziladigan bayramlar bir qatorda homiy 
podsho- lar sharafiga diniy markazlar va poytaxtlarda o‗tkaziladigan maxsus bayraml ar paydo 
bo‗ldi. Misol uchun, ana shunday bayramlardan biri mil.avv. 165-yil poytaxt Antioxiya 
yaqinida salavkiy sulolasi hukmdori Antiox IV (mil.avv. 175-160-yil- lar) tomonidan 
o‗tkazilgan bayramni ko‗rsatish mumkin. Bu bayramning ochilishida 50 mingga yaqin piyoda 
va otliq askar- lar, jang aravalari va fillar, oltin gulchambar kiygan 800 o‗smir va oltin hamda 
kumush bilan bezalgan taxtiravonlarda o‗tirgan 580 ta ayollar; xudolar va qahramonlarning 
son-sanoqsiz boy bezalgan haykallari; yuzlab qullar oltin va kumush buyumlar, fil suyagini 
olib borar edilar. Manbada 300 qurbonlik dastur- xonlari va minglab boqilgan buqalar 
ko‗rsatiladi. Bayram 30 kun davom etib, bayram davomida turli xil gimnastika o‗yinlari, 
bellashuvlar, teatr tomoshalari, ming-bir yarim ming kishiga mo‗ljallangan bazmlar va ov 
uyushtiriladi. 
Ptolemeylar Misrda qadimgi fir‘avnlar davrida bo‗lganidek, podsho hokimiyatining 
mavqeyi kuchayib ketdi va ellin shar- qidagi boshqa mamlakatlardagi kabi Misrda podsholarga 
sig‗inish yana avj oldi. Ptolemey II Filadelf o‗zi va o‗z singlisi Arsinoyaga sig‗inishga farmon 
berib, o‗zi va singlisi sharafiga ibodatxonalar qurdirdi. Shuningdek, Misrda Ptolemey III va 
uning xotini Berenikaga sig‗inish keng yoyildi. 
O‗sha davr falsafasida inson shaxsini o‗rganish muammosi birinchi o‗ringa chiqa boshladi. 
Mil.avv. V-IV asrlarda ikki falsafiy maktab: yangi stoik va epikur maktablari vujudga keldi. 
Ular inson, shaxs nima, baxt nima degan savollar ustida bosh qoti - ra boshladilar. Afinada 
stoiklar maktabiga mil.avv. 302-yil kelib chiqishi Kipr orolidan bolgan faylasuf Zenon 
(mil.avv. 336-264-yil- lar) asos soldi. Bu maktabga ellin davrining ko‗pgina taniqli fayla- 
suflari va olimlari kirgan edi. Stoiklar Afinaning eng gavjum joyi bolmish agorada, naqshin 
peshayvon «stoya» ostida va‘z aytib, o‗z tinglovchilariga ta‘lim berar edilar (Bu maktabning 
nomi ham shu so‗zdan kelib chiqqan). Stoizm yunon va Sharq nazariyalarining sintezi edi. U 
keng tarqalgan va shu bilan birga, uzoq yashagan ellin falsafiy maktabi edi. Stoikla r hamma 
narsani, shu jumladan, fikr, so‗z, olov va shu kabilarni ham jism deb atar edilar. Butun olamni 
stoiklar rivojlanib turadigan olov deb hisoblashar edi. Stoiklar barcha odamlar teng degan 
g‗oyani ilgari surdilar. Ular insonlar tabiat bilan uyg‗un holda yashab, baxt va ilohiylik topadi, 
degan fikrni shakllantirdilar. 
Mil.avv. IV asrda Afinada Epikur falsafa maktabi shakllandi. Faylasuf Epikurning bog‗ida 
uning do‗stlari va shogirdlari to‗planib, falsafiy suhbatlar qurdilar. Bozorlar, maydonlar, odam 
l ar ko‗p bo‗lgan joylarda o‗z ta‘limotlarini targ‗ib qilgan stoiklardan farq qilgan holda Epikur 
tinch va sokin joyda ta- fakkur qilishni yo‗lga qo‗ydi. Epikurchilar «Baxtning mohiyati - 
azobning yo‗qligidir», «Kimda kam ehtiyoj bo‗lsa, u kishida ko‗p farog‗at bo‗ladi» 
tushunchalarini ilgari surdilar. 


63 
Aleksandrning ustozi faylasuf Aristotel «Afina politiyasi» asa- rini yozib, davlat 
boshqaruvining uch shaklini: bir kishining qo‗lidagi hokimiyat - monarxiyani, ozchilik 
hokimiyati - oli- garxiya, uchinchisi ko‗pchilikning hokimiyati demokratiyani ko‗rsatdi. 
Mil.avv. III asrda yana bir falsafiy maktab - skeptiklar maktabi shakllandi. Bu maktabga 
Arastuning kichik zamon- doshi Pirron asos soldi. Skeptiklar atrof dunyoni bilib bo‗lmay- di, 
uning tabiati to‗g‗risidagi barcha nazariyalar xayol deb hi- sobladilar. Shuning uchun ular 
fizika bilan shug‗ullanmadi- lar. Dunyoni bilish nazariyalarini yaratmadilar. Lekin boshqa 
maktablar yaratgan nazariyalar tanqidiga e‘tibor berdilar. Ular: «Barcha narsalarni hech 
qachon bilib bo‗lmaydi, ular haqida na haqiqatni, na yolg‗onni aytishlari mumkin emas», deb 
hi- sobladilar. 
Skeptiklar falsafiy oqimi tibbiyotga ta‘sir qildi. Tabiblar ka- salliklarning sabablarini 
bilishlari mumkin emas, faqat bemor kasalligini kuzatish kerak, kasallikni kasalda dorilarni 
sinash bilan davolash zarur, degan tushunchani ilgari surdilar.
Mil.avv. IV asrda falsafada yana bir maktab - kiniklar paydo bo‗ldi. Bu maktab asoschisi 
Antisfen bo‗lib, Diogen uning mashhur o‗quvchisi edi. Kiniklar tabiatga qaytish qulaylikla- 
ridan voz kechishni talab qildilar. Inson yaratgan qonun-qoi- dalari tabiatga qarama-qarshidir 
deb, davlatni tan olmadilar. Ular ko‗chalar, maydonlar va portlarda olomon oldida so‗zga 
chiqib, mavjud tartib-qoidalarning noto‗g‗riligini asosladilar. Kambag‗allikni nafaqat so‗zda, 
balki o‗z turmush tarzlari bilan targ‗ib qildilar. 
1.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish