O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

2.1.10. Qadimgi Rim. (2 soat) 
Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi aholisi 
1.
 
Apennin yarim orolining geografik o„rni va tabiiy sharoiti. 2. Qadimgi Rim tarixi 
manbalari. 3.Rim tarixi tarix- navisligi. 4. Rim tarixini davrlashtirish. 5. Apennin yarim 
orolining qadimgi aholisi. 
1.
 
Apennin yarim orolining geografik o„rni va tabiiy sha- roiti. 
Qadimgi Italiya (yunoncha 
«Buzoqlar mamlakati») deb, dastlab o‗zining sero‗t yaylov-o‗tloqlari bilan ma‘lum bo‗lgan 
Apennin yarim oroli janubi aytilgan. Apennin yarim oroli O‗rtayer dengizi dunyosining 
markazida joylashgan bo‗lib, qadimda qulay geografik va iqlim shart-sharoitlariga ega bo‗lgan. 
Italiyani sharq, janub va g‗arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adri- atika dengizlari o‗rab, uni 
O‗rtayer dengizining barcha mam- lakatlari bilan bog‗lagan edi. Mil.avv. I ming yillikda 
Italiyaning shimoliy hududlari mo‗tadil iqlim zonasida bo‗lib, Apennin yarim orolining qolgan 
hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog‗lari, janubda 
Mes- sin qo‗ltig‗i uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning g‗arbiy qirg‗og‗i qulay buxtalarga 
boy bo‗lib, dengizchilik va savdoning rivojlanishiga turtki berdi. 
Italiyaning ko‗pgina qismini tog―lar egallaydi. Faqatgina 20 % hududi tekisliklardan iborat. 
Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari, Latsiya tekisligi va Po daryo vodiysi 
dehqonchilik uchun qulay bolganligi uchun bu yerda tariq, bug‗doy, pol- ba ekilgan. Qadimda 
bog‗dorchilikda zaytun daraxtlari va uzum- chilik bilan shug‗ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va 
o‗rmonlarga boy edi. Qadimda foydali qazilmalar ko‗p emas edi: temir, mis, qo‗rg‗oshin, oltin, 
kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz. 
Qadimgi Italiyani geografik jihatdan 3 qismga bo‗lish qabul qilingan: 
1.
Shimoliy (Liguriya, Alp orti Galliyasi va Venetsiya); 
2.
O‗rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy); 
3.
Janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya). 
Apennin tog‗lari janubiy-sharqqa tomon cho‗zilib, Arelin tu- 
manida Adriatika dengizigacha yetib boradi. Yarim orolning shimoliy qismi markaziy va janubiy 
qismidan ajratib turadi. Uning shimoliy iqlimi o‗rta Yevropa iqlimiga yaqinroq. Yarim orolning 


67 
bu qismi juda hosildor bo‗lib, keyinchalik Italiya deb atala boshlangan. Dastlab bu nom yunonlar 
Italiya deb atagan aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan aytilgan.
Mil.avv. V asrda Po daryo vodiysiga gallar ko‗chib kelib, u yerdan etrusklarni siqib 
chiqardilar. Shu sababli, bu o‗lka Rimda «Sizalp Galliyasi» deb nom oldi. U Sispadan Galliyasi, 
Po daryosining o‗ng qirg‗og‗i va Transpadan Galliyasi (daryo- dan shimol tomondagi viloyat)ni 
o‗z ichiga oladi. Italiyaning o‗zi Apennin janubidan boshlanadi. Markaziy Italiyaning g‗arbiy 
qismi madaniyat tarixida o‗z yer tuzilishiga ko‗ra, muhim rol o‗ynadi. Bu yerda etrusk (hozirgi 
Florensiya), lotin markazi Rim, Kampaniya (Kapuya va Neapol bilan) kabi uch tekislik yotadi. 
Bu yerdan kemachilik uchun qirg‗oqlari qulay tabiiy portlari bo‗lgan Tibr daryosi oqib o‗tadi. 
Lotin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy-sharq- dan Sabin, sharqdan Alban, 
janubdan Volsk tog‗lari bilan o‗rab turishi yarim orol tarixida lotin xalqlarining yuksalishiga 
sabab bo‗ldi. Italiyaning sharqiy qismi tog‗lik bo‗lib, janubga tomon mars, piligin, marrusen, 
vistenlar vatani bo‗lgan yovvoyi Sabin tog‗lari cho‗zilib ketadi. Undan so‗ng Samniy tepaliklari 
yotadi. Janubiy Italiyaning g‗arbiy qismida samniylarga qarindosh tog‗li qabilalar joylashgan 
tog‗lik Lukaniya va Bruttiya yotadi. Sharqiy qismida suvsiz Apuliya va Kalabriya viloyatlari 
bo‗lib, bu yerda Tarent qo‗ltig‗i orqali Yunonistondan kolonistlar kelgan. Bu yerda Tarent, 
Regey, Kroton, Metapont, Posidoniya, Eleya kabi ko‗p sonli yunon koloniyalari barpo etilib, 
qadimda Buyuk Yunoniston deb atalgan. 
Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o‗rin tutadi. Orolning sharqiy va 
janubiy hududlarini mil.avv. VIII asr- dan boshlab yunonlar egalladilar. Bu yerga ilgariroq 
finikiya- liklar kelib, Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsel) shaharlariga asos 
soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon daraxtlari o‗stirilgan. Italiyaga xurmo va anorni 
karfagenliklar 
olib keldilar. Yunonistonga qaraganda, Italiyada hosildor yerlar ko‗proq. Ayniqsa, Po daryo 
vodiysi, Kampaniya viloyati sikurn va falern navli vinolari bilan mashhur edi. Italiyada dehqon-
chilik uchun juda ko‗p botqoq yerlar quritilib, sun‘iy sug‗orish ishlari amalga oshirildi. Bu ishning 
mohir ustasi etrusklar edi. Mamlakatda metall juda kam bo‗lgani uchun u chetdan olib kelingan. 
Faqat Etruriyadan mis va qo‗rg‗oshin, Elba orolidan temir qazib olingan. Metallga ishlov berishda 
etrusklar katta yutuqlarga erishdilar.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish