18
Bugungi kunda respublikamizda 6000 dan ziyod qurilish materiallari ishlab
chiqaruvchi korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Yiliga 10 mln. kvadrat metr oyna
tayyorlovchi “Kvarts” AJ, 60 ming tonna quruq qurilish
qorishmalari ishlab
chiqaruvchi “Buxorogips” qo’shma korxonasi, 20 mln. kv. m. gipsokarton
tayyorlash quvvatiga ega “Knauf Gips Buxoro” XK, 3,5 mln. kv. m sopol plitkalari
ishlab chiqaruvchi “Moderna Ceramic Industries Fergana” QK, 75 ming dona
sanitar-texnika buyumlari tayyorlash quvvatiga ega “Grand Art Ceramics” QK
shular jumlasidandir.
Qolaversa, tizimda 900 dan ortiq korxonalarda yiliga 3,6 mlrd. dona
devorbop materiallar tayyorlash yo’lga qo’yilgan, sopol plitkalar ishlab chiqarish
hajmi yiliga 0,6 mln. donadan 11 mln. donaga ko’paytirildi,
tsement
tayyorlashning yillik hajmi esa 3,6 mln. tonnadan 8,2 mln. tonnaga oshirildi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida qurilish materiallari sanoati korxonalarini
davlat tasarrufidan chiqarish deyarli yakunlandi. Pirovardida aktsiyadorlik
jamiyatlari (AJ), mas`uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ), xususiy korxonalar
(XK), qo’shma korxonalar (QK), xorijiy korxonalar (XK) va boshqa ko’rinishdagi
mulkchilik shakllari yaratildi. Bunday korxonalar qarorlar qabul qilishda erkin
bo’lib, o’z faoliyatini bozor talablariga muvofiq olib boradi.
Shu tariqa ularda
mavjud quvvatlar oshirilib, zarurat tug’ilganda, ishlab chiqarish tuzilmasi yangidan
shakllantiriladi. Kompaniya tarkibidagi “Qizilqumtsement” AJ, “Bekobodtsement”
AJ, “Kvarts” AJ hamda “Ohangaronshifer” AJlardagi davlat ulushlari savdoga
qo’yilib, xorijiy investorlarni keng jalb qilish ishlari davom ettirilmoqda.
E`tiborli jihati, mustaqillik yillarida jadal rivojlanayotgan va butunlay qayta
tiklangan qurilish materiallari sanoati xorijiy investorlar uchun eng jozibador, ya`ni
o’ziga jalb qiluvchi tarmoqqa aylandi. So’nggi 10
yil ichida unga kiritilgan
investitsiyalar 270 mln. AQSH dollaridan ortiq bo’lib, yillik o’rtacha o’sish sur`ati
49,2 foizni tashkil etgani ana shundan dalolat beradi.
19
Hissаdоrlik jаmiyati nizоm (ustаv) vа fоndgа egа bo‘lishi, tеng nоminаl
nаrхi ko‘rsаtilgаn mа’lum sоnli аksiyalаri bo‘lgаn vа fаqаt o‘z mulkining
mаjburiyatigа jаvоbgаrlikni оlgаn jаmiyat dеb tаn оlinаdi.
Hissаdоrlik jаmiyati оchiq yoki yopiq turdа bo‘lib u nizоmdа yoritilаdi vа
kоrхоnаni qаytа tuzish yoki yangi kоrхоnа оchish yo‘li bilаn tа’sislаnishi mumkin.
Hissаdоrlik jаmiyatining tа’sischilаri bo‘lib huquqiy
vа jismоniy shахslаr
chiqishi mumkin. Tа’sischilаr, hissаdоrlik jаmiyatini tuzish bo‘yichа ulаr
tоmоnidаn birgаlikdа fаоliyatni аmаlgа оshirish tаrtibini аniqlоvchi shаrtnоmаni
tuzаdilаr.
Hissаdоrlik jаmiyatlаrining аsоsiy vаzifаsi quyidаgilаr hisоblаnаdi:
qurilish vа qurilish ob’yektlаri hаmdа quvvаtlаrini ishgа tushirish
bo‘yichа vаzifаlаrni o‘z vаqtidа vа sifаtli bаjаrish;
Do'stlaringiz bilan baham: