O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Zoologiyani qadimgi dunyoda va o‟ yg‟onish davrida rivojlanishi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Zoologiyani qadimgi dunyoda va o‟ yg‟onish davrida rivojlanishi.
Hayvonlar to‘ 
g‘risidagi dastlabki yozma ma‘lumotlar miloddan avval V—IV asrga oid Misr, Xitoy va Yunon 
adabiyotlarida uchraydi. Lekin zoologiyaga oid ilk ilmiy asarlarni miloddan IV asr avval yashab 
o‘ tgan 
Arastu 
(Aristotel) yaratgan. Uning asarlarida 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot 
kechirishi va tarqalishi tushuntirib berilgan. Arastu hayvonlarni qonlilar va qonsizlarga ajratadi. 
Bu guruhlar hozirgi sistemaga muvofiq umurtqalilar va umurtqasizlarga yaqin keladi. Hayvonlar 
8 kichik guruhlar: to‘rt oyoqlilar, tuxum qoyuvchi ikki oyoqdilar, tuxum qoyuvchi to‘ rt 
oyoqlilar, hasharotlar, qisqichbaqasimonlar va boshqalarga ajratilgan. Arastu asarlarida organlar 
korrelyatsiyasi va gradatsiya to‘g‘risida ham sodda fikrlar mavjud. Qadimgi Rim 
tabiatshunoslari orasida 
Gay Pliniy
(miloddan so‘ ng 23-79 yillar) mashhur bo‘lgan. Uning 37 
jildli "Tabiat tarixi" asarida o‘sha davrda ma‘lum bo‘lgan hayvonlarga tavsif berilgan. 
Xurofot hukm surgan O‘rta asrlarda tabiatni o‘rganish qat‘iyan man etilib, ilm-fan 
namoyandalari esa ta‘qib ostiga olindi. Ana shu sababli zoologiya fanining rivojlanishi batamom 
to‘xtab qoldi, Aristotel va Gay Pliniy ishlari unutib yuborildi. 
Uyg‘onish davrida (XIV—XV asrlar) ilm-fan taraqqiyotining markazi G‘arbiy 
Yevropaga ko‘chdi. Bu davrda barcha tabiiy fanlar, jumladan zoologiya sohasida ham muhim 
kashfiyotlar qilindi. Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan va boshqa bir kancha 
sayyohlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari noma‘lum bo‘lgan hayvonlar kashf 
etildi. Bu davrda dunyoning turli joylaridan yig‘ib kelingan behisob materiallarni sistemaga 
solish va umumlashtirish zarur edi. Ayni shu davrda shveytsariyalik vrach va naturalist
YE.Gesner
(1516—1565) 17 jildli "Hayvonlar tarixi" asarini yozdi. Asar ko‘p jihatdan sodda 
yozilgan va unda noaniq ma‘lumotlar ko‘p bo‘lsa ham eng qadimiy entsiklopedik manba′ 
hisoblanadi. 
Zoologiya fanlarining taraqqiyotida XVII asrda mikroskopning ixtiro etilishi beqiyos 
katta ahamiyatga ega bo‘ ldi. Golland olimi 
A.Levenguk 
(1632—1723) "Mikroskop yordamida 
ochilgan tabiat sirlari" kitobi bilan ko‘z ilg‘amas hayvonlar dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim 
M. Malpigi
(1628—1694) umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasi kapillyarlari va 


ayirish organlari, hayvonlar terisining mikroskopik tuzilishini tasvirladi. Angliyalik 
U. Garvey
(1578—1657) odamning qon aylanish sistemasini birinchi bo‘ lib tushuntirib berdi. Lekin o‘ sha 
davrda olimlar o‘ rtasida ―jinsiy hujayralar va murtakda bo‘ lajak organizmning barcha organlari 
tayyor holda turadi‖, degan metafizik tushuncha hukmron edi. 
Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi to‘ g‘risidagi ta‘limot XVIII asrda paydo bo‘ 
ldi. Bu ta‘limotning negizini shved olimi 
K.Linney
(1707—1778) ishlari tashkil etadi. Uning 
"Tabiat sistemasi" asarida tur, urug‘, turkum, sinf kabi sistematik kategoriyalar asoslab beriladi. 
Olim turni urug‘ va tur nomi bilan atashni taklif etishi bilan 
binar nomenklaturaga
asos soldi. 
K.Linney hayvonot dunyosini sutemizuvchilar, qushlar, parrandalar, baliqlar, hasharotlar va 
chuvalchanglar sinflariga ajratadi. Lekin Linney turli sistematik guruhlar o‘ rtasida hech qanday 
bog‘lanish yo‘ q, degan g‘oyani himoya qilgan edi. 
K. Linney zamondoshi frantsuz olimi 
J. Byuffon
(1707-1768) o‘sha davrgacha zoologiya 
sohasida ma‘lum bo‘lgan barcha ma‘lumotlarni umumlashtiruvchi 36 jildli "Tabiat tarixi" asarini 
yaratdi. Asarda u birinchi bo‘lib turlarning o‘zgarishi to‘g‘risida o‘z fikrini bildiradi. 
XIX asr boshlarida fransuz olimi 
J. Kyuve
(1769-1832) paleontologik qazilmalarga 
asoslanib qadimda yashagan, lekin hozir qirilib ketgan hayvonlar xususida ma‘lumot beradi. U 
organizmning bir butunligi va turli organlarning o‘zaro bog‘langanligiga asosida o‘zining 
organlar korrelyatsiya to‘ g‘risida ilmiy g‘oyasini ilgari surdi. J. Kyuv′ye zoologiya faniga tip 
tushunchasini kiritadi. U hayvonot dunyosini umurtqalilar (sutemizuvchilar, qushlar, sudralib 
yuruvchilar, baliqlar); yumshoq tanlilar (mollyuskalar); bo‘ g‘imlilar (halqali chuvalchanglar va 
bo‘ g‘imoyoqlilar), nurlilar (ninaterililar, chuvalchanglar, infuzoriyalar)ga va 19 sinfga ajratadi. 
Lekin Kuv′ye ham Linney singari turlarning o‘zgarmasligi to‘g‘risidagi metafizik g‘oyani 
himoya qilib chiqqan edi. Uning vatandoshi va zamondoshi 
Sent-Iler
(1772-1844) esa turlarning 
tashqi muhit ta‘sirida o‘ zgarishi borasidagi g‘oyani himoya qilgan. 
XIX asr biologiya fanida tirik tabiatdagi murakkab formalarni eng sodda formalardan 
kelib chiqishi to‘g‘risidagi g‘oyalarning ustun kelishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda 
evolyutsion g‘oyalarni rivojlanishida 
T. Shvan
(1810-1882) va 
M. Shleyden
(1804-1881) 
tomonidan hujayra nazariyasini yaratilishi katta ahamiyatga molik bo‘ ldi. 
Turlarning o‘ zgarishi, murakkab formalarni oddiy formalardan taraqqiy etib chiqishi to‘ 
g‘risidagi ta‘limotni birinchi bo‘ lib frantsuz naturalisti 
J. B. Lamark
(1744- 1829) taklif etgan. U 
"Zoologiya falsafasi" asarida turlarning o‘zgarmasligi xususidagi metafizik qarashlarga zarba 
berib, o‘zining evolyutsion ta‘limotini asoslab beradi. Lekin Lamark evolyutsion jarayonning 
sabablarini ochib berolmadi. Olim K. Linney sistemasini yanada takomillashtirdi va umurtqasiz 
hayvonlarni 14 sinfga ajratishni taklif etdi. 
Zoologiyada evolyutsion g‘oyalar faqat 
Ch. Darvinning
(1809-1882) "Tabiiy tanlanish 
yo‘li bilan turlarning paydo bo‘ lishi" (1859) asari bosilib chiqqandan so‘ ng to‘ la-to‘ kis o‘z 
asosini topdi. Ch. Darvin turlarning o‘ zgarishi va organik olam evolyutsiyasini tushuntirish 
bilan birga evolyutsiyaning asosiy omillarini ham ochib berdi. U tirik mavjudotlar tuzilishining 
murakkablashib borishi va tashqi muhitga moslashuvining sababi uzoq davom etgan tabiiy yoki 
sun‘iy tanlanish ekanligini bayon etdi. Darvin ta‘limoti zoologiya fanlarining taraqqiyoti uchun 
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu ta‘limot olimlar oldiga hayvonlar evolyutsiyasi yo‘ nalishlari va 
sabablarini ochib berishdek yangi vazifalarni quydi. 


XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimlari 
E. Gekkel
(1834-1919) va F. Myuller 
(1821-1897) hayvonlarning individual rivojlanishi bilan tarixiy taraqqiyoti o‘rtasidagi 
bog‘lanishni ko‘rsatib beruvchi biogenetik qonunni kashf qilishib, evolyutsion ta‘limotni muhim 
dalillar bilan boyitishdi. 
XIX asrning oxiri va XX asr davomida quruqlik, dengiz va okeanlar faunasini o‘ rganish 
uchun bir qancha yirik ekspeditsiyalar tashkil etildi. Bu sohada ayniqsa "Chelenjer" kemasidagi 
(1872-1876), "Galateya" (1956-1960) va "Vityaz" kemalaridagi Angliya, Daniya va Sovet 
ekspeditsiyalari juda keng miqyosdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirdi. Rus olimi 
A. V. Ivanov
ekspeditsiya materiallari asosida hayvonlarning 
pogonoforalar 
tipini, ingliz olimi 
D. Smit
esa 
Afrikaning janubiy-sharqiy qirg‘og‘idan tutilgan 
latimeriya
deb atalgan panjaqanotli baliqni 
kashf etdi. 
Rossiyada zoologiya sohasidagi ilmiy izlanishlar Pyotr I davridan boshlangan. U turli 
mamlakatlardan hayvonlarning kollektsiyasini keltirib, kunstkamera tashkil etadi. Rus 
olimlaridan birinchi bo‘ lib 
K. F. Volf 
(1734-1794) turlar o‘zgarmasligi to‘g‘risidagi metafizik 
qarashlarga qarshi chiqib, organizmlarni tuxum hujayradan asta-sekin o‘sib rivojlanishi haqidagi 
o‘zining epigenez nazariyasini metafizik nazariyaga qarama-qarshi qoygan. 
Zoologiyaning rivojlanishida atoqli rus olimi 
K. M. Berning
(1792-1876) xizmatlari katta 
bo‘ ldi. U hayvonlarning individual rivojlanishi to‘g‘risidagi embriologiya faniga asos 
solganlardan biri hisoblanadi. Shuningdek K. M. Berning Azov va Kaspiy dengizlariga qilgan 
ekspeditsiyalari bu havzalarda baliqchilikni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ ldi. 
Olim hayvonlar embrionining o‘xshashligi to‘g‘risidagi qonunni ochdi. Bu qonunga binoan 
embrionning rivojlanishida dastlab tipga, so‘ng sinf va turkumga, oxirgi navbatda esa turga xos 
belgilar yuzaga chiqadi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish