Olti nurlilar (Hexacorallia) kenja sinfi.
Paypaslagichlari va tana bo‘shlig‘i juda ko‘p, 5
karra miqdorda bo‘ladi. Beshta turkumi ma‘lum. Ulardan aktiniyalar
(Actinaria)
va madreporlar
(Madreporaria)
keng tarqalgan.
Aktiniyalar-
ancha yirik, silindrsimon yakka yashovchi poliplar. Ular tovoni yordamida
juda sekin harakat qiladi. Aktiniyalarning skeleti bo‘lmaydi, tanasi diametri 60 sm gacha. Ayrim
aktiniyalar (
Sagartia
) zohid qisqichbaqasimonlar bilan simbioz yashaydi. Zohid qisqichbaqa
chig‘anog‘i ustiga aktiniyani o‘tqazib olib, uni ukislorodga boy bo‘lgan toza suv bilan
ta‘minladi, aktiniya esa qisqichbaqani kuydirguvchi paypaslagichlari yordamida himoya qiladi
(42-rasm).
Madrepor korallar
- ohaktoshli juda yirik kolonial organizmlar. Korall riflari asosan
madreporlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |