www.ziyouz.com
kutubxonasi
47
7
Qish oladan, yoz moladan, deydilar. Bu demak — qishda yer suvlasang ola qoldirma, ko‘klamda
yer haydasang bemola qoldirma, demakdir.
Boisi — ko‘klami shudgordan keyin yer oralari havol-havol bo‘lib qoladi. Ana shu havollardan
shamol kiradi-kiradi — yer nami qochib qoladi. Yer namini saqlab qolish uchun esa shudgorni
boronalash lozim bo‘ladi.
Men shudgorni boronaladim.
Dalalarim kaftday-kaftday bo‘ldi. Dalalarim moyak qo‘ysa ko‘rinar bo‘ldi.
Ammo bir boronani o‘zi kifoya etmaydi. Endi molalash lozim bo‘ladi. Mola yer namini ost
qabatidan ust qabatiga ko‘tarib beradi. Mola yer yuza kesaklarni maydalab-maydalab beradi.
Men endi dalalarimni molaladim.
Dalalarim sumalakday-sumalakday bo‘ldi.
Jo‘ya olib ekilmish g‘o‘za o‘n-o‘n besh kun oldin yetiladi. Jo‘ya olib ekilmish g‘o‘za o‘n-o‘n besh
kun oldin ochiladi. Jo‘yada unib chiqmish g‘o‘za oftob taftini tez oladi.
Shu bois, traktor bilan jo‘ya oldim.
Dalalarim kokilday-kokilday bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |